18- LABORATORIYa IShI TIKUChILIK MATERIALLARINING NAVINI ANIQLASh Ishning maqsadi: Tikuvchilik mateirallari bilan tanishish.
Topshiriqlar: 1.ip va ipak gazlamalarning navini aniqlash.
2.zig’ir tolali gazlamalarning navini aniqlash
3.zig’ir tolali gazlamalarning navini aniqlash
Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tegishli davlat standartlari mavjud. Shu jumladan:
- ip gazlamalari uchun - 161-86 raqamli;
- zig’ir tolali gazlamalar uchun - 357-75 raqamli;
- jun gazlamalari uchun - 358-82 raqamli;
- ipak gazlamalari uchun - 187-85 raqamli standartlar. Ushbu standartlar bo’yicha gazlamalarning navini aniqlash ularning tolali tarkibiga ko’ra turlicha bajariladi.
Ip va ipak gazlamalarning navini aniqlash.Ip gazlamalarning navini aniqlash uchun bular to’rtta guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh - chit, gul bosilgan surp, satin, ayollar ko’ylagibop, kiyimbop va jovonsozlikda ishlatiluvchi va uy jihozlariga mo’ljallangan gazlamalar.
Ikkinchi guruh – choyshabbop va ichkikiyimlar uchun mo’ljallangan gazlamalar.
Uchinchi guruh - astarbop, matraslar uchun mo’ljallangan gazlamalar va past navli paxta tolasidan ishlab chiqarilgan hamda xom gazlamalar.
To’rtinchi guruh – kesilgan tukli gazlamalar.
Ip gazlamalarning navini belgilash uchun ikkita raqam ko’rsatkichi qo’yilgan: I – birinchi nav; II – ikkinchi nav.
Ip gazlamalarning navini aniqlash ikkita asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi:
a) gazlamalarning fizik-mexanik xossalari va bo’yog’ining mustahkamligi bo’yicha ko’rsatkichlari davlat standartida yoki texnikaviy shartlarda ko’rsatilgan, me’yorlarga mos kelishligi;
b) gazlamalarning tashqi ko’rinishidagi nuqsonlarning miqdori.
Ip gazlamalarning tashqi ko’rinishida uchraydigan nuqsonlar o’z navbatida ikkita turga bo’linadi:
a) gazlamaning butun to’pi bo’yicha tarqalgan nuqsonlar (ifloslanish, turli tovlanuvchanlik, yo’l-yo’llik va hokazolar);
b) mahalliy nuqsonlar – gazlama to’pining ayrim joylarida uchrovchi nuqsonlar (dag’al, chigal arqoqiplilik, arqoq yoki tanda ipi yo’qligi, arqoq ipining zichliligi va siyrakligi va hokazolar).
Ip gazlamaning navini baholash yig’ilgan nuqsonlar jamiga qarab olib boriladi:
I – nav ko’rsatkichiga jami 10 nuqsondan ko’p bo’lmagan;
II – nav ko’rsatkichiga jami 30 nuqsondan ko’p bo’lmagan gazlamalar kiradi.
Biroq bu ko’rsatkichlar ip gazlamalar to’pi uchun belgilangan shartli uzunligiga qarab olib boriladi. Bunday sharoitda gazlamaning eni ham hisobga olinadi:
-tayyor ip gazlamalarning eni 90 sm gacha bo’lgan turlari uchun belgilangan shartli uzunlik 40 m ga teng;
- tayyor gazlamalarning eni 90 sm dan 110 sm gacha bo’lgan turlari uchun 30 metr;
- tayyor gazlamalarning eni 110 sm dan oshsa - 23 metr;
- kesilgan tukli ip gazlamalarning eni 110 sm gacha bo’lgan turlari uchun - 20 metr; eni 110 sm dan oshsa - 10 metr.
Agar gazlama to’pining haqiqiy uzunligi belgilangan shartli uzunligidan farq qilgudek bo’lsa, uning mahalliy nuqsonlari bo’yicha yig’ilgan nuqsonlar jami gazlamaning haqiqiy uzunligiga mos holda quyidagi tenglama yordamida qayta hisoblanadi:
Hsh =NhLsh/Lh buerda: Nh-gazlamaning haqiqiy uzunligi buyicha yig’ilgan mahalliy nuqsonlar son miqdori; Lh-gazlama to’pining haqiqiy uzunligi, m; Lsh – gazlama to’pining shartli uzunligi, m.
Ip gazlamalarning navini aniqlashda quyidagi fizik-mexanik xususiyatlar nazarga olinadi:
- yuza zichligi, g/m2;
- eni, sm;
- uzish kuchi;
- kirishuvchanligi, foiz.
Bu xususiyatlarning ko’rsatkichlari standartlar yoki texnik shartlardagi me’yorlarga mos kelishlari shart.