Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda. Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |