Arktika ovchilari va baliqchilari. Arktikaning asosiy tub aholisi eskimos va aleutlar. Alyaska va Muz okeani sohillarida, Labrador yarim oroli va Grenlandiyada qadim davrlardan eskimoslar yashaydi. Ular ozlarini inuit («odamlar») deb ataydilar. Aslida «eskimos» sozi algonkin tilida «xom gosht yeydiganlar», degan ma'noni anglatadi. Chunki, qadimiy davrlarda singa kasalidan saqlanish uchun xom gosht iste'mol qilingan. Ular azaldan tulen, kit, morj, qutb ayig’i va shimol tulkisiga ov qilish va baliq tutish bilan shug’ullanib kelganlar. Ovchilik tufayli barcha zarur buyumlarga, ovqatga ega bolganlar: gosht va yog’ taomga ishlatilgan, terilar kiyimga, kema yasashga va uy-rozg’or ishlariga sarflangan, tulen va morj yog’i bilan uylarni qizitganlar va yoritganlar, suyaklaridan esa mehnat qurollari yasaganlar, uy va kema qurishda ishlatganlar.
Eskimoslar jahondagi eng shimoliy xalq sifatida qutbning og’ir sharoitiga juda moslashgan. Ularning ov vositasi va qurollari maxsus tulen va morj terilaridan yasalgan baydarka tipidagi kichik kema (kayak) va katta kema (umiak), uzun ipga bog’langan yog’och sopli sanchqi: tosh yoki suyak uchli nayza (ba'zan uni otadigan maxsus qurol ham ishlatilgan) va oq-yoy, turli xildagi tuzoqlar va suyakdan yasalgan qarmoqlardan iborat. Ba'zan qurol yasashda qoshni janubiy hindi qabilalaridan almashib olgan mis ham ishlatilgan.
Arktikada ormonlar yoq bolganligi tufayli eskimoslar qishda zor mahorat bilan muzdan uy tiklaganlar. Iglu deb atalgan muz
20 CTpanw h uapoflbi AMepHKH. O6m:nii o6sop, CeBepHas AMepuica. — M.: 1980, 58 6ex
uylarda tulen terisi toshalgan va devorlarga osilgan, yog’i bilan isitilgan ham yoritilgan. Hozirgacha saqlanib kelgan bunday uylarda endi primus, kerosin yoki elektr lampa ham ishlatiladi. Ilgari goshtni, asosan, xom holda iste'mol qilganlar. Qutbning qisqa yozida ayollar materikda osadigan turli yemishli kokat va ildizlar, klukva kabi tundra mevalarini yig’ib terganlar. Organizmga osimlik taomlari yetmaganligi tufayli bug’u oshqozonida toplangan yutqidan tayyorlangan ovqat eskimoslarning eng sevimli taomlaridan biri hisoblangan. Ba'zi eskimos oilalari qisqa yoz faslida materikka kochib konus shaklida teri yoki yog’och postlog’i bilan qoplangan chaylalar tiklaganlar. Ularning kiyimlari ham mahalliy sharoitga moslashgan boshdan-oyoq dengiz hayvonlarining terisidan yaxlit kombinezon va kapushon shaklida tikilgan bolib, erkak va ayollar-niki deyarli farqlanmaydi. Ammo bolali ayollarning egniga osilgan godakni solib, kotarib yuradigan teri xaltasi ham bolgan. Oyog’iga teridan tikilgan paypoq va etik kiyganlar. Ba'zan kiyimlari turli rangli terilar yoki jun bilan bezatilgan.
Hozirgi davrda eskimoslar, ayniqsa, Grenlandiyada, zamona-viy jihozlangan elektr va issiq suv bilan ta'minlangan kop qavatli uylarda ham yashaydilar; kiyimlari va taomlari ham ancha ozgarib yevropalashtirilgan. An'anaviy transport vositasi sifatida chang’i va itlar qoshilgan chanalardan foydalanishadi. Songgi yillarda motorli kema va chanalar, miltiq va temir qopqonlar ishlatilmoqda.
Eskimoslarning ijtimoiy tuzumida XIX asrgacha urug’ jamoa-chilik munosabatlari saqlanib kelgan. Ular ikki-uch oiladan tashkil topgan kichik jamoadan iborat bolib, ota urug’iga otish davrida yashaganlar. Ammo urug’-qabilachilik munosabatlari og’ir tabiiy sharoit tufayli uncha mustahkam bolmagan. Og’ir sharoit eskimoslarning dinlarida ham oz aksini topgan. Kishi ustidan hukmronlik qilib turgan tabiat kuchlari har xil tabiiy hodisalarga, turli arvohlarga va «dengiz xo'jayini»ga sig’inish, sehrgarlik (magiya) va shomonizm kabi ibtidoiy dinlarni yaratgan. Ularda shomoniylik ibodati va turli mifologik tasawurlar rivoj topgan. Hozir eskimoslar orasida nasroniy dini kop tarqalgan.
Eskimoslarda qadimiy davrlarda amaliy san'at taraqqiy qilgan bolib, hozirgacha suyakka nozik oyma naqsh berish va suyakdan turli buyumlar yasash saqlanib kelgan. Ular oziga xos qabila hayotidan olingan ayrim voqealar va hayvonlarni ovlash manza-ralarini zor mahorat bilan tasvirlaganlar. Uzoq qutb kechalari
muz va qordan tiklangan qorong’i yog’ chirog’li uylarda oz xalqining kelib chiqishi tog’risida rivoyatlar, quyosh, oy, tog’ va muzliklar, turli hayvonlar va devlar tog’risida afsona va ertaklar aytishganlar.
Songgi chorak asr davomida roy bergan ozgarishlar tub aholi-ning faqat moddiy turmushdagina emas, maishiy va ma'naviy hayotiga ham ijobiy ta'sir otkazdi. Ayniqsa, Grenlandiya eskimos-larida zamonaviy ma'rifat kurtak otib, ona tilida yozma adabiyot-ning turli janrlari paydo boldi, gazeta va jurnal chiqa boshladi, radioeshittirishlar olib boriladi. Amnio orolning Daniyaga qaramligi uning iqtisodiy va sotsial ahvolida oz aksini topgan, bu holat daniyaliklar bilan eskimoslar orasida tengsizlik, turmush darajasining pastligi va siyosiy huquqlardan mahrum ekanligida yorqin namoyon bolmoqda. Alyaska va Kanada eskimoslarida gosht va yog’ iste'mol qilish cheklangan, tibbiyot xizmati juda kam, ular milliy yozuvga ega emaslar. 70-yillardan boshlab eskimoslar mustaqillik va tenglik uchun faol kurashga kirishdilar. Ayniqsa, grenlandiyaliklarda bu kurash uyushqoqlik bilan olib borilmoqda va yaxshi natijalar ber-moqda.
Tinch okeanida, Alyaska yarim orolidan janubga chozilib ket-gan Aleut orollarida va Alyaskaning g’arbiy qismida eskimos-aleut til oilasiga oid qadimiy elatlar yashaydi.
Eskimoslarga maishiy turmush va madaniyati yaqin aleutlar ham XIX asr boshlarida dengiz hayvonlari bilan ov qilib tirikchilik otkazganlar. Ularning ov qurollari eskimoslarnikiday ammo teridan yasalgan baydarka, dengiz hayvonlarining ichagidan tikilgan suv otmaydigan plash, yog’ochdan yasalgan shlapa, oziga xos moddiy va ma'naviy madaniyat xususiyatlari bilan ajralib tu-radilar.
Aleutlarning tarixiy taqdiri eskimoslarniki singari Shimoliy Amerika, ayniqsa, AQSH kapitali bilan bog’liq. Ular XIX asr oxirlarigacha urug’chilik jamiyati darajasida turgan qabilalardan bolib, har qahila oziga tegishli ov qiladigan joylarda otroq holda yashaganlar. Uylari yarim yertola shaklida katta oilaga moljallangan bolib, unda 30-40 qonu qarindosh kishilar istiqomat qilgan.
Aleutlarning ozgina qismi hozirgacha Rossiyaga tegishli Koman-dor orollarida yashaydi. Ular shu bugunga kelib erkin iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |