Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘z
Ўз
Руc En Kz Tj
Qidirish
Milliy oʻquv dasturi loyihasi taqdim etildi
Ta'lim
20 Oktabr 2020
12869
Matn: Башорат Отажонова
Mamlakatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan
dasturiy nutqida taʼlim sohasidagi qator kamchilik va muammolarga eʼtibor qaratdi
Jumladan, maktablar xususida toʻxtalib, ularda bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab
tuzilgani, nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning
mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani, amaldagi davlat taʼlim standartlari
hamda oʻquv dasturlarida oʻquvchilarni taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlash, erkin fikrlash va
mustaqil hayotga yoʻnaltirish masalasi eʼtibordan chetda qolayotganini tanqid qildi. Bunday holatlarga
barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning
Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim
muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.
Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi
Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo
boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga
Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini
onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda.
Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va
mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa,
ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda.
Yangi oʻquv yili oʻquvchilarni qanday darsliklar bilan qarshi oldi? Yangi darsliklarning avvalgilaridan farqi
nimada? Prezidentimiz nutqida keltirilgan masalalar boʻyicha qanday vazifalar belgilanyapti? Ana shunday
Britaniyaning
Tafakkur , Xulq ta limi kabi fanlari va darsliklari yaqindan o rganildi. Darslikda ilk marotaba
XXI asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. U orqali oʻquvchida bilim berishdan
tashqari muayyan koʻnikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan
mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi, faol fuqarolik pozitsiyasini
shakllantiradi. Shuningdek, oʻquv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya”
darsliklarida “role-model”, yaʼni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va
xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida
sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish
va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli
illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda
etgan rasmlar bilan berilgan.
Ayni paytda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda
muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, toʻgʻri qoʻyilgan maqsadga bogʻliq. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati
shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi.
Tarbiya dasturiga eʼtibor qaratsak, oʻquvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga oʻrgatiladi. 2-sinfda oʻz
oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida
maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi. 4-sinfda esa atrofda
boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-
harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shakllanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish,
mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.
Milliy oʻquv dasturi yaratiladi
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq
jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz
navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib,
pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy
taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga
koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan
holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari
belgilab berildi.
– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari,
umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va
baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. –
Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar,
jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan
tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari
takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda,
yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi
2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar
toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha,
boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor
qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat
yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati
beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini
oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni
oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi Shunday ekan darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham