e`tiqod, iqror va amal. E`tiqod – ich – ichidan chuqur ishonish; iqror – so`zda buni tan olish; amal – yaxshi ishlar bilan oldingi ikki holatni isbotlashdemakdir. Islom dinida iymon tushunchasi amaliyot bilan bevosita bog`lab tushuntiriladi. Binobarin, hadislarda “iymon bilan amal bir – biriga juda yaqindir, ular bir – birisiz durust emas” deb yozilgan.
Iymon insonlardagi jamiyatdagi eng ezgu niyatlarni amalga oshirishga, adolat va haqqoniyatning tantanasiga ishonishdir; jamiyatda odamlar orasida eng oily janob munosabatlarning qaror topishiga, insonning qadr – qimmati, ota – ona, oila, Vatanning muqaddasligiga mustahkam ishonch va e`tiqotdir.
Shunday qilib, iymon, e`tiqod, diyonat inson ma`naviy fazilatlarining muhim qirralaridan bo`lib, o`zida komil insoniylikni ifoda etadi. Shunday ekan, “zamondoshimiz bo`lmish iymonli odamni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e`tiqotli, o`zining aniq maslagiga ega, taqvodor, hamiyatli, oriyatli, or – nomusli, sharm – hayoli, vijdonli, andishali, insofli va shu kabi fazilatlar sohibi”
Do'stlaringiz bilan baham: |