Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari -sinf



Download 0,93 Mb.
bet22/154
Sana07.08.2021
Hajmi0,93 Mb.
#140703
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Bog'liq
9 sinf mig fanidan yillik dars ishlan

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.


  1. Biz nima uchun istiqlolni eng buyuk ne`mat sifatida qadrlaymiz?

  2. MIG` va MA fani qanday fan u nimani o`rgatadi?

  3. MI G` va MA fani qachon fan sifatida shakllangan?

  4. Bizning maqsadimiz nima?

III. Yangi mavzuning bayoni.

MILLIY G`OYA VA TARAQQIYOT

Aziz o`quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g`oyasi avvalo uning taraqqiyotiga, shu yo`lda butun jamiyat a`zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini safarbar clishga xizmat qiladi. Jumladan, bizning milliy g`oyamizda ham vurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo dish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta`minlash orqali uning rivojini ta`minlash bosh maqsadlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy g`oyamiz tarkibidagi asosiy tushuncha-lardan biri Vatan ravnaqi deb nomlanadi. Vatanning ravnaq topishi uchun esa yurt tinch, xalq farovon bo`lishi lozim. Shu bois yurt linchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilan birga milliy g`oyamizning negizini tashkil etadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma`naviy tomondan yetuk bo`lishi, ular qaysi inillat yoki elatga, siyosiy yoki ijtimoiy guruhga mansub bo`lmasin, barchamiz uchun yagona bo`lgan ona O`zbekistonimiz taraqqiyoti yo`lida birlashishi, hamkor-u hamnafas bo`lib yashashi lozim. Ana shunday intilish hamda qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongida shakllantirish uchun milliy g`oyamiz tarkibida komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillaf ham alohida o`rin tutadi. Bu o`z navbatida milliy g`oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilan uzviy bog`liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratli kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi.

Siz jahondagi rivojlangan davlatlar erishgan taraqqiyot darajasi haqida gap ketganda, «yapon mo`jizasi» yoki «koreys mo`jizasi» degan iboralarni eshitgan bo`lsangiz kerak. Bu xalqlar o`tgan asrda yuz bergan Ikkinchi jahon urushidan keyin nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoladi. Dunyodagi boshqa ba`zi bir davlatlarda bo`lgani kabi, bu mamlakatlarning mo`1-ko`l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslari yo`q edi. Ular faqat milliy g`oyasiga, ma`naviy salohiyati va intellektual imkoniyatlariga tayanib, haqiqiy bunyod­kor millat sifatidagi yaratuvchilik salohiyatini namoyon etib, yuksak taraqqiyotga crishishi mumkin edi. Bu haqiqatni alohida ta`kidlab, Prezidentimiz Islom Karimov bunday yozadi: «Yapon va koreys xalqi asriar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o`ziga xos milliy ma`naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo`jizasi» yoki «koreys mo`jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o`rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma`naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya`ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma`naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan».

Bu so`zlarning har tomonlama to`g`ri ekanini keyingi yillardagi voqealar yana bir bor isbotladi. Masalan, 201___-yilning 11-mart kuni Yaponiyaning Toxoku hududi yaqinida, Tinch okeanida kuchli zilzila ro`y berdi. Buning oqibatida okeanning suvi 10 metrgacha ko`tarilib, shiddatli to`fon - sunami hodisasi sodir bo`ldi va qirg`oqqa yaqin joylashgan aholi punktlarini butunlay vayron qilib ketdi. Ming-minglab odamlar qurbon bo`ldi va boshpanasiz qoldi. Bu ham yetmagandek, zilzila natijasida «Fukusima - 1» atom stansiyasining reaktorlarida portlash yuz berdi. Natijada havoga, okeanga radiatsiya nurlari tarqalib, yon-atrofda yasha-yotgan odamlar, o`simlik va hayvonot dunyosining hayoti jiddiy xavf ostida qoldi. Ana shunday o`ta og`ir falokatlarga qaramasdan, yapon xalqi umidsizlik va sarosimaga tushmadi. Aksincha, bunday qiyin, dahshatli sinov oldida yanada jipslashib, matonat bilan falokat oqibatlariga qarshi kurashdi. Inson organizmini zaharlab, barcha to`qimalarini kuydiradigan o`ta xavfli nur chiqib yotgan lalokat o`chog`ida 200 nafar rau-taxassis kechayu kunduz tinimsiz mehnat qildi. Ular hayoti xavf ostida qolayotgani, ertaga butun­lay nogiron bo`lib qolishi yoki hcvaqt dunyodan ko`z yumishini yaxshi bilsada, xalqi, Vatani uchun ana shunday qahramonlikka ongli ravishda jazm etishadi. Kunning har bir yorug` lahzasidan unumli foydalanish uchun ular hatto tushlik qilishdan ham voz kechishadi. Ularinng 17 nafari og`ir nurlanishga uchrab, kasalxonaga yotqiziladi, ba`zilari kuchli nurlanishdan halok lio`ladi. Lekin falokatning oldini olish borasidagi ishlar bir zum ham to`xtamaydi. Hech shubhasiz, mana shunday tahlikali vaziyatlarda har qanday milliy g`oyaning asosida mujassam bo`lgan ona Vatanga, xalqqa, millatga mehr-muhabbat, fidoiylik tuyg`usi yapon \;ilqiga madad bo`ldi.

Bizning xalqimiz ham olis va yaqin tarixi davomida naqadar og`ir qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan o`tkazganini siz tarix darslari orqali albatta batafsil bilib olasiz. Birgina o`tgan asrning 80-yillarida xalqimizga qarshi amalga oshirilgan, «o`zbeklar ishi» degan g`irt tuhmat va fitnadan iborat qatag`onlarni olaylik. Sobiq inarkazdan kelgan, maqsadi el-yurtimizni kamsitib, uning g`ururi, or-nomusini oyoqosti qilish, boyliklarini talashdan iborat bo`lgan lergovchilar guruhi bir necha yil davomida begunoh odamlarni qamash, ularning oila a`zolarini qiynoqqa solish bilan shug`ullanadi. Milliy tariximizdagi eng kir va qora davr bo`lmish ana shu yillardagi voqealarni o`rgangan jurnalistlar, huquqshunos va siyo-satshunoslarning aytishicha, Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi sobiq Ittifoqning markaziy shaharlaridan kelgan tergovchilar kechalari paxta yetishtirishga aloqasi bo`lgan har qanday oddiy odamning uyiga bostirib borib, ularni qamoqqa olgan, xotinlari, bolachaqalarini ularning ko`z oldida qiynab, o`zlari to`qigan bo`hton gaplaryozilgan qog`ozlarga imzo qo`y-dirib olishga uringan. Ayollar, qizlarning qulog`idagi sirg`asigacha, ro`zg`or buyumlarigacha tortib olishdan hazar qilmagan. Xalqimiz bunday adolatsizlikdan ozor chekib, dardini kimga aytishni bilmasdan, nolayu fig`on qilgan paytlarda uning o`ksik ko`ngliga nima dalda bo`ldi? Avvalo, bu dunyoda adolat va haqiqat borligiga, yorug` kunlar albatta kelishiga bo`lgan ishonch unga dalda bo`ldi. Shuni bilingki, bizning milliy g`oyamiz aynan ana shunday ishonch tuy-g`usi bilan kuchli. Shunday ishonch ne-ne ajdodlarimizga kuch bergan, ularni erkin va ozod kunlar uchun kurashga da`vat etgan.

Hali sobiq sho`ro tuzumi hukmini o`tkazib turgan o`ta murak-kab bir sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovni bunday ulkan jasoratga undagan narsa ham milliy g`oyamizning ma`no-mazmunini tashkil etadigan yurt tinchligini o`ylash, Vatanga muhabbat, xalqimizning sha`ni va g`ururini muqaddas deb bilish, adolatga, haqiqatga sadoqat tuyg`usi edi.

Milliy g`oyamiz bugungi kunda ham bizni katta-katta marralar sari da`vat etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat qurish, O`zbekistonimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib boy olishi uchun qat`iyat bilan oldinga intilish, islohotlarimizni yanada jadallashtirish milliy g`oyamizning ruhi va mazmuniga to`ia mos keladi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan shu yo`nalishda ilgari surilayotgan barcha amaliy tashabbus va xulosalar .ivni vaqtda milliy g`oyamizni yangicha fikr va qarashlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda. Masalan, davlatimiz rahbari tarafidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-oktyabrda bo`lib o`tgan qo`shma majlisida bayon qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish yo`lidagi eng muhim va ustuvor vazifalar asoslab berildi. Bu, o`z navbatida, milliy g`oyamiz zamonaviy taraqqiyot talablari asosida izchil nvojlanib borishimizni taqozo etadigan, hayot tajribalari asosida muttasil takomillashib boradigan tizim ekanidan dalolat beradi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish