Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari



Download 29,53 Kb.
bet1/16
Sana26.08.2021
Hajmi29,53 Kb.
#156171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MILIY TIKLANISH


MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyondalari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, manaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak vatanparvarlik, istiqlolga sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori asosida qayta tashkil etildi. O‘tgan qisqa davr ichida mazkur sohani tubdan rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Qarori, 1 ta Farmoni,1 ta farmoyishi, 1 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Ana shu asosda markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichda tizimli va natijali tashkil etishi uchun, yangi bo‘limlar, tashkiliy targ‘ibot tizimlari, Mul’timediya studiyasi tashkil etildi. Markaz qoshida dolzarb mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish, mamlakatdagi yangi davr ruhiga hamohang boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga yetkazish, jamiyatda hamjihatlik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyondalari, ma’naviyat fidoyilari salohiyatiga tayangan holda targ‘ibot ishlarini tizimli olib boradigan “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati tuzilib, uning tashkiliy va moddiy asoslari yaratildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari qarori asosida ilg‘or andozalarga tayangan holda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimini takomillashtirish, milliy g‘oya va mafkura borasida ilmiy-tadqiqot va uslubiy ta’minot ishlarini tashkil etishning mustahkam tizimini yaratish, zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlar, risola va qo‘llanmalar, tavsiya va takliflar ishlab chiqish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta’lim muassasasi ish boshladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati uchun barcha zarur vositalarga ega bo‘lgan zamonaviy va ko‘rkam bino ajratildi. Markazning moddiy ta’minoti, xodimlar ish haqi oshirilib, moddiy rag‘batlantirildi. Targ‘ibot tadbirlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, targ‘ibot avtobusi va boshqa zarur texnik vositalar bilan ta’minlandi. Bularning barchasi Markaz faoliyatini bugungi yangi davr ruhi va talablari asosida yuksak darajada tashkil etish, mamlakatimizdagi barcha sohalardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichda, ta’sirchan mexanizmlar asosida tashkil etish imkonini beradi.

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishning dolzarb masalalari” mavzusidagi mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan muhim yo‘nalishlardan kelib chiqadigan dolzarb masalalar muhokama etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hojimatov olib bordi. Unda so‘zga chiqqan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi rahbari O. Salimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi A. Qodirov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. Sayyid, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli adabiyotshunos olim I. G‘ofurov, Madaniyat vazirining o‘rinbosari K. Akilova, “O‘zbekkino” milliy agentligi raisi birinchi o‘rinbosari Sh. Rizayev, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sh. Usmonov va boshqalar ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda hamkorlikni mustahkamlash, bu boradagi faoliyatni takomillashtirish, targ‘ibot tadbirlari ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, sohaga oid dolzarb tadqiqot ishlarini tashkil etish, targ‘ibot vositalari bo‘lgan muhim qo‘llanma va adabiyotlar yaratish, bu boradagi faoliyatni muvofiqlashtirish, mavjud ma’naviy tahdidlarga qarshi targ‘ibot tizimini kuchaytirish borasida fikr almashishdi. Shuningdek, tadbirda Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimiz kamolini o‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyatini har bir fuqaro ongi va qalbiga yetkazish, xalqimizni mamlakatdagi ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarining faol ishtirokchisi bo‘lishiga erishish, vatandoshlarimiz qalbida ulug‘ maqsadlar yo‘lida olib borilayotgan yangilanishlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish borasida muhim taklif va mulohazalar bildirildi, hamjihatlikda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

 


  1. Davlat va jamiyatqurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari


Download 29,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish