«Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash». Mundarija


Istiqlol mafkurasining asosiy vazifalari



Download 265,5 Kb.
bet17/28
Sana24.08.2021
Hajmi265,5 Kb.
#155287
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash

Istiqlol mafkurasining asosiy vazifalari.

Istiqlol mafkurasining vazifalari uning o`z oldiga qo`ygan bosh maqsadidan kelib chiqadi. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo`llari aniqlanadi.

Shu ma`noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish–milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk ne`mat ya`ni o`z taqdiringni o`zing belgilash, o`z yurtingga o`zing egalik qilish, ajdodlar an`anasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o`zingga munosib o`rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo`lgan intilishini bugar edi, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo`r berar edi. U mohiyatan g`ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. Shu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni chuqurroq o`rganish, undan saboq olishga alohida e`tibor berilishi bejiz emas edi. Chunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xurliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo`lidagi ulug` ajdodlarimiz jasoratidan vokif bo`lmo zarur. Zero, «Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo`lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug`ilgan».

Milliy istiqlol mafkurasi o`zining tub mohiyatiga ko`ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mustahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, xalq farovonligini ta`minlashni ko`zda tutadi. Bunday ulug`vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun mas`ullikni his qilishni talab etadi. Erkinlik bo`lmagan joyda mas`uliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqillik xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini hatto tasavvur ham etib bo`lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jamiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlantiradi.

Istiqlol mafkurasi kishilar ongiga singdirilishi bilan ularda Vatan taqdiri uchun mas`ullik, yagona Vatan tuyg`usi shakllanadi. Chunki shaxsiy g`oya va manfaatlar shaxs faolligini kuchaytiruvchi omil bo`lsa, istiqlol mafkurasi o`zida butun bir xalqning hayotiy manfaat va intilishlarini aks ettiradi. «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tugiladi. YA`ni inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo`lsa, tugilib o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi».6

Istiqlol mafkurasi jamiyatimizda ilg`or g`oyalar ustuvorlik qiladigan sog`lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar rang-barangligi (plyuralizm) ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo`llari mavjud bo`lib, u turli g`oyalarda o`z ifodasini topadi. G`oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo`ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida kad ko`taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intelektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insoniyat ma`naviyatining ustuvor yo`nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko`proq ilmiy-nazariy asosga ega bo`lgan ilg`or g`oyalar ustunlik qiladi.

Mamlakatimizning ko`pmillatli xalqi ongida «O`zbekiston – yagona Vatan» degan tushunchani qaror toptirish – istiqlol mafkurasining muhim vazifalaridan biridir. Bunda «Yagona Vatan» g`oyasi o`zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur yetkazadigan mahalliychilik, oshna-og`aynigarchilik illatlarini tag-tomiri bilan yo`qotishda, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xal va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg`usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy istiqlol mafkurasi donishmand xalqimizning «kuch – birlikda», «birlashgan o`zar, birlashmagan to`zar» singari maqol va hikmatli so`zlarining mohiyat va mazmunini teranroq anglash, kishilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, qonunni hurmat qilish, el-yurt xizmati uchun doimo shay turish, iymon-e`tiqodli, insof-diyonatli, saxiy va halol bo`lish kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalaydi. Vatanning sajdagoh singari muqaddasligini teran anglash, fidokorona mehnati bilan rizq-ro`z bunyodkori bo`lgan zaxmatkash xalqka, ona-zaminga, tarix va madaniy merosga, ajdodlarimiz merosiga hurmat hissini tarbiyalaydi.

Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun fidoyilik iymon-e`tiqodli ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir. Chet el bosqinchilariga qarshi sabot-matonat bilan kurashgan Shiroq, To`maris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari ulug` sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g`ururlanish tuyg`usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag`onlarining qurboni bo`lgan Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalarning jasorati el-yurtimiz mustaqilligi, ozodligi yo`lidagi fidoyilikning yorkin namunasidir. Xalqimiz ongiga iymon-e`tiqod, halollik, insof-diyonat, mehnatsevarlik, saxiylik fazilatlarini singdirish milliy istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir.



Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish