§-2. ETNOLOGIYAFANININGQISQACHATARIXI VA ETNOS NAZARIYASI
Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni toplaydi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning oziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bolishi, zarur ma'lumotlar toplanishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir boladi. Masalan, ayrim qoshni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini organish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qoshnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni ornatish, shu-ningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushiar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega bolish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari ozlarini ulug’lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va boysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qoshni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati tog’risida umumiy ma'lumotlar bilan bir qatorda ba'zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi.
Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr ortalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama osha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va toplamlar paydo boldi. Yangi fanning tashkil topishida, shubhasiz, osha davrda
10
tabiiy fanlarning gurkirab osishi, ayniqsa, fanda evolyutsiya g’oyaning g’alabasi katta ahamiyatga ega boldi. Bu g’oya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq ma'lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga kotarilishini pog’onama-pog’ona aniqlab olish imkoniyati tug’ildi.
Albatta, «Odam tog’risidagi fan»ning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bolib qolishi negizida asrlar davomida toplanib kelgan etnologik bilimlar, jahon xalqlari tog’risidagi turli ma'lumotlar, har xil tushuncha va nazariyalar yotadi. Bularning tarixini qisman bolsa ham bilib olishning ozi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab oqishni hamda uzoq xalq va elatlar tog’risidagi ma'lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qoshni elatlar tog’risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og’zaki ijodida ham toqilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. aw. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafaraomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalarida-gi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi tog’risida nodir ma'lumot-larni bizgacha yetkazganlar.
Yahudiy va nasroniylarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrot (Bibliya)da tilga olingan turli elat va qabilalarning nomlari Yaqin Sharqda yashovchi xalqlarning genealogiyasi bilan bog’liq ekanligini qadimgi zamon mualliflari ham alohida qayd qilgan edi. Ma'lumki, Tavrot mil aw. XIII-V asrlar oralig’ida turli janrdagi har xil adabiy asarlar yig’indisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda toplam shaklida yozilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniqsa, uning «Podsholar kitobi» va «Payg’ambarlar» nomli tarixiy qismlarida, yahudiylar olib borgan urushlar tog’risidagi rivoyatlarda juda boy etnologik ma'lumotlar jamlangan. Hatto Nuh payg’am-barning uch og’li - Sim, Xom, lafetdan tarqagan avlodlarning nom-lari «Jahon xalqlari shajarasi»ni tashkil qiladi, degan «nazariya» asosida dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan ma'lumotlar xalqlar shajarasi bolmay, balki qadimgi kochmanchi xalqlarning otroq holatga otish davridagi turmush tarzi va madaniy hayotining turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlar-
11
dan biri, deyish mumkin. Shunisi muhimki, Nuh avlodlarining nom-lari kopincha qadimgi badaviy va qoshni kochmanchi qabilalar nomlariga oxshaydi. Chunki yahudiylar dastlab kochma badaviy-larning ayrim qabilasi sifatida paydo bolgan.
Demak, Tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartib-langan. Undagi ma'lumotlarga kora, insoniyatning yagona oila-dan kelib chiqishi, qarindosh-genealogik munosabatlari bilan bevo-sita bog’liq ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazari-yani yuzaga keltirgan. Ammo insoniyat urug’ining birligi tog’risi-dagi mazkur g’oya diniy tusda berilgan bolib, olamni va barcha kishilarni ozaro bog’liq muayyan sharoitda, muayyan hududda bir-ga yaratgan yakka-yagona xudodir, degan afsonaga tayanadi. Tav-rotning 2-bobidagi keyingi afsonaviy rivoyat bir oiladan chiqqan xalqlarning har xil tilda sozlashishini izohlashga intiladi.
Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva bigan, deb hikoya qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashganlar, ular loydan yasalgan g’ishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib, shaharni tomosha qilgan xudo yagona tilda birlashgan xalq nimalar qilishga qodir ekanligini korib, bu kishilar samoga - xudo dargohiga ham chiqishi mumkin deb, ularning beadabligidan darg’azab bolgan. Xudoning farmoyishi bilan barcha xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunyoga sochib yubortirilgan.
Etnologik xarakterga ega bolgan bu afsona keyinchalik nasroniy va islom mafkurasiga otibgina qolmay, songgi davrlargacha butun Yevropa tarixshunoslik faniga ham ta'sir qilib kelgan. Tavrotdagi xalqlar genealogiyasi turli nazariyalar, mulohaza va tortishuvlarga sabab bolgan. Adabiyotda «Bobil aralash-quralashuvi» nomi bilan ma'lum bolgan bu afsona mantiqiy jihatdan Tavrot «monogenetik» nazariyasinjng uzviy davomi bolib, tarixda eng birinchi ommaviy etnologik konsepsiya hisoblanadi.
Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va kopa-yibgina qolmay, madaniyatning osishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari «Iliada» va «Odisseya»da yaqin qoshni elatlar tog’risida afsonaviy ma'lumotlar keltirilgan bolsa, keyingi asrlar davomida amalga oshgan greklarning «buyuk kolonizatsiya»si (milaw. VII-V asr-lar)dan song tevarak-atrofdagi xalqlar tog’risidagi bilimlar doirasi
12
juda kengayadi va boyiydi. Xususan, ana shu davrga mansub Gerodotning noyob etnologik ma'lumotlar bilan tola mashhur 9 jilddan iborat bolgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega.
Buyuk Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya g’arbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlarning turmush madaniyatini bilishdagi yangi bosqich boldi. Bu davrda greklarning umumiy madaniy saviyasida ham shiddatli ozgarishlar sodir bolib, fanning barcha sohalari gurkirab osdi. Ellinizm davrida grek madaniyati Sharqda Hindiston va Markaziy Osiyogacha, g’arbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlarning madaniyati bilan aralashib ketganligi bois, ular tog’risida yangi ma'lumotlar toplandi va koplab asarlar yozilgan. Ayrim xalqlarning geografik joylashuvi, mashg’uloti, siyosiy tuzumi, sud va qurol-aslahasi, harbiy, nikoh va oilaviy urf-odatlari kabi muhim ma'lumotlar milodning I asrlarida yashagan Strabonning «Geografiya» nomli ensiklopedik asarida tanqidiy tarzda keltirilgan.
Afmalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofantning «Anabasis»ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz boylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar tog’risida juda kop etnografik ma'lumotlar aks etgan. «Iskandarning yurishlari» nomli asarini yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar tog’risida batafsil axborot yozib qoldirgan.
Qadimgi davrning buyuk mutafakkirlari - Aflotun va Arastu asar-larida afsonaviy Atlantida aholisi, qoshni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga ta'siri tog’risida ma'lumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi Elladaning ajoyib faylasufi materialist Demokrit asarlarida jahon adabuK>tida birinchi marta insoniyat urug’ining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan oz mehnati va idroki tufayli madaniy hayot tarziga otish jarayoni tasvirlangan. Tibbiyot fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gip-pokrat etnologik dalillarga tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan bog’liq-ligi tog’risidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan.
Jahon sivilizatsiyasida beqiyos orin tutgan qadimgi Rim muta-fakkirlarining asarlarida ham muhim etnologik ma'lumotlar, qim-matbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Ayniqsa, Korneliy Tatsit, Lukresiy Karlar qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va
13
skiflarning turmush tarzi, siyosiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oila-viy hayoti, mashg’uloti, uylari, kiyimlari, axloqi va tarbiyasi, taomi va oyinlari tog’risida ajoyib ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Tatsit chirib borayotgan Rim davlatining axloqiy inqiroziga «yovvoyi odam» (germanlar)ning qopol va qashshoq, ammo sog’lom va pok turmush tarzini qarama-qarshi qoyadi. Muarrix shoir Lukresiy Kar «Buyumlar tabiati to'g’risida» nomli asarida hayotning rivojlani-shi, odamning paydo bolishi va uning madaniy osishi tog’risida izmumiy fikrlar yuritadi.
Shunday qilib, qadim zamonda yuqori madaniy saviyaga erish-gan yevropaliklar boy etnologik bilimga ega bolganlar. Ular orta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo, qisman uzoqroq joylardagi etnoslar tog’risida aniq ma'lumotlar toplashgan, bu xalqlarning maishiy turmushi, madaniy xususiyatlarini haqqoniy tasavvur qila bilganlar. Maz-kur ma'lumotlardan ayrim olim va mutafakkirlar umumiy xulo-salar chiqarib, ba'zi qonuniyat va oxshashliklarni kashf qilgan-lar. Ayrim faylasuf olimlar xalqlarning kelib chiqish tafovuti, oxshashligini korsatibgina qolmay, ularning sababini izohlashga ham intilganlar.
Qadimiy madaniyatning yemirilishi, madaniy darajali quyi qabi-lalarning hujumlari, xojalik va madaniy hayotning inqirozi milod-ning V-VI asrlarida geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib ketishiga sabab boldi. Ilk feodalizm davrida Yevropada paydo bolgan siyosiy tarqoqlik hatto hukmron tabaqalar orasida ham bilimga qiziqishni, ilmga intilishni birmuncha sondirib yubordi, Bilimdonlik dunyoviy ilmlarga qarshi turgan ruhoniylar orasida saqlanib qolgan edi. Oqibatda orta asrlarning deyarli butun birinchi yarmi etnografik bilimlarning inqirozga uchragan davri boldi. Bu inqirozga nasroniy dini ham «o'z hissasini» qoshdi. Nasroniy mafkurasi dunyoviy voqelikdan voz kechishni targ’ib qilibgina qolmay, ajdodlar yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va san'ati namunalarini, ibodatxona va obidalarni «majusiy» deb atab, vayron qildi, yoqotib yubordi.
Faqatgina sharq mamlakatlarida, Vizantiya mualliflari, arab xalifaligi tarkibidagi olkalarda yashagan mutafakkirlar va sayyoh-lar yaratgan asarlarda ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan xolos. Prokopiy Kesariyskiy, Gotlik lordan, Anna Komina kabi mashhur tarixchilarning risolalarida, Titmar, Adam Bremenskiy, Gelmold
14
kabi nemis cherkov yozuvchilarining solnomalarida qoshni qabilalar tog’risida etnologik lavhalar uchraydi.
IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualliflaridan ibn Xurdodbek, Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, Mas'udiy, Yoqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning «Hindiston» asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Sa'd Abdukarim, ibn Muhammad Sa'moniy asarlarida hamda noma'lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi tog’risida noyob etnologik ma'lumotlar aks etgan.
Shuningdek, XI asrda yashab ijod etgan ulug’ tilshunos olim Mah-mud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» («Turkiy sozlar devo-ni») asarida har bir shahar va qishloq aholisining turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlari maxsus organilgan, juda kop turkiy qabi-lalarning ijtimoiy tuzumi, kelib chiqishi va ornashishi, hatto har bir qabilaga oid geografik mavqelari belgilanib, oz davriga mos ilmiy xarita tuzilgan.
Ma'lumki, Chingizxon hukmronligi davrida mog’ullar imperi-yasi misli korilmagan darajada kengayib, Xitoy, Sharqiy va arbiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron yassi tog’ligi, Mesopatamiya, Kavkazorti va Sharqiy Yevropani oziga qaram qilib oladi. Mog’ullar bosib olingan xalqlarni vahshiylarcha talon-taroj qilganlar, kop shahar va qishloqlarni vayron qilib, yondirib yuborganlar, aholining ancha qismini qirganlar va qul qilib olib ketganlar. Oqibatda yashnab yotgan minglab shahar va qishloqlar, bepoyon unumdor yerlar xarobalarga aylangan. Bunday dahshatli, jahonni larzaga solgan qoshinning paydo bolishi va uning yengilmas zor qudrati sirini bilish Yevropa monarxlari Rim papasini ham qiziqtirmay qoymas edi, albatta. Bu holat Yevropa mamlakatlari bilan Mog’ul imperiyasi ortasida savdo, siyosiy va diplomatik munosabatlar ornatishga turt-ki boldi. Mog’ullar bilan yaqin munosabat ornatishda Rim papa-lari ancha faollik korsatdilar. Birinchi bolib «Tatar olkasiga», ya'ni Mg’ulistonga papa Innokentiy IV 1245-yilda loanna Plano Karpi-ni boshchiligida monaxlardan iborat elchilarni yuboradi.
Plano Karpini yozib qoldirgan sayohatnomada, undan bir oz keyin (1249-1251) xuddi shu yo'l va shu maqsad bilan safar qilgan uning vatandoshi Vilgelm Rubruk asarida ba'zi tarixiy-etnografik
15
ma'lumotlar uchraydi. Buyuk venetsiyalik sayohatchi Marko Polo ham Rim papalarining topshirig’i bilan bir necha yil sayohatlarda boladi, bir necha mahalliy tillarni organadi, oz vataniga qaytishda genuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda ozining manbalarga boy sayohatnomasini yaratadi.
Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutafakkir tarixchisi Rashididdinni (1247-1318) alohida qayd qilib otish lo-zim. Uning ajoyib solnomalar toplamida turk va mog’ul qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik ma'lumotlar mavjud.
Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa ulug’ ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin.
Temur davlati, Movarounnahr va qoshni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengsiz asari -«Boburnoma» alohida diqqatgasazovordir. Bu asar onlab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk ozbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur kop olkalarni zabt etgan, boshidan otgan voqealarni, ozi boshqargan yoki organgan olkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha toxtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan.
XV asr ortalaridan boshlangan «Buyuk geografik kashfiyot-lar» etnologik axborotlarning keng miqyosda va tez sur'atlar bilan toplanishga sabab boldi. Bu davr shaharlarning osishi, savdo mu-nosabatlarining kengayishi, manufaktura xojaligining tug’ilishi va boshqa katta ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog’liq edi. Yangi-yangi yerlarni bosib olish maqsadida otkazilgan yurishlar, jasur dengizchilar va savdogarlarning, qaroqchi va mustamlakachilar-ning bepoyon okeanlarda suzishlari natijasi olaroq Amerika qit'a-sini, Afrika sohillarini, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo olkalari-ni, Okeaniya arxipelagi va orollarini kashf etilishi yevropaliklarni ilgari noma'lum bolgan turli irq va tildagi xalqlar bilan tanishtir-di. Dastlab portugal va ispan sayyohlari, keyin golland, ingliz va fransuzlar dunyoning barcha qifalarida bolib, yangi yerlarni kashf qilibgina qolmay, juda kop olka va elatlarni oz izmlariga boysun-dirib, mustamlakachilikka yo'l ochib berganlar. Kashf etilgan mam-lakatlar va ularning aholisi tog’risidagi birinchi ma'lumotlar kema kundaliklarida va sayohatlar haqidagi hisobotlarda, keyinchalik
16
ancha batafsil tuzilgan bayonnoma va sayohatnomalarda aks etti-rilgan.
XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika hindilari, Afrika va Osiyoning aksariyat xalq-lari tog’risida juda boy ma'lumotlarga ega bolgan edi. Yevropalik-larning avvalgi tevarak-atrofdagi yurt va elatlar tog’risidagi tasawurlari ancha kengaydi. Missioner va konkistadorlarning1 koz ongida g’oyat boy ormonlar, serunum tuproqli bepoyon sahro va chollar, turli iqlimli va rang-barang tabiatli olkalar, noma'lum g’ayri odat, til va irqdagi xalqlar paydo bolgan edi. Ularning makon va fazo tog’risidagi tushunchalari ham butunlay ozgarib ketgan edi. Endilikda yevropaliklarning nazdida dunyo deyarli on hissa kengaygan, yer kurrasi butunlashib yaxlit sayyora shaklida namoyon boldi. Yevropaliklar jismoniy tuzilishi, kiyim-kechak, turmush tar-zi, diniy e'tiqodi, til va urf-odatlari jihatidan mutlaqo farqlanadigan «g’alati» kishilarni uchratdilar, yangicha hayot tarziga, noan'ana-viy madaniyatga katta e'tibor qaratdilar.
XVI asrda barcha tarqoq ma'lumotlarni yig’ib, hindilarni birin-chi bor muntazam ravishda tasvirlagan italiyalik insonparvar yozuvchi Petro Matir, meksikalik darvish olim Bernardino de Saa-gun, yepiskoplar Bartolome de Las Kasas va Diyego de Landa asar-lari diqqatga sazovordir. osha davrda yashab ijod qilgan fransuz faylasufi va publisisti Mishel Monten «Tajribalar» asarida, keyinchaik XVII asr - «ma'rifat asri»da paydo bolgan buyuk mutafakkirlar - italyan Viko, ingliz Fergyusson, fransuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasvirlarigan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar yoki «oltin asr» deb ta'riflanib, uni asoslashda etnologik ma'lumotlardan keng foydalanilgan. Ibtidoiyjamiyatni ideallashti-rish atoqli ma'rifatchilar Jan Jak Russo va Deni Didro asarlarida fantastik ravishda aks ettirilgan.
Mashhur nemis mutafakkiri logan Gotfrid Gerderning kop qirrali falsafiy-tarixiy asarlarida insoniyat urug’i tarixining ibtidoiy davrdan yangi zamongacha bosib otgan taraqqiyoti tasvirlangan. Uning asarlarida xalqlar katta va kichik, ilg’or va qoloq xalqlarga ajratilmaydi, muallif ularni tenglashtirib ifoda etadi. Gerder nasroniy
Konkistador - istilochi, Amerika kashf qilingandan keyin uni talon-taroj qilgan aholiga qirg’in keltirgan ispan bosqinchilari— •' " "~~^
17
axloqining yevropalik mustamlakachilar tomonidan zorlik bilan ornatilishiga, jabr-zulmlarga qarshi chiqqan. U «Insoniyatni rag’batlantiradigan xatlar» nomli asarida oz munosabatini quyidagicha bayon etgan: «Qani menga yevropaliklar borib, ojiz, laqma insoniyatni ozzulmi, adolatsiz urushlari, ochkozligi, jabrla-ri, kasalliklari va halokatli sovg’alari bilan oziga abadiy dog’ tu-shirmagan mamlakatni korsating! Bizning qifamiz jahonda eng dono deb atalmasdan, balki eng qors, bezori, savdogar deb nomla-nishi zarur, u xalqlarga madaniyat keltirgan emas, balki ularning tub madaniy kurtaklarini imkoniyati boricha quritib, yoqotib yubor-
.
Gerderning fikricha, insoniyat yaxlit, uning tarixi ham yaxlit jarayondir, ammo bu umumiylikda u har bir xalqning taraqqiyotda teng huquqqa ega ekanligini qayd qilib, oziga xos «milliy ruhni», takrorlanmaydigan ma'naviy boyliklarni seza bilgan. Gerderning mazkur fikrlari Yevropa xalqlarida milliy ruhning qayta tiklanishiga zor ta'sir korsatib, xalq badiiy ijodi va milliy odatlarini jiddiy organishga qiziqish uyg’otgan edi.
Fransuz inqilobi tolqinlari va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropani larzaga keltirdi. Oqibatda XIX asrning birinchi choragi turli xil ijtimoiy hodisalar, g’oyaviy yonalishlar, ijtimoiy tafakkurdagi ozgarishlar bilan tolib toshdi. Bu jarayon etnologik bilimlar va g’oyalarga ham ta'sir qildi, ayniqsa, Markaziy Yevropaning german xalqlari va qisman slavyanlarda oz xalqi maishiy turmushi, madaniyati, folkloriga qiziqish uyg’otib, uni romantizm bilan bezatdi, XIX asrning birinchi ottiz yilligi «romantizm davri» deb atalganligi bejiz emas. osha davrdagi dastlabki ajoyib folklor toplamlari, nemis aka-uka Grinun ertaklari, Gerder g’oyalari ta'sirida slavyan xalqlari ijodiy boyligini organish natijasida yaratilgan asarlar etnologiya fani obrosini yanada kotargan edi. Turli vaqtdagi nashrlar, etnologik tashkilot va jami-yatlarning moziyni, xalq turmushi va ijodini, ma'naviy hayoti va ruhini jiddiy organishga kirishgani romantik qiziqishni uyg’otib yubordi.
Bu qiziqish faqat Yevropaga emas, balki boshqa qit'a va olka-larga ham tarqalgan edi. Dastlab XIX asrning birinchi yarmida atoqli nemis geografi Aleksandr Gumboldt va fransuz tabiatshunosi Effle Bonplan Janubiy Amerikaning ichki qismini jiddiy ilmiy tadqiq qildilar. 1832-1836-yillarda yosh Charlz Darvin tushgan «Vigl»
1C
nomli kema yer kurrasini aylanib chiqib, ajoyib ma'lumotlar topladi. Shimoliy Amerikani ilmiy jihatdan organib chiqqan Gerri Rou Skulkraft g’oyat samarali natijalarga erishgan va kop jildlik boy etnologik toplamlar yaratgan edi. Okeaniya va Avstraliyada atoqli rus dengizchilari Kruzenshtern, Lisyanskiy, Golovnin, Kotsebu, Lazarev, Litkelar kemalarda yangi kashfiyotlar qilishga muyassar bolganlar. Afrika qifasiga ham bir necha ilmiy ekspeditsiyalar tash-kil qilingan va ichki olkalar tog’risida ba'zi ma'lumotlar toplangan edi.
XIX asrning birinchi yarmida fransuz ma'rifatchilari targ’ib qilgan tarixiy taraqqiyot nazariyasi «Oltin asr» romantizmi g’oyalariga qarama-qarshi holda yangi pog’onaga kotarildi. Etno-logik bilimlar ham asrlar davomida toplanib kelgan nihoyatda boy va rang-barang ma'lumotlarni ozlashtirib, muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar tizimi va yonalishlar hosil qildi. Natijada XIX asr ortalariga kelib, mustaqil fan sohasi - etnografiya tug’ilishiga zarur shart-sharoit yaratilgan edi.
1860-1870-yillarda yangi fan - etnologiya bilan bog’liq ravishda paydo bolgan turli jamiyatlar va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan (keyinchalik, klassik asarlar deb tanilgan) ajoyib tadqiqotlar etnologiya ilm sohasi ekanligini toliq tasdiqladi. Atoqli tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Bastian, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar, angliyalik Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lyobbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan kabi-larning kop jildlik asarlari etnologiya fani qonuniy ravishda tug’ilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Turli xalqlarni, ayniqsa, Yevropadan tasbqaridagi elatlarni organish amaliy ehtiyojlar uchun ham zarur bolgan, XIX asr bosh-lariga kelib, Yevropaning eng qudratli davlatlari ozlarining katta mustamlakalarini boshqarish uchun u yerda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini bilishga muhtoj edi. Ingliz etnologiya faniga asos soluvchilardan biri Jan Lyobbok: «Yot yovvoyi turmushni organish dunyoning barcha qismlarida joylash-gan va turli madaniy pog’onada turgan elatli mustamlakalarga ega bolgan buyuk davlat - Angliya uchun muhim ahamiyatga ega», degan edi. Bunday zarurat boshqa mustamlakachi davlatlar uchun muhim rol oynadi va oqibatda etnologiya fanining osishiga turtki berdi.
19
Demak, dastlab etnologiya Yevropaning yirik mustamlakachi mamlakatlariga xizmat qiladigan vosita sifatida qoloq, ya'ni hali oz davlatiga ega bolmagan xalqlarni organuvchi fan shaklida paydo bolgan. Shu holatda XX asraing birinchi on yilliklarigacha davom etgan va keyin etnoslar ijtimoiy-iqtisodiy rivojidan qafi nazar oziga xos kishilar birligi tog’risidagi tasawurlarning yuzaga kelishi bilan etnologiya faniga munosabat ozgardi. U metodologik jihatdan jahondagi barcha etnoslarni baravar organuvchi ilmiy soha deb tanildi.
Xalqlar tog’risidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy yonalish shaklida paydo bolib, noyevropa xalq va madaniyatlarni organishni maqsad qilib qoygan. XIX asrning 30-yillaridan boshqa xalqlarni ham organuvchi fan sohasi sifatida «etnologiya» atamasi kiritila boshlangan. Shu bilan bir vaqtda nemis fanida yangi yonalish paydo bolib, uni «Xalqshunoslik» deb nomlashgan, bu yonalish asosan, nemis tilli xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qiluvchi fan sohasi bolib hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Ingliz zabon mamlakatlarda etnologiya fani bir oz boshqacha yonalishda shakllangan. XVIII asrda xalqlar tog’risidagi fan soha-si bu yerda antropologiyaning bir qismi sifatida inson tabiatini organuvchi biologiya fani bilan bir qatorda gurkirab rivojlanadi. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida antropologik jamiyatlar paydo bolishi bilan, ibtidoiy makonlarda kashf etilgan kishi suyaklarini organish juda avj oladi. Neandertal odamlarni organib ibtidoiy jamiyat va madaniyat tarixini tiklashga intilgan tadqiqotchilar fanga yangi yonalish - sotsial antropologiyani olib kirishadi. Ilk bor bu atamani 1906-yili mashhur ingliz etnologi Jeyms Frezer ishlatgan. Mazkur yonalish qisqa muddatda keng tarqalib, ingliz fanida «etnologiya» tushunchasining bir variantiga aylanib
ketadi.
AQSHda etnologiya Yevropaga nisbatan bir oz keyinroq rivojla-na boshlagan. Bu yerda irqiy munosabatlar jiddiy bolganligi tufayli Amerika antropologiyasi dastlab jismoniy antropologiya muammolarini, irqiy va madaniy tafovutlarni tadqiq qilgan. Ushbu yonalish uning asoschisi kop qirrali etnolog olim amerikalik Genri Lyus Morgan tomonidan belgilangan edi. Olim korsatgan yonalish qoloq jamiyatlarda qavmu qarindoshlik tizimi, oila-nikoh munosabatlari, insoniyat tarixini davrlashtirish kabi muamniolar
70
Amerika etnologiyasining keyingi rivojiga kuchli ta'sir qilgan. XX asrning 50-yillarida AQSH etnologiyasi Frans Boas ijodi zamirida ancha tor doirada tadqiqotlar otkazadi, etnologlar asosan, xalqlarning madaniy xususiyatlarini organa boshlaganlar va bu yonalish «madaniy antropologiya» nomi bilan mashhur bolgan.
Fransiyada etnologiya fani mustamlakachilik siyosatining ta'sirida qaram bolgan xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va an'analari tog’risida batafsil ma'lumotlarga muhtojlik tufayli oziga xos xususiyatlarda rivojlangan. Xalqlar tog’risidagi bu fan dastlab Fransiyada «Etnografiya» nomi bilan XIX asr oxirlarigacha saqlangan. Faqat XX asr boshlarida tarixiy va nazariy ma'lumotlar kopayib ketishi natijasida «etnologiya»ga aylangan.
Jahon etnologiyasi rivojida rus olimlarining roli katta. Etnik jarayonlarga qiziqish XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab dastlab Rossiyaning boshqa xalqlar bilan muloqoti, rus xalqining tarixiy ildizlari va madaniyati xususiyatlari kabi muammolarni organish maqsadida yuzaga kelgan. Rossiyada etnologiya fan sifatida g’arbga nisbatan ilgariroq paydo bola boshlaydi. Ayniqsa, Rus geografiya jamiyati va uning bolimlari 1846-yilda tashkil topgandan song etnografiyaning mavqei yuksalib nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlar otkazila boshlanadi. Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi S.P. Tolstov ta'rifi bilan aytganda, ular «rasmiy» mohiyatga ega bolmagan va hech vaqt ozini chorizm xizmatiga toliq bag’ishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega bolgan. Mazkur ilmiy jamiyat dasturi Rossiyaning geografiyasi va undagi xalqlarni har tomonlama organishni nazarda tutgan. osha davrdan boshlab rus xalqi va Rossiya imperiyasiga qaram bolgan Sibir, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarini etnografik jihatdan tadqiq qilish ayj oladi. Ayniqsa, rus geografiya jamiyatining faol a'zolaridan mashhur sayyohlar N.N. Mikluxo Maklay va G.N. Potanin, ozga olkalarga badarg’a qilingan V. Seroshevskiy, D.A. Klemens, L.Ya. Shternberg, V.G. Bogoraz, V.I. Yoxelson, original tarixiy - etnografik asarlar yaratgan D.N. Anuchin, N.N. Xaruzin va boshqa rus olimlarining ajoyib tadqiqotlari etnografiya, (inchu-nin etnologiya) fanini yuqori bosqichga kotargan edi.
XIX asrning 40-50-yillari rus olimlari K.M.Ber, N.I. Nadejdin, K.D.Kavelin etnografiya fanining asosiy tamoyillarini belgilab bergan edilar. Bu tamoyillar 1846-yili Rus jamiyatida «Rus xalqini
21
organish dasturi» nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayoti, 2) tirikchilik hayoti, 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari — tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda barcha ma'naviy-madaniy masalalar organilib kelingan.
Ma'lumki, shorolar davrida etnologiya fani aqidaviylashgan mafkuraga tayanib ish korgan. Mazkur yondashish etnik jarayon-larni siyosiy buyurtma asosida organishga asoslangan bolib, uni muayyan mafkuraviy qolipga solib qoygan edi. Oqibatda juda kop etnik muammolar bir yoqlama, yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib etnologiya fanida atoqli etnograf L.N. Gumilev-ning etnogenez nazariyasi ustuvor bolib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji mexanizmini organish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni qolga kiritgan mamlakatlar uchun ota dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning ozligini anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur orga-nishga kirishishi tabiiy holdir.
Albatta, etnologiya fani oldingi etnografiyadan bir oz farq qilsa-da, real ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog’liq bolgan, uning hozirgi tarixiy muammolarni organishdagi ahamiyati juda katta. Agar ilgari etnografiya predmeti tadqiqi asosan, qoloq etnoslar, turmushdagi eski sarqitlar va ijtimoiy tuzum masalalari bolsa, endilikda eng taraqqiy qilgan ilg’or xalq va elatlar ham etnologiyaning diqqat markazida turibdi. Hozirgi zamon industrial jamiyat etnoslarini va qoloq xalqlarni organishda yangi muammolar paydo bolib, boshqa fanlar bilan hamkorlikda — etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya kabilar etnologiya fanini yuqori pog’onaga, ya'ni inson va uning madaniyatini organuvchi yangi ijtimoiy fan qilib kotardi. XX asrdagi asosiy tarixiy voqealarni organishda etnomadaniy omillarning roli nihoyatda osganligi kozga tashlanadi. Chunki XX asr haqiqatdan ham milby harakatlar, milliy mustaqillik uchun kurashlar, milliy uyg’onishlar, qolaversa millatchilik asri bolib tarixga kirdi. Demak, nafaqat otgan asrda, kirib kelgan XXI asrda ham etnik jarayonlar, millatlararo munosabatlar, etnoslarning turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyati xususiyatlarini organuvchi etnologiya fani muhim omil bolib qolaverdi.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, etnologiya hozir jahonda mustaqil tarixiy fan deb tan olingan bolsa, «etnos» atamasi tog’risida olimlar orasida yakdillik yoq. Bu atama etnologik adabiyotda
22
kopdan beri ishlatilib kelganligiga qaramay, uning ilmiy ta'rifi umumiy tarzda ma'naviy jihatdan odamlarning etnik birligini anglatuvchi soz sifatida songgi on yilliklarda fanga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur atama bilan bog’liq «etniklik» tushunchasi ayrim etnik guruhlarning xususiy belgilari yoki umumiyligini aniqlovchi atama sifatida keng ishlatilmoqda. Etniklik tushunchasi otgan XX asrning 70-yillaridan boshlab jahonda etnoslararo murakkab mimosabatlar va jiddiy kashfiyotlarning kuchayishi tufayli kirib kelgan bolsa-da, asli bu atama etnoslararo madaniy tashkilot shaklida yuzaga kelgan.
Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi etnologiya fanida qabul qilingan umumiy tushuncha bolib, umumiy hudud va til birligini belgilovchi asosiy omildir. Mazkur omillar etnoslarning nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Ba'zan til birligi u yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham otadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning moddiy va ma'naviy madaniyati hal qiluvchi rol oynashi mumkin. Ayniqsa, etnosning asrlar davomida shakllanib kelgan an'anaviy xojaligi, urf-odat va marosimlari, uy-rozg’or buyumlari, kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. Tog’ri, barcha etnos-lar oziga xos ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya'ni kishilarning tabiati va didi, oziga xos etnik qadriyatlari, mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy guruh odamlarning birligini boshqa guruh oziga oxshash odamlar guruhidan farqlab ozligini anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida organiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |