Milliy istiqlol


§2. Sovet hokimiyati yillarida millatlararo munosabatlarning



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana11.02.2020
Hajmi1,02 Mb.
#39461
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining predmeti maqsad va vazifalari metodologik asoslari

§2. Sovet hokimiyati yillarida millatlararo munosabatlarning 
 keskinlashuvi  sabablari 
Sovet hokimiyati yillarida mamlakat hududida yashovchi turli millat va elatlarning 
turmush  tarzi,  buguni  va  istiq-boliga    taalluqli  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va 
ma‟naviy-madaniy  muammolar  o„z  vaqtida  hal  etilmadi.  Ayniqsa,  millat-lar  va 
elatlarning  milliy  xususiyatlariga  loqaydlik  bilan  qarash  turli  millat  vakillarining 
noroziligini kuchaytirib yubordi.  
Sovet  Ittifoqi  tarixiga  nazar  tashlasak,  ittifoqchi  res-publikalar  va  boshqa  milliy 
uyushmalarning  huquqlari  asta-sekin  cheklab  qo„yilganining  guvohi  bo„lamiz. 

Chunonchi,  milliy  respublikalarning  mustaqil  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  fa-oliyat 
ko„rsatishiga yo„l berilmadi. Mamlakat “temir qafas” bilan o„rab olinib, turli millat 
va elatlardan iborat bo„lgan sovet xalqi jahondan ajratib tashlandi. Matbuot va so„z 
erkinligiga  yo„l  berilmadi.  Saylovlar  va  parlament  faqat  xo„jako„rsinga  joriy 
qilinib,  ularning  zimmasiga  mustamla-kachilarning  ko„rsatma  va  yo„l-yo„riqlarini 
so„zsiz  bajarish  vazifasi  yuklandi.  Natijada  Sovet  federatsiyasining  mazmuni 
siyqalashib,  nomi  esa  hujjatlardagina  saqlanib  qoldi,  xolos.  Rahbarlikdagi 
yakkahokimlik,  buyruqbozlik,  ma‟muriyatchilik,  hech  kim  bilan  hisoblashmaslik 
avj  olib  boraveradi.  Zo„ravonlik  va  o„zboshimchalik  yildan-yilga  avj  olib  ketdi. 
Butun-butun xalqlar o„zlari yashab kelgan tarixiy joylaridan zo„rlik bilan ko„chirib 
yuborildi.  Chunonchi,  stalinchilik  qrim  tatar,  chechen,  qorachoy,  bolqar,  qalmiq 
kabi  ko„pgina  xalqlarni  yoppasiga  vatanlaridan  badarg„a  qildilar.  Millatlar  va 
elatlarning milliy huquqlari, milliy manfaatlari nazar-pisand qilinmadi, ular oyoq-
osti  qilindi.  Tabiiyki,  bunday  adolatsizliklar  mamlakat  hududida  yashovchi  turli 
millat  va  elat  kishilarining  baynalmilliy  qadriyatlariga,  ularni  xalqlar  do„stligi 
g„oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xala-qit berdi. 
Mahkamachilik,  zo„ravonlik,  ur-yiqitlar  ostida  o„zbek  xalqining  eski  o„zbek 
yozuvidagi  madaniy  boyliklari  ham  shafqatsizlik  bilan  yo„q  qilindi.  O„tmish 
madaniyati,  ayniqsa  qadimiy  musulmon    madaniyati  haqida  gapirish,  targ„ibot  va 
tashviqot  qilish  og„ir  jinoyat  sifatida  ta‟qib  qilindi.  Bunday  bebaho  madaniy 
boyliklarni  bunyod  etishga  ishtirok  etgan  avlodlar  merosini  ajdodlarga  topshirish, 
yetkazish imkoniyati-ga ega bo„lgan eski zamon mahalliy ziyolilari vahshiylarcha 
yo„q  qilindi.  Yerli  millatga  xos  milliy  xususiyatlarning  ko„pchiligi  burjua 
millatchiligining  ko„rinishlari  deb  e‟lon  qilindi.  Maktab  va  ko„chalarni  buyuk 
ajdodlarimiz  nomi  bilan  atashga  millatchilikning  ko„rinishi  deb  qaraldi.  Bunday 
nayrang-larning hammasi “madaniy inqilob” bayrog„i ostida amalga oshirildi. 
Mustamlakachilik  siyosati  turli-tuman  makru-hiylalar  yordamida  borgan  sari  avj 
olib boraveradi. Sovet hokimiyati yillarida birgina o„zbek xalqi uch bor savodsizlik 
balosiga  giriftor  etildi.  Ming  yillardan  buyon  madaniyat  kaliti  bo„lib  kelgan  eski 
o„zbek  yozuvidan  1929  yilda  majburan  voz  kechilib,  lotin  yozuviga  o„tildi. 
So„ngra  1940  yilda  lotin  yozuvi  bekor  qilinib,  kirillitsa  yozuvi  qabul  qilindi.  Bu 
o„ta  dahshatli  tarixiy  fojia  edi.  Bunday  tadbirlar  yordamida  o„zbek  xalqi  o„z 
o„tmishidan  ajratib  qo„yildi.  Mazkur  fojianing  zaminida  millatlarni  birini 
ikkinchisiga qo„shish, yagona millat yaratish g„oyasi yotardi. 
Sharqona  ta‟lim  va  tarbiya  usullariga  ham  zarba  berildi.  Minglab  allomalarni 
voyaga  yetkazgan  masjidlar,  madrasalar  yopib  tashlandi,  ular  omborxona-yu 
molxonalarga  aylantirildi.  Asriy  madaniy  obidalarimiz  zeru-zabun  etildi.  Bebaho, 
nodir  qo„lyozmalarimiz  o„tda  yoqildi,  suvda  oqizildi.  Sovet  hokimiyatining 
amaldorlari  Turkiston  xalqining  buyuk  mada-niyati,  boy  tarixi,  dunyo  fani 
taraqqiyotiga  salmoqli  hissa  qo„shgan  buyuk  allomalarimizning  nomlarini  tarix 
sahifa-laridan  o„chirib  tashlashga  qanchalik  urinmasinlar,  baribir  jahonning  ilg„or 
kishilari  turkistonliklarni  buyuk  Amir  Temur,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur, 
Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, 
Abu  Ali  Ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy  avlodi  deb  bilishdi,  izzat  –hurmatlarini 
kanda qilishmadi. 

Sovet  hokimiyati  amalga  oshirgan  mustamlakachilik  siyosati  sobiq  Ittifoqda 
yashovchi  barcha  millat  va  elatlarning  turmush  tarzini    ruslashtirishda  yaqqol 
namoyon  bo„ldi.  Tabiiyki,  bunday  makkorona  siyosatning  zaminida  kelajakda 
barcha  millat  va  elatlar  qo„shilib  ketadi,  degan  xomxayol  yotardi.  Ma‟lumki, 
I.V.Stalin  VKP(b)ning  XVI  syezdida  xalqlarning  siyosiy  tomondan  birlashishi 
bilan  tillarning  qo„shilishi  masalasini  ko„tarib,  avval  zonal,  so„ngra  yagona  til 
paydo bo„lishi to„g„ri-sidagi  “nazariyasini” bayon qilgan edi.( Stalin I.V. Asarlar. 
–  Toshkent,  1950,  t.12,  409-bet).  Bu  uydirma  ruslashtirish  siyosa-tining  nazariy 
asosini tashkil etdi. 
Ruslashtirish siyosati tarafdorlarining bashoratiga ko„ra, SSSR hududida yashovchi 
barcha  millat  va  elatlar  mamlakatda  soni  jihatdan  eng  ko„pchilikni  tashkil  etgan, 
eng yirik va ilg„or hisoblangan rus xalqi bilan, so„ngra esa u orqali biri ikkinchisi 
bilan  qo„shilib  ketishi  lozim  edi.  Boshqacha  aytganimizda,  rus  millati  va  rus  tili 
zaminida yagona sovet millati tarkib topishi darkor edi. Xuddi shuning uchun ham 
butun  tarbiya,  tashviqot  va  targ„ibot  mexanizmi,  adabiyot,  san‟at  va  fan  rus 
xalqining  faqat  ijobiy  tomonlarini  ulug„lashga  qaratildi.  Bunday  vazifaning 
bajarilishidagi yagona kalit rus tili hisoblandi. Shunday xomxayollar ta‟sirida rus 
bo„lmagan  boshqa  xalqlarda  rus  xalqiga  va  rus  tiliga  intilish  sun‟iy  ravishda 
kuchaytirildi. 
Milliy teatrlar uchun tayyorlangan san‟at asarlari, film ssenariylari avvalo rus tilida 
yaratilib,  imperiya  mah-kamalari  tasdig„idan  o„tganidan  so„ng  mahalliy  millat 
tiliga  tarjima  qilinardi.  Milliy  teatr  repetitsiyalari,  badiiy  filmlarni  suratga  olish 
jarayonlari  rus  tilida  olib  bori-lardi.  Ilmiy  va  badiiy  adabiyotlarning  ko„pchiligi 
ham rus tilida chop etildi. Jumladan, birgina O„zbekiston Fanlar Akademiyasining 
tarix  instituti  1988  yilda  ilmiy  ishlarning  80  foizini  rus  tilida,  16  foizini  xorijiy 
tillarda, atigi 4 foizinigina o„zbek tilida nashr etdi (Yosh leninchi, 1989, 12 iyul).  
Sovet  hokimiyati  yillarida  O„zbekistonning  deyarli  barcha  viloyat,  tuman  va 
shaharlarida  markazlaridagi  yasli-bog„chalarda  tarbiya  asosan  rus  tilida  olib 
borildi.  Bunday  muassasalarda  tarbiyalangan  millat  farzandlari  ruhiyatidan,  fikr-
muloha-zasi, yurish-turishi, turmush tarzidan milliy ruh yo„qoldi, ular o„zga millat 
ma‟naviy  olami  ta‟sirida  shakllandilar,  kamol  topdilar.  Bunday  bolalarning 
ko„pchiligi  o„qishni  ham  rus  maktablarida  davom  ettirdilar.  Oqibatda  millati 
o„zbek,  lekin  ona  tili  rus  tili  bo„lgan  shaxslar  vujudga  keldi.  Bunday  tipdagi 
kishilar o„z millatining milliy xususiyatlaridan ham batamom  ajralib qoldilar, rus 
millatining  milliy xususi-yatlarini esa o„zlariga to„la singdirib ola olmadilar. Ana 
shun-day  uslublar  yordamida  mustamlakachilar  O„zbeistonda  o„z  tili,  tarixi,  dini, 
o„z  xalqining  urf-odatlariga  loqaydlik  bilan  qaraydigan,  nigilistik  kayfiyatdagi 
katta bir avlodni vujud-ga keltirdilar. 
Sovet hokimiyati yillaridagi iqtisodiy siyosat ham ijtimoiy adolat prinsiplariga zid 
edi,  shu  bois  millatlar-aro  munosabatlar  madaniyatiga  va  uning  taraqqiyotiga 
salbiy ta‟sir ko„rsatdi. Iqtisodiyotning o„ta markazlashtirilishi oqi-batida ishchi va 
dehqon yaratgan asosiy foyda davlat hamyonida to„plana bordi. Shubhasiz, bunday 
hol  unitar  davlatning  iqtisodiy  qudratini  oshirdi,  ayniqsa,  mamlakatning  harbiy 
potensiallari yildan-yilga kuchayib, mustahkamlanib bordi. 
Markazlashtirilgan  iqtisod  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  besh  yilliklarda 

xarobaga  aylangan  mamlakatni  tiklashda  katta  rol  o„ynadi.  Iqtisodiyotning 
markazlashtiri-lishi  natijasida  SSSR  hududida  yashovchi  barcha  millat  va 
elatlarning  xavfsizligi  ta‟minlandi.  Mamlakat  tarixida  bi-rinchi  marta  40  yildan 
ortiqroq 
tinchlik, 
osoyishtalik 
hukmronlik 
qildi. 
Biroq 
iqtisodiyot 
markazlashtirilishining  yildan-yilga  mustahkamlanib  borishi  ijtimoiy  adolat 
prinsiplarining buzilishiga olib keldi. Tabiiyki, bunday holning yildan-yilga chuqur 
ildiz  ota  borishi  turli  respublikalardagi  aholining  milliy  manfaatlariga  mos 
tushmadi.  Amalga  oshirilgan  bir  yoqlama  iqtisodiy  siyosat  millatlararo 
mojarolarning  asosiy  manbalaridan  biriga  aylanib  qoldi.  Chunki  sobiq  SSSR 
hududida  faoliyat  ko„rsatgan  turli  millat  va  elatga  mansub  ishchi  va  dehqon 
peshona teri bilan yaratilgan ijtimoiy foydaning 91,5 foizi davlat xazinasiga tushib, 
uning o„ziga 8,5 foizigina qoldi, xolos. (qarang: Yosh leninchi, 1991, 5 noyabr). 
Totalitar  davlat  amaldorlari  turli  mintaqalardagi  dehqonlar  mehnatiga    turlicha 
baho  belgilashdi.  Ayniqsa,  o„zbek  dehqonining  og„ir  mehnatiga  to„lanadigan  haq 
boshqa mintaqa-larda to„lanadigan o„rtacha mehnat haqidan 21,5 foizga kam qi-lib 
belgilangan  edi.  Jumladan,  O„zbekistondagi  ish  haqi  RSFSRdagidan  34,0, 
Belorussiyadagidan  29,0,  qozog„istondagidan  33,2,  Litvadagidan  49,6, 
Latviyadagidan  62,5  foizga,  Estoniya-dagidan  esa  2  martadan  ham  kam  edi 
(O„zbekiston adabiyoti va san‟ati, 1991, 4 yanvar). 
O„zbekistonda fuqarolar mehnatiga arzimas haq to„lanayot-gan bir paytda Amerika 
ishchilari bir soatlik mehnatlari uchun o„rta hisobda 14,77 dollar ish haqi olishardi. 
Norvegiyada  esa  bir  soatlik  ish  haqi  –  21,86  dollar,  Germaniyada  –  21,53  dollar, 
Shveytsariyada  –  20,93  dollar,  Finlandiyada  esa  20,76  dollarni  tashkil  etardi 
(Turkiston, 1992, 10 yanvar). 
qo„limizga qog„oz - qalam olib, hisob-kitob qilib ko„rsak, O„zbekiston saksoninchi 
yillarning  oxirida  har  yili  sobiq  Ittifoqning  boshqa  respublikalaridan  13  milliard 
so„mlik  mahsulot  qabul  qilib  kelgan.  Jumladan,  sobiq  SSSRning  bosh-qa 
regionlaridan  har  yili  3,8  million  tonna  don,  1,5  million  tonna  un,  4  million 
kubometr yog„och, 4,8 million tonna ko„mir, 13 million tonnadan ko„proq neft va 
neft  mahsulotlari,  4,4  million  tonna  metall,  600  ming  tonnaga  yaqin  qand-shakar 
olib  kelinardi.  Keltirilgan  mahsulotlarning  asosiy  qismi  mashinasozlik  va 
metallurgiya  sanoati  uchun  ishlatilgan.  Umu-man  o„sha  yillari  respublikaga 
keltirilayotgan mashinasozlik va metallga ishlov berish buyumlarining qiymati 11 
milliard  so„mdan  oshardi.(Sovet  O„zbekistoni,  1990,  29  mart).  Lekin  buning 
evaziga  O„zbekistonda  ishlab  chiqarilgan  paxtaning  90  foizi,  meva  va  sabzavot 
mahsulotlarining  50  foizidan  ko„prog„i,  pilla  va  qorako„l  terining  asosiy  qismi 
respublikadan  tashib  ketilardi.  O„zbekiston  sobiq  Ittifoqning  gaz  va  metallurgiya 
sanoati korxonalariga katta mahsulot yetkazib berardi. 
O„zbekiston  o„zining  yuqori  sifatli  oltini  bilan  ham  Sovet  Ittifoqi  xazinasini 
to„ldirib  keldi.  Chotqol,  qurama,  Nurota  tog„lari,  qizilqum  sahrosi  bag„rida 
joylashgan  Mar-jonbuloq,  qalmiqqir,  Uchquduq,  Zarafshon,  Muruntov,  Navoiy, 
Sovetobod kabi oltin konlarining dovrug„i butun dunyoga mashhur. Muruntov oltin 
konidan qazib olinayotgan oltin o„zining tozaligi  bo„yicha eng yuqori sifatga ega 
(99,99),  tannarxi  bo„yicha  esa  SSSR  hududidan  qazib  olingan  oltin  ichida  eng 
arzoni hisoblanardi. 

Muruntovdan    1967  yildan  buyon  oltin  qazib  olinadi.  Mu-taxassislarning  hisob-
kitoblariga qaraganda, bu konda oltin zahirasining qalinligi 400 metr bo„lgan. Ana 
shu zahiraning 200 metr qalinligi qazib olib ketilgan (Fan va turmush, 1992, №1, 
3-bet). Kon ishga tushgan paytdan respublikamiz mustaqil-likka erishguniga qadar 
birgina Muruntov oltin konidan sobiq Ittifoqning turli idoralari 500 million kubga 
yaqin  tilla  tuproqni  tashib  ketdilar.  Ana  shunday  qudratli    oltin  konini  ishga 
tushirish uchun Sovet imperiyasi bor-yo„g„i bir million so„m sarflagan edi, xolos. 
O„zbekistonda mavjud bo„lgan konlardan mustamlakachilik-ning keyingi yillarida 
90 tonnadan oltin qazib olingan. To„qsoninchi yillar boshidagi xalqaro narx bilan 
baholaganda, bir gramm oltin 15,5 dollar edi. Shunga asosan hisob-kitob qiladigan 
bo„lsak, respublikamiz hududidan yiliga 1,39 mil-liard dollar qiymatga teng oltin 
Sovet imperiyasi xazinasiga tushib turgan.(Fan va turmush, 1992, №1, 3-bet). 
Respublika  yetkazib  bergan  har  bir  gramm  oltini  uchun  It-tifoq  xazinasidan  bor-
yo„g„i 1 so„m 70 tiyin mablag„ olgan, xolos. Vaholanki, 1991 yil London birjasida 
1 gramm oltin 11 dollarga sotildi. O„sha yili 1 dollar bizning pulimiz hisobida 100 
so„mga teng bo„lganini inobatga olsak, bir gramm oltinning o„sha paytdagi qiymati 
1100  so„m  bo„lgani  aniq  bo„ladi.  (Turkiston,  1992,  15  yanvar).  Ana  shunday 
hisob-kitob  qilsak,  O„zbekiston  oltinining  qiymati  hammaga  ayon  bo„lib  qoladi. 
Shu sababdan ham  qazib olingan oltinning haqiqiy miqdori, uni qayta ishlashdan 
keladigan daromad yerli aholidan mutlaqo sir tutildi. 
Ana  shunday  hisob-kitob  bo„lmaganligi  uchun  ham  millat-lararo  munosabatlar 
madaniyatining  iqtisodiy  asoslari  yemi-rildi  va  qudratli  Sovet  imperiyasi 
tanazzulgi yuz tutdi. 
Xulosa  qilib  aytadigan  bo„lsak,  millatlararo  munosabat-lar  madaniyatini  
shakllantirish, ularni yagona milliy g„oya at-rofida jipslashtirish uchun turli millat 
va  elat  vakillari  orasidagi  aloqalarning  ma‟naviy  va  iqtisodiy  asoslarini 
mustahkamlash  zarur  bo„ladi.  Sovet  hokimiyati  yillarida  ushbu  asoslar  zaiflashib 
ketgani  tufayli  millatlararo  munosa-batlar  keskinlashib  bordi  va  oxir-oqibatda 
Sovet 
Ittifo-qining 
inqirozga 
yuz 
tutishiga, 
millatlararo 
munosabatlar 
madaniyatining  esa  rivojlanmay  qolishiga  olib  keldi.  Shu  sababdan  ham  milliy 
istiqlol  mafkurasini  shakllantirish  vazifasini  o„z  oldimizga  qo„yar  ekanmiz, 
millatlararo munosabatlarning ma‟naviy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashimiz 
darkor. 
 
§3. O„zbekiston respublikasining mustaqillikka erishishi va millatlararo 
munosabatlarda tub sifatiy o„zgarishlarning sodir bo„lishi 
 
1991 yilning 31 avgustida O„zbekiston Respublikasining mustaqilligi e‟lon qilindi. 
O„zbeklarning  tinch,  parlament  yo„li  bilan  mustaqillikka  erishish  uslubi  jahon 
milliy-ozodlik  harakati  tarixida  o„ta  noyob  ijtimoiy-siyosiy  voqea  bo„lib,  milliy 
manfaatlari  oyoq-osti  etilgan,  milliy  g„ururi  so„ndirib  yuborilgan  qadimiy  o„zbek 
xalqining  insonparvar,  demokratik  jamiyat  barpo  etish  bobidagi  azmu-qaroriga 
qanot ato etdi. 
Mustaqil O„zbekiston – ko„p millatli mamlakat. Uning hududida azaldan o„zbeklar 
bilan  yonma-yon  qoraqalpoqlar,  qirg„izlar,  qozoqlar,  tojiklar,  turkmanlar,  arablar, 

uyg„urlar,  shuningdek,  ozarbayjonlar,  tatarlar,  armanlar,  gruzinlar,  ruslar, 
ukrainlar, koreyslar, yahudiylar, beloruslar, bosh-qirdlar, chuvashlar va boshqa 100 
dan ortiq millat va elatlar yashaydi. O„zbekiston hukumati o„z hududida yashovchi 
barcha millatlar va elatlarga teng siyosiy huquqlarni va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
rivojlanishda  barcha  imkoniyatlarni  kafolatlamoqda.  Irqchilik,  shovinizm, 
millatchilik,  terrorizm,  xalqaro  huquqlarni  cheklash  yo„lidagi  har  qanday 
urinishlarga qat‟iyan chek qo„ymoqda. 
 
Millatlararo 
munosabatlar 
madaniyati 
mamlakat 
taraqqi-yotini 
jaddallashtiruvchi  omil  hamdir.  Zero,  turli  etnoslar  orasidagi  millatlararo  totuvlik 
ta‟minlanganidagina  ular  yagona  g„oyaning  ro„yobga  chiqishi  yo„lida  xizmat 
qiladilar.  “O„zbe-kistonning  milliy-madaniy  rang-barangligi,  -  deb  yozgan  edi 
I.Karimov  o„zining  “O„zbekiston  –  bozor  munosabatlariga  o„tishning  o„ziga  xos 
yo„li” nomli risolasida, - milliy o„zlikni anglashning o„sishi va ma‟naviy jihatdan 
qayta  uyg„onishi  bilan  chambarchas  bog„liq  bo„lib,  jamiyatni  yangilash,  uning 
ochiq-ligining  qudratli  omili  bo„lib  xizmat  qiladi  hamda  respub-likaning  jahon 
hamjamiyatiga qo„shilishi uchun  qulay shart-sharoit yaratadi”. (qarang: Karimov 
I.A. O„zbekiston – bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos yo„li. O„zbekiston: 
milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  Tom  1.-  Toshkent,  1996,  293-bet).  Shu 
sababdan ham mustaqil O„zbekistonning o„ziga xos  taraqqiyot yo„lini belgilashda 
ko„pmillatlilikka,  millatlararo  munosabatlarni  yuksaltirish  muammolariga  alohida 
e‟tibor berildi.  
Bunday mushtarak taraqqiyot yo„lining eng  muhim xu-susiyati mahalliy xalqning 
milliy  xususiyatlariga  tayanish-bilan  bog„liqligi  ham  e‟tirof  etildi.  Boshqacha 
aytganimizda,  mustaqil  O„zbekistonning  o„ziga  xos  taraqqiyot  yo„lining  asosida 
milliy  omil  (respublika  hududida  yashovchi  xalqlarga  xos  ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma‟naviy-madaniy,  tarixiy-diniy,  ax-loqiy  qadriyatlar,  shuningdek,  jo„g„rofiy 
o„ziga xoslik, psixo-logik-ruhiy kayfiyatlar) hal qiluvchi ahamiyatga egadir. qadim 
zamonlardan  buyon  xalqimiz  o„zining  tinchliksevarligi,  oso-yishtalik  va 
hamjihatlikni  sevishi  bilan  ajralib  turadi.  Shuning  uchun  ham  O„zbekiston 
hukumatining  tinchlik-osoyishtalikni  barqaror  qilishga  qaratilgan  barcha  harakat-
lari xalqimiz tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda. 
Bugun  O„zbekistondan  tashqarida  ham  4  milliondan  ortiq-roq  o„zbek  yashaydi. 
Mamlakatimiz ichkarisidagi u yoki bu nojo„ya harakat millatdoshlarimiz taqdirini 
tahlikaga solib qo„yishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham O„zbekiston hukumati 
millat-lararo munosabatlarni barqarorlashtirishga, boshqa mintaqa-larda yashovchi 
millat va elatlar tinchligi, osoyishtaligini ta‟minlashga diqqat-e‟tiborni qaratmoqda. 
Millatlararo  munosabatlarni  uyg„unlashtirish  respublikamizda  barqaror  siyosiy 
muvozanatni vujudga keltirishning muhim shartidir. 
Bugungi  O„zbekiston  taraqqiyot  yo„lining  eng  muhim  xususiyati  –  birovlarning 
ichki  ishiga  aralashmaslik,  tarix-ning  bir  necha  bor  sinovlaridan  o„tgan 
diplomatiya-iqtisodiy  hamkorlikning  turli  uslublaridan  foydalanish,  o„zaro 
yordamga  asoslanganligidir.  Shu  bois  O„zbekiston  siyosiy  mustaqillikni  qo„lga 
kiritishi  bilan  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini  kundan-kunga  kengaytirib  bormoqda. 
Respublikamizning  tashqi  iqti-sodiy  faoliyatida  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo„stligi 
a‟zolari,  Yevropa  davlatlari,  jahoning  rivojlangan  mamlakatlari  alo-hida  o„rin 

egallayotir.  
Mustaqil  O„zbekiston  tinchlik  va  osoyishtalikni  ta‟-minlab,  bozor  munosabatlari 
tomon  jadallik  bilan  intila-yotir.  Uning  taraqqiyot  jarayonini  barqarorlashtirish 
uchun  za-rur  bo„lgan  qonunlar  qabul  qilindi.  Aholining  barcha  qatlam-larini 
ijtimoiy  himoya  qilish  uzluksiz  amalga  oshirilayotir.  Sovet  hokimiyati  yillarida 
faqat  xam  ashyo  yetishtirishga  qaratilgan  samarasiz  iqtisodiyotdan  asta-sekin  voz 
kechilib, mulkchilikning turli shakllari qaror topmoqda. 
Mamlakatimizda  iqtisodiy  mustaqillikni  qo„lga  kirit-moq  uchun  mavjud  tabiiy, 
ishlab chiqarish, fan va texnika imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, shuningdek 
ishlab  chi-qarish  strukturasini  mahalliy  sharoit  va  jahon  iqtiso-diyotidagi 
zamonaviy  yo„nalishlarni  hisobga  olgan  holda  tako-millashtirish  zarur  bo„ladi. 
Buning  uchun  eng  avvalo  bu  yerda  yetishtirilgan  xom  ashyoni  qayta  ishlab 
chiqaradigan,  hozirgi  zamon  fani,  texnikasi  va  texnologiyasiga  asoslangan  sanoat 
kosplekslarini  barpo  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Ayniqsa  hozirgi  zamon 
mashinasozlik, metallurgiya sanoati tarmoqlarini kengaytirish yo„li bilan mahalliy 
yoshlarni industrial mehnat bilan ta‟minlash va shu asosida yerli millat kishilaridan 
malakali ishchilar avlodini yuzaga kelti-rish lozim. Shuning uchun ham respublika 
hukumati mashinasoz-lik va metallurgiya borasida dunyoning eng nufuzli firma va 
kampaniyalari  bilan  muzokaralar  o„tkazib,  shartnomalar  tu-zishga  intilmoqda. 
Chunki  respublikani  yuqori  darajada  sano-atlashtirmasdan  turib,  aholining 
tirikchilik darajasini yax-shilab bo„lmaydi. 
Iqtisodiyotdagi  muammolarni  hal  etish  uchun  ma‟naviyat-ning  roli  ham  katta, 
albatta. Shuning uchun ham Prezident I.A.Karimov O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining  1991  yil  21  noyabrida  bo„lib  o„tgan  USH  sessiyasida:  “Iqtisodiy 
anglash, to„g„ri boshqarish uchun nima kerak?  Siyosat kerak, aql-zakovat kerak, 
ma‟naviyat  kerak.  Shu  sababli  ham  birinchi  xalq  qadriyatlarini  tiklash  odamlar 
tafakkuridagi 
qullik 
kishani-ni 
yo„qotish,  ularda  o„zlariga  ishonchni 
mustahkamlashdan  boshladik...”,  -  degan  edi.(O„zbekiston  ovozi,  1991,  21 
noyabr).  Darhaqiqat,  mustaqillikning  birinchi  yilidayoq  xalqimizning  milliy 
qadriyatlarini,  yo„qolib  ketish  arafasida  turgan  urf-odatlari  va  rasm-rusumlari, 
marosimlarini  tiklashga  katta  e‟tibor  berildi.  Necha  yillar  davomida  saxiylik, 
mehru-oqibat  timsoli  bo„lib  kelgan  Navro„z  bayramining  keng  nishonlanishiga 
erishildi.  Bayram  arafasida  aholining  kam  ta‟minlangan  tabaqalariga,  yolg„iz  va 
nogiron  qariyalarga,  e‟tiborga  muhtoj  fuqarolarga  moddiy  va  ma‟naviy  yordam 
ko„rsatish,  ularning  xolidan  xabar  olish  yo„lga  qo„yildi.  qadimdan-qadimdan 
xalqimizning  urf-odati  bo„lib  kelgan  sayillar,  hasharlar  tiklandi.  Taqdir  taqozosi 
bilan  ota-onasiz  qolgan  va  bolalar  uylarida  tarbiya  ko„rayotgan  yetim  bolalarga 
davlat mablag„lari hisobidan sunnat to„ylari tashkil etildi va bu xayrli ishni bundan 
keyin ham davom ettirilishi uchun zaruriy choralar ko„rildi. 
Davlatning dindorlar va diniy tashkilotlarga bo„lgan munosabati ham qayta ko„rib 
chiqildi, o„nlab tarixiy obidalar diniy tashkilotlarga qaytarildi. Yangi  masjitlar va 
madra-salar ochildi. Ro„za hayiti, qurbon hayiti bayram deb e‟lon qilindi. qur‟oni 
Karim  o„zbek  tilida  chop  etildi.  Hadis  kitoblari  xalqqa  yetkazilmoqda.  Bundan 
tashqari  minglab  musulmonlar  uchun  Makkaga  ziyoratga  borib  kelish 
imkoniyatlari yaratildi. 

O„zbek  madaniyatini  yuksaltirish  uchun  ham  baholi  qudrat  tadbirlar  amalga 
oshirilmoqda. Zero, davlat uchun har bir so„m hisob-kitob qilib turilgan bir paytda 
madaniyat sohasidagi qator an‟analarni davom ettirishga urinilmoqda. Osiyo, Afri-
ka, Lotin Amerikasi mamlakatlarining saksoninchi yillar oxiriga kelib o„tkazilmay 
qo„yilgan  va  nihoyat  yaqindagina  Toshkent  shahrida  bo„lib  o„tgan  kinofestivali 
buning yaqqol misolidir. Madaniyat sohasidagi muammolarning bartaraf etilishiga 
katta  e‟tibor  berilayotgani  bejiz  emas.  Chunki  o„zbek  madaniyatining  saviyasi 
butun  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  madaniyati  ravnaqiga  ijobiy  ta‟sir  ko„rsatadi. 
Shuning  uchun  ham  dunyoga  tanilgan  yozuvchi  Chingiz  Aytmatov:  “qadim-
qadimdan  o„zbek  madaniyatining  O„rta  Osiyoga  ko„rsatgan  ta‟sirini  ko„hna 
Vizantiyaning  Rusga  ko„rsatgan  ta‟siri  bilan  qiyoslash  mumkin...  Bolalikdan 
qadim  tarix  va  madaniyatga,  o„zbek  xalqiga  hurmat  ruhida  tarbiyalanganmiz, 
o„zbek  xalqi  o„zining  milliy  xusu-siyatlari  bilan  hech  qanday  shak-shubhasiz 
barcha tan olgan shunday hurmatga loyiq”,-degan edi (O„zbekiston ovozi, 1991, 6 
sentabr). Biroq madaniyat borasida o„z yechimini kutib turgan dolzarb muammolar 
hali anchagina. Moddiylikning ma‟naviy-likdan ustunligi hukmron bo„lgan hozirgi 
sharoitda madaniy taraqqiyot muammolarining hal etilishi og„ir kechishi tabiiy. 
Xulosa qiladigan bo„lsak, mamlakatimizning mustaqil-likka erishishi O„zbekiston 
Respublikasining  jahondagi  ri-vojlangan  mamlakatlar  safidan  munosib  o„rin 
egallashi  uchun  barcha  imkoniyatlarni  yaratdi.  Ko„p  millatli  O„zbekistondek 
jannatmakon o„lkada odamlarning to„q-farovon yashashi, ular-ning hurligi, tengligi 
uchun  barcha  sharoitlarning  vujudga  kelishi  bilan  kundalik  turmushning  barcha 
jabhalarida  ijtimoiy  adolatning  o„rnatilishi  uchun  real  imkoniyatlar  yaratildi. 
Ijtimoiy  adolatning  qaror  topishi,  shubhasiz,  millatlararo  munosabatlar 
madaniyatida ham tub burilish yasaydi. 
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish