|
Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
|
Sana | 23.12.2022 | Hajmi | 71,81 Kb. | | #895123 |
| Bog'liq xayot pdf
Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari - Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan
- o‘zgarib, yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib
- borar ekan, bu ehtiyojlami qondirishga qaratilgan ishlab
- chiqarish va xizmat ко‘rsatish jarayonlari ham to‘xtovsiz yangilanib,
- va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish
- jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib
- turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi - Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi
- mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
- Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish va xizmat
- ko‘rsatish jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan
- holda takrorlanishiga ayfiladi. Odatda bunday ishlab chiqarish
- va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga
- yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi davri uchun
- xos bo‘lgan.
- Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy
- mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyotida
- Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha
- moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni
- o‘z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qoilayotgan milliy
- hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YalM) deb yuritiladi.
- Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi
- sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM)
- deb, boshqa ko'pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot
- (YaMM) deb yuritilar edi
Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati - Yalpi milliy mahsulot - bu o‘z mamlakati
- yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan
- Yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami
- qiymatidir. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish
- darajasini aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki
- mahsulot (YalM) ko‘rsatkichi qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi
- davrda ko‘pgina mamlakatlarda bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
- Yalpi ichki mahsulot - ma’lum vaqt davomida, masalan, bir
- yilda Yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan
- barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlaming bozor
- narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich - Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich
- boiib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillari dan
- foydalangan holda mamlakat ichida Yaratilgan tovar va xizmatlar
- jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.
- U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymatlar
- yig‘indisi sifatida namoyon boiadi.
- Qo‘shilgan qiymat - bu korxonalar yalpi mahsuloti bozor qiymatidan
- (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy
- xarajatlar chiqarib tashlangandan qolgan qismidir
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|