Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |