Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari -sinf



Download 0,93 Mb.
bet139/154
Sana07.08.2021
Hajmi0,93 Mb.
#140703
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Bog'liq
9 sinf mig fanidan yillik dars ishlan

Buni bilib oling!

Idealizm (yunoncha «idea» - tasavvur, tushuncha) - olam va odamning yaralishi, tabiat va jamiyatning mohiyati hamda rivojida ruhiy, moddiy bo'lmagan omillarni ustuvor deb biluvchi falsafiy qarashlar majmuyi. Idealizm tarixi buyuk yunon faylasufi Aflotun ta'limotidan boshlanadi.

XIX asrda shakllangan marksistik falsafada materiyaning ongga, tabiatning ruhga ta'siri masalasi mutlaqlashtirildi va idealizm bilan materializm o'rtasida metin devor tiklandi. Bu dunyoqarashlar o'rtasidagi munosabat siyosiylashtirilib, materiaLizm ilg'or, taraqqiypar-var kuchlarning, idealizm esa qoloq, reaksion kuchlarning mafkurasi sifatida bir-biriga qarama-qarshi qo'yildi. Holbuki, har ikki qarash ham insoniyatning moddiy va ma'naviy takomilida birdek muhim ahamiyat kasb etganiga tarixdan ko'plab misollar keltirish mumkin.

Prezidentimiz ma'naviy va moddiy hayotning o'zaro chambar-chas bog'liq jihatlarini izohlar ekan, quyidagi muhim mulohazalarni bildiradi:

«Bu ko'hna dunyo, biz yashayotgan hayot yagona, yaxlit bir voqelikdir. Shunday ekan, moddiy ehtiyojlarni insonning ruhiy olamiga qarama-qarshi qo'yish, ularning birini ustun deb bilgan holda, tiriklikning asosiy maqsadi sifatida qabul qilish qandaydir biryoqlama qarash ifodasi, deb aytsak, xato boimaydi».

Albatta, odamlaming turtnush sharoiti o'zgarishi bilan ularning moddiy olam haqidagi tasavvurlari, nuqtayi nazari, tushunchalari, odob va axloq normalari, hatto tafakkur tarzi ham o'zga­rishi mumkin. Ma'naviy sog'lom jamiyatda bunday o'zgarish kishilarning umumiy manfaatlari asosida, turmushni yanada go'zallashtirish va qulaylashtirish maqsadida ro'y beradi. Boshqacha qilib aytganda, insonning normal turmush kechirishi ham moddiy, ham ma'naviy ta'mi-notning bekam-u ko'st bo'lishi, hayotning bu ikki manbasiga e'tibor teng qaratilishi bilan cham-barchas bog'liqdir.

Guvohi bo'layotganingizdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizni ham iqtisodiy, ham madaniy-ma'rifiy jihatdan birdek qudratli davlatga aylantirish yo'lida ulkan sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy imkoniyatlarimizning ortishi xalqimizning to'q va farovon hayot kechirishi, maishiy va madaniy turmush darajasining yuksalishi garovi bo'lyapti. Nafaqat shaharlarimiz, balki qishloqlarimiz, olis aholi punktlarida ham bir-biridan muhtasham maktab va kollejlar, madaniyat dargohlari, shifoxonalar, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish va savdo shoxobchalari qad rostlayotgani, tep-tekis asfalt yo'llar, shinam uy-joylar, bog' va xiyobonlar bunyod etilayotgani mana shu yuksalishning amaldagi tasdig'idir. Ota-onalar oila xarajatlaridan orttirib, farzandlarining ilg'or fan yutuqlarini, zarur kasb-hunarni egallashi, milliy va jahon madaniyatining noyob namunalaridan bahramand bo'lishi uchun mablag' sarflashni ham o'zining tarbiyachilik vazifasi, deb anglamoqdalar. Buning natijasida siz va tengdoshlaringiz, aka va opalaringiz faqat ustining but, qornining to'q bo'lishi to'g'risidagina emas, balki ma'naviy-ma'rifiy ehtiyojlarini ham vaqtida qondirish lozimligi borasida jiddiy o'ylamoqda, izlanmoqda. Davlat mablag'lari evaziga qurib bitkazilgan, ta'lim-tarbiya berish hamda uni o'zlashtirish uchun barcha qulayliklar muhayyo qilingan ma'rifat dargohlarida voyaga yetayotgan O'zbekiston farzandlari xoh ilm-fan yo'nalishida, xoh sport yoki madaniyat sohasida o'tkazilayotgan eng nufuzli xalqaro bellashuvlarda dunyo yoshlari bilan tengma-teng musobaqa qilayotgani, tobora ko'proq sovrinli o'rinlarni zabt etayotgani ham yurtimizda moddiy va ma'naviy hayot sohalarini uzviy rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborning mahsuli sifatida baholanishi lozim.

Siz har kuni ko'rib-bilib turgan bu masalalarga yana alohida e'tiboringizni tortayotganimiz bejiz emas. Gap shundaki, sobiq sho'ro davlatidan ajralib chiqib, mustaqil hayot kechira boshlagan ayrim mamlakatlarda, qolaversa, dunyoning ba'zi boshqa davlat­larida ham go'yo hammaga tushunarlidek bo'lib tuyuladigan bu masalalarga yetarlicha e'tibor berilmasligi natijasida ko'pdan ko'p fojiali hodisalar, jamiyat hayotiga raxna soluvchi xunuk ishlar muntazam sodir bo'lyapti. Ayrim G'arb mamlakatlarida, hatto yon-atrofimizdagi ba'zi musulmon davlatlarida ham faqat siyosiy va iqtisodiy muammolarga ustuvor masala sifatida qaralib, yoshlar tarbiyasining zamon oqimiga tashlab qo'yilgani juda ko'plab noxush holatlarning kelib chiqishiga olib keldi. Yoshlar o'rtasida millatchilik, irqchilik, diniy aqidaparastlik, axloqiy buzuqlik, giyohvandlik, e'tiqodsizlik singari xavfli illatlar tomir otib ketdi. Natijada, ayrim yurtlardan olinayotgan kundalik xabarlarda davlat yoki fuqarolar mol-mulkini talash, mashina o'g'riligi, banklarni o'marish jarayonida ko'plab odamlaming, hatto shu hodisaga beixtiyor guvoh bo'lib qolgan kishilarning ham hech ikkilanmay o'ldirib ketilayotgani, bunda na bolalarga va na keksalarga shafqat qilinayotgani aytilmoqda. Yoki o'zini demokratiyaning targ'ibotchisi, inson huquq va erkinliklarini ta'minlab qo'ygan ilg'or va boy jamiyat deb biladigan ayrim mamlakatlarda nafaqat xorij fuqarolari, balki shu davlat fuqarolari ham bor-yo'g'i tanasining rangi, tili yoki dini boshqabo'lgani tufayligina quvg'in qilinayotgani, kamsitilayotgani, hatto vahshiylarcha kaltaklanayotgani ham moddiy jihatdan ta'minlanishning o'zi jamiyat barqarorligiga aslo kafolat bo'la olmasligini yaqqol ko'rsatyapti. O'tgan avlodlarning ma'naviy-ruhiy qadriyatlariga bepisandlik, «ommaviy madaniyat» nomi ostidagi madaniyatsizlik, insoniy odob-axloqning har qanday me'yor va chegaralarini seskanmay toptash o'sha yerlik ayrim yoshlarning kundalik turmush tarziga aylanib bormoqda.

Afsuski, ommaviy axborot vositalari - xalqaro Internet tarmog'i, televideniya va radioeshittirishlar orqali olib borilayotgan axborot xuruji vositasida bu tizginsiz turmush tarzi bizning hayotimizga ham kirib kelishga urinyapti. Ayniqsa, hali oq-qoraning farqiga yaxshi bormaydigan ayrim yoshlarimiz bu hujumlaming qurboniga aylanib qolishi xavfi bor. Shunday ekan, sizning dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga o'tkinchi, bizga aloqasiz narsa sifatida shunchaki qaramay, balki ularning kelib chiqish sabablari, tub ildizlariga nazar solib xulosa chiqarishga urinishingiz nihoyatda muhimdir. Bu masalaga doimiy e'tibor bilan qarayotgan O'zbekiston Prezidenti ta'kidlaganidek:


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish