Milliy ta`lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablariNomi Yo‘lning uzunligi (km)
Namangan tumani avtomobil yo'llari yo`llardan foydalanish unitar korxonasi tasarufidagi ko`priklar va quvurlar
Avtomobil yollarini saqlash ishlari Avtomobil yo‘llarini saqlash - avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar; Ishni tashkil etish Avtomobil yo‘llarini saqlash - avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar. Avtomobil yo‘llarini saqlash bilan band bo‘lgan ishchilarning ishini tashkil qilishda quyidagilar ko‘zda tutiladi: - avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha ishlar asosan mexanizasiyalashgan usulda bajariladi. Ayrim mexanizasiyalashtirilmagan saqlash ishlarini qo‘l kuchi bilan bajarish mumkin; - yo‘llarni saqlash ishlari yo‘l bo‘limlaridagi yil davomida o‘ziga tegishli qismda ish yurituvchi, yetarli darajada texnika bilan ta’minlangan maxsus brigada yoki bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu o‘zlariga biriktirilgan doimiy ishlarni yaxshi o‘zlashtirish va ularni o‘z vaqtida yuqori sifat bilan bajarishga imkon beradi. Avtomobil yo‘llarida saqlash ishlarini bajarish uchun yo‘l bo‘limlari qoshida qoplamalarni ta’mirlash va tozalash, sun’iy inshootlar va yo‘llarni jihozlash buyicha alohida brigadalar tashkil etish tavsiya etiladi. Avomobilь yo‘llarini saqlash ishlari buyicha yillik ish hajmi yo‘llardan foydalanuvchi tashkilot tomonidan yo‘lni ma’muriy ahamiyatini hisobga olgan holda, yo‘l toifasiga qarab, harakat jadalligi va ishlarni takrorlanishiga qarab aniqlanadi. Avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha ishlar ishchi xizmatchilarning doimiy tarkibi tomonidan kalendar grafik asosida tuzilgan (bir kunlik yoki oylik) yillik ish jadvali asosida amalga oshiriladi. Ishlarni bajarish texnologiyasiga amal qilinadi. Yillik rejalarni tuzishda mavsumiy texnik ko‘riklar natijasi hisobga olinadi. Ish joyining xususiyati shundan iboratki, ishchilar avtomobil yo‘lining o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan qismida doimiy band bo‘ladilar. Shuning uchun ishchilar maxsus kiyim va boshqa alohida himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Maxsus brigadalar tomonidan yo‘l bo‘laklarida yoki uning alohida elementida ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda, tegishli yo‘riqnomalar asosida ish joylari ajratiladi hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida to‘siq va yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yullarida saqlash ishlari malakali ishchilar, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qiluvchi, ta’mirlash va saqlash ishlari qoidalarini tula o‘zlashtirgan ishchilar tomonidan bajariladi. Yoshi 18 ga yetgan, mashinani boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan, tibbiy hay’at ko‘rigidan o‘tgan mazkur ishga yaroqli deb topilgan va ishni xavfsiz yuritish talablarini biladigan shaxslarga mashina va mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etiladi. Har bir texnika tayinli mashinist yoki haydovchiga biriktiriladi. Mashina, mexanizm, jihozlarning cheklangan ish vaqti miqdori va xarajatlar me’yori .Avtomobil yo‘llarini saqlash ishlarida foydalaniladigan asosiy mashina va mexanizmlar, jihozlar ro‘yxati 1-jadvalda keltirilgan. Ushbu ro‘yxatni tuzishda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarida amalda bajarilayotgan saqlash ishlari tarkibiga kiruvchi barcha mexanizasiyalashgan uzluksiz ish jarayonlari hisobga olingan va amaliyotdagi ko‘p yillik tajribalardan kelib chiqqan holda mexanizmlarning kunlik, oylik yoki yillik ish vaqti (moto-soat) limiti belgilangan. Oylik limitlarini hisoblashda bir smenali rejim hisobga olingan, ya’ni bir haftada 40 soatlik ish vaqti. 5 kunlik ish haftasida 21 ish kuni – bir oyda 168 soat, 6 kunlik ish haftasida esa 25 ish kuni – bir oyda 168 soat.Uzluksiz ish rejimini tashkil qilishda mash/soat ning oylik limiti rejalashtirilayotgan ish hajmiga proporsional bog‘liq ravishda ko‘payadi yoki kamayadi. Quyida 1-jadvalda ko‘rsatilgan mashina va mexanizmlarning moto-soat qiymatlari (haydovchi va mexanizatorlar ish haqi kiritilmagan holda) tuman yo‘l xo‘jaliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitekturaqurilish” qo‘mitasi 2004 yil 6 mayda № 31-sonli buyruq tasdiqlagan “Qurilish mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlardagi qiymatlarini hisoblash yuzasidan metodik tavsiyalar” asosida joriy narxlarda aniqlanishi tavsiya qilinadi. Aniqlangan qiymatlar buyurtmachi bilan kelishilgan holda avtomobil yo‘llarini saqlash bo‘yicha yillik smeta xarajatlariga kiritiladi.
Download 348,18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |