1.2. Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash omillari.
Milliy g`oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo`nalishlar haqida gapirganda, hech shubhasiz, biz Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o`zimizga tasavvur qilamiz.
O`z kindik qoni to`kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g`urur va iftixori yuksak bo`ladi.7
Mana shunday masalalardan birini milliy istiqlol g`oyasining tarixiy ildizlarini yoshlarga, ayniqsa o`quvchilarga to`g`ri tushuntirish tashkil qiladi. Chunki har qanday g`oya, mafkura o`z-o`zidan vujudga kelmaydi. Ularning ma`lum manbalari, negizlari, ildizlari bo`lishi mumkin. Milliy istiqlol g`oyasining tarixiy ildizlari masalasi to`g`risida professorlar B. To`rayev va J.Ramatovlar shunday fikr bildirgan: «Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari-xalqimizning moziy sinovlaridan o`tib kelayotgan boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an`analari, qo`shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma`naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo`ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan».8
Oliy o`quv yurtlari uchun «Milliy istiqlol g`oyasi» darsligida esa: «O`zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an`analari, madaniyati bilan bog`liq milliy-madaniy merosi bo`lib, bu uning asosi, bosh negizi, tayanchi xisoblanadi».9 deyilgan.
Bizning fikrimizcha Milliy istiqlol g`oyasining tarixiy negizlari quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1. Haqqoniy yozilgan tarix; 2. Xalq og`zaki ijodi; 3. Yozma manbalar; 4. Qadimgi obidalar, osori atiqalar: 5. Xalqning tarixiy xotirasi; 6. San`at va adabiyot durdonalari; 7. Milliy qahramonlar hayoti, faoliyati va merosi; 8. Milliy davlatchilik an`analari; 9. Buyuk mutafakkirlarning merosi va boshqalar. Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy g`oyani o`quvchilar ongiga singdirishda ushbu tarixiy negizlarni asos qilib olish lozim. Shu nuqtai nazardan biz boshlang`ich sinf darsliklarini tahlil qilishga harakat qildik:
1-jadval
Boshlang`ich sinf darsliklarida milliy g`oyaga oid materiallarning mavjudlik darajasi: (% hisobida)
Darsliklar nomi
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
4-sinf
|
O`qish kitobi
|
64
|
59
|
60
|
61
|
Odobnoma
|
63
|
62
|
65
|
72
|
Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashda darsdan tashqari tadbirlarning o`rni katta. Shuning uchun o`qituvchilar darsdan tashqari mashg`ulotlar mavzulari buyicha kecha va uyinlarning ssenariyalari ishlab chiqishlari va o`quvchilar bilan o`tkazishlari lozim.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining faoliyatlarini tashkil qilishga yu-naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati, o`quvchi kundalik hayotining namoyon bo`lishidir. O`quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishti-rok etadi, turli mazmundagi suxbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kecha-larni tashkil kilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qola-versa bular, orkali ma`naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o`quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini o`stirish maqsadida tashkil qilinadi. Har kanday sinfdan tashqari mashg`ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalarni qo`yadi. Ularning har biri o`zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarni quyidagicha izohladik:
а) boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlar muxim sanalarga, yurtimizda nishonlanadigan bayramlarga bag`ishlanadi va o`tkaziladi;
b) boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`tkaziladigan sinfdan tashqari tarbiya-viy tadbirlarning senariysi bir-biridan farq qilish lozim. Aks hollarda o`quvchilarda zerikishni kuzatish mumkin;
v) har qanday tarbiyaviy tadbir qiziqish, ehtiyoj, o`quvchilarning faolligini oshirish maqsadida tashkil qilinadi;
g) ular doimiy izchillikda o`tkazib boriladi.
Milliy milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashda tarbiyaviy tadbir uchun material tanlashda kuyidagilarga amal kilishni lozim deb topdik:
tarbiyalashga xizmat qilmog`i lozimligi;
tarbiyaviy tadbir mavzusi o`quvchining yoshi, ruxiy xolatiga mosligi inobatga olishi;
har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi;
tarbiyaviy tadbir boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqod ruhid tadbirlarni rejali va maqsadga yunaltirilgan holda puxta tashkil hilish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilari, jamoatchilik, uyushqoqlik, ijodkorlik, o`zaro yordam kabi axloqiy sifatlarni yuzaga kelashiga erishish.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usuli quyidagi bosvichlarga tayanadi:
Tadbirni rejalashtirish;
Tadbir yuzasidan o`quvchilarga tushuncha berish;
Tadbirni tashkil kilish jarayonida sinf o`quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta`minlash;
O`quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taksimlash;
Tadbirni amalga oshirish va uning bajaralishi yakunini baholash.
Bosqichlarning har biri o`qituvchi tomonidan oldindan chuqur o`rganilgan bo`lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun yordam beradigan quyidagi metodik tavsiyalarni bayon etishni lozim topdik:
1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining sinfdan tashqari tadbirlariga rahbarlik kilishda, avvalo milliy qadriyatlarga, ularning ahamiyatiga, ijtimoiy xarakteriga e`tibor berish kerak (masalan, A.Navoiy, A.Temur, Bobur yoki milliy bayramlar “Navruz”, “Mustaqillik kuni”, “Bilimlar kuni”, va shu kabilar);
2. Yaxshi ishtirok etgan o`quvchilarni, sinfni maktab jamoasi oldida moddiy va ma`naviy jihatdan rag`batlantirish;
3. Darsdan tashqari tadbirlar orkali o`quvchi shaxsidagi axloqiy sifatlarni rivojlantirish yullarini izlash;
4. Sinfdan tashqari mag`ulotlarga rahbarlik qilishda milliy qadriyatlar ta`siri vositasida ba`zi o`quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni bartaraf qilib borish;
5. Boshlang`ich sinf o`quvchilari bunday tadbirlarda zo`r ishtiyoq bilan qatnashadilar. Ba`zan hamma o`quvchilar xam birdek talabga javob bera olmaydilar, shu sababdan ularning ishtirokiga asta-sekinlik bilan erishish.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi eng avvalo, tashkil kilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chukur urganishi, uning natijalariga jiddiy e`tibor berishi va bu bilan o`quvchi shaxsiga ijobiy ta`sir etishga intilmog`i, Vatanga e`tiqod, milliy gurur, Vatan ravnaqi uchun xizmat kilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yullarini izlamog`i lozim.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish, o`quvchilarni milliy qadriyatlar bilan chukurrok tanishtirish, ularning darsda olgan bilimlarini amalda isbotlash maqsadida turli ertaliklarni, kechalarni, bellashuvlarni o`tkazishni maqsadga muvofik deb bildik. Buning uchun, avvalo milliy qadriyatlarimizni, bayramu-sayillarimiz va urfodatlarimiz xaqida bolalarda tushuncha hosil qilishimiz, Vatan haqidagi she`rlarni yod olishni, o`quvchilarning o`zlari chizgan Vatan manzarasi tasvirlangan suratlar namoyishini tashkil qilish, milliy urf-odatlarimiz aks etgan ko`rinishlarni tayyorlash bilan ertaliklarga tayyorgarlik ko`riladi.
Milliy bayramlarimizni boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan birgalikda nishonlash, avvalo o`quvchilarda ona-Vatanga, tabiat va jonzotlarga nisbatan mexr-muxabbat, gurur va iftixor xissini tarbiyalaydi. Bu kabi ishlarning natijasida boshlang`ich sinf o`quvchilarining lug`at boyligi oshadi, dunyoqarashi kengayadi, asosiysi darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, xotirasida uzoq vaqt saqlab qoladi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, o`quvchilarni birdamlikka, jamoa bo`lib ishlashga o`rgatadi.
Shu boisdan boshlang`ich sinf o`quvchilarda sinfdan tashqari mag`ulotlarda milliy qadriyatlarimiz namunalarini o`rganish yuzasidan ertaliklar o`tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ertaliklar bolalar uchun juda qiziqarli, tarbiyaviy va axloqiy jihatdan ahamiyatga ega bo`lgan tarbiya vositalaridan biridir. Ertaliklarda deyarli barcha sinf o`quvchilari ishtirok etadilar. Ularga tayyogarlik ko`rishning uziyoq bolalarda qiziqishni uygotadi. Bolalar ertalik munosabati bilan she`r, qo`shiqlar yodlashi, raqs tushishi va albatta milliy qadriyatlarimiz namunalari bilan tanishishi har tomonlama foydalidir.
Biz kuzatishlar olib borayotgan maktablarning aksariyat qismida ertaliklarni o`tkazishga kam e`tibor beriladi, ba`zi sinflarda umuman o`tkazilmaydi. Bu sohadagi talab va istaklarni o`rganib chiqib, boshlang`ich sinf o`quvchilarida bir-necha bor ertaliklar uyushtirdik.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar kulamini kengaytirish maqsadida boshlang`ich sinf o`quvchilarining 4-sinflari o`rtasida savol-javob kechalarini o`tkazishga qaror qildik. Aynan 4-sinf o`quvchilarini tanlaganimizdan maqsad, ular bu borada anchagina bilim va ko`nikmaga egalar. Ayniksa, ular o`z sinfi «sha`nini» himoya qiladigan darajaga yetganlar. Ta`lim-tarbiya jarayonida bunday tadbirlarning o`tkazilishi alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, bolalarning bekorchi vaqtlari chegaralanadi, shahar maktablarida ta`lim olayotgan bolalarning tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ikkinchidan, bolalar dars davomida olgan bilimlarini mustaxkamlaydilar. Uchinchidan esa, uyushqoqlikka, bilim olishga xavaslari yanada ortadi. Ana shunday bellashuvlardan biri «Mening ona - Vatanim» nomli mavzuda o`tkazdik. Avvalo sinf o`quvchilarini ikki guruxga ajratib, ular urtasida, keyinchalik, sinflar o`rtasida savol-javob kechalarini o`tkazishga qaror qildik. Bu tadbirni tayyorlash uchun kamida bir oy talab qilinadi. Har ikkala tomon kecha o`tkaziladigan kunni belgilab olgach, boshlang`ich sinf o`qituvchilari, maktab direktor va yordamchilari bilan birgalikda kechaning shartlarini belgilab olinadi. Biz ushbu kechani o`tkazishda quyidagicha shartlarni taklif kilamiz:
Sinflarning o`zaro tabrigi. (tabriklar Vatan mavzusi asosida tuziladi);
Ifodali o`kish. (Vatan xaqidagi shoirlarning she`rlarini ifodali o`qib berish, har bir sinfdan bitta bola o`qiydi. SHe`rda albatta vatanga e`tiqod tuyhusi ifodalanishi kerak);
Yosh rassomlar ko`rigi. (ma`lum vakt davomida har bir sinfning bittadan yosh rassomi Vatan manzarasi aks etgan suratni chizib berishlari shart);
Guruh ishtirokchilarining o`zaro maqollarning aytishuvi (bellashuv Vatan mavzusidagi maqollardan iborat bo`lishi lozim. Bu bellashuvda guruhning barcha ishtirokchilari qatnashadalar);
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarmiz ask etgan ko`rinish (tanlangan mavzu Vatanga, milliy qadriyatlarga nisbatan hurmatni, e`tiqodni tarbiyalashga qaratilgan bo`lishi shart. Ko`rinish davomida uzbek xalq laparlaridan, allalaridan, yor-yorlaridan foydalanish inobatga olinadi);
5 minut ichida 15 ta savolga javob qaytarish. (savollar O`zbekiston, uning tarixi, boyliklari, tabiati to`g`risida bo`lishi shart) ya`ni: quyidagi savollar bilan murojaat etildi:
- O`zbekistonning poytaxti qayer?
- O`zbekistonda nechta viloyat bor?
- O`zbekiston madhiyasi kachon va kim tomonidan yozilgan?
- O`zbekiston madhiyasi musiqasini kim bastalagan?
- O`zbekiston bayrog`ida nimalar tasviri va qanday ranglar mavjud?
- O`zbekiston gerbida nimalar tasviri tushirilgan?
- Amir Temur kim bo`lgan?
- Bulbul chamanni sevar,
Maqolining davomini ayting ?
- Alisher Navoiy qachon va kayerda tavallud topgan?
- Shiroq kim bo`lgan?
- Navro`z bayrami qachon nishonlanadi?
- Qarshi shahridagi tarixiy obidalarni ayting?
- Nega ona – vatan deyiladi?
- Jaloliddin Manguberdi kim ?
- “Kamalak” bolalar tashkilotining vazifalarini ayting ?
Guruhlarning erkin sharti.
Bellashuv biz kutgandan ko`ra qiziqarliroq o`tdi. O`quvchilar qo`llaridan kelganicha sinflarining g`alabasi uchun kurash olib bordilar. Ular bellashuv bahonasida ko`plab Vatan, vatanparvarlik to`g`risidagi she`r va maqollarni yod olishgan. Xalq og`zaki ijodi namunalariga murojaat qilishgan. Bu kabi bellashuv orqali o`quvchilar dars jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash bilan birga, yuqorida aytganlarimizdan tashqari o`zlariga nisbatan sinfi oldidagi ma`suliyatni his qiladilar.
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, shartlar guruh a`zolaridan astoydil tayrgarlik ko`rishni, Vatanimiz xaqida to`la ma`lumotga ega bo`lishni, savollarga javob berish uchun esa darslik va ko`llanmalarga murojaat qilishni, vatanga nisbatan e`tiqodni, mehr-muhabbatni namoyon qilishlarini talab qiladi.
Bu kabi tadbirlarni o`tkazish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchi-larida ijobiy xislatlarning namoyon bulishini kuzatishimiz mumkin. Vatan, Vatanga e`tiqod xaqidagi tushunchalarining yanada boyiganligining guvohi bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |