Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi Reja



Download 38,52 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi38,52 Kb.
#720815
Bog'liq
Xalikova D Hamrayeva Z

Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi

Reja:

Milliy ta’lim-tarbiyaning istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish imkoniyatlari.

Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari.

Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning rolini oshirish masalalari.

Milliy g‘oya targ‘iboti va tashviqotida madaniy-ma’rifiy muassasalarning o‘rni.

Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Chunki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25- avgustdagi 451-sonli Qarorida ta’kidlanganidek, “Yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni ... qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda”.

Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. Ya’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko‘p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»3. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‘payishi odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma’naviyatining yuksalishiga turtki bo‘lishi shubhasiz. Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, ob’ektiv va foydali ma’lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‘lib boradi.

Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Islom Karimov. (“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan).

Yoshlarni iymon-e’tiqodli, milliy g‘oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o‘z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‘oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya’ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin.

XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.

Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta’lim samaradorligi o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi. Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.

yangi axborot texno­logiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, inter­net resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;

madaniy, ta’lim, axbo­rot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’­lim muassasalari, mahal­liy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madani­yat markazlari bilan ham­korlikni rivojlantirish va hokazolar.

Shuni yana bir bor ta’kidlashni istardimki, jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch – milliy g’oya, milliy manfaatga xizmat qiladigan qadriyatlarni, ilg’or demokratik qoida va tushunchalarni aniq-ravshan tasavvur etish, ularni o’rganish, borini asrab-avaylash, yo’g’ini shakllantirish, boyitish, rivojlantirish, xalqni, avvalo, o’sib kelayotgan yosh avlodimizni ana shu bilim va ko’nikmalar bilan tarbiyalash – ma’naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz bo’lishi lozim. Islom Karimov. (“O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz” asaridan).

milliy ma’naviy-axlo­qiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘li­shini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib be­rish;

E'tiboringiz uchun Raxmat!


Download 38,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish