3.3-chizma
Hozirgi zamonda inson qalbi va
ongi uchun kurash
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi
|
|
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi
|
|
|
|
Geopolitik maqsadlar va
mafkuraviy siyosat
|
|
O‘rta Osiyo mintaqasidagi
mafkuraviy jarayonlar
|
Jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan
bo‘lib olishga urinishlar
Buyuk davlatchilik geomonizmi asosida
Diniy mansublik asosida
Etnik birlik asosida
Sobiq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birlik asosida
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‘zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy imperiyalardir. Bu imperiyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da bo‘ysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik bir-birini to‘ldiradi, bular o‘z davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum o‘rnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatgo‘y qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, o‘z ta'sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik tug‘dirishda, xalqaro-huquqiy me'yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni to‘sishda, yangi mustamlakachilikni zo‘rlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida shovinizmga «Shovinizm ba'zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashida namoyon bo‘ladi» deb ta'rif bergan (Karimov I.A. Asarlar. T.6. 65-bet). Bunday davlatlarga ko‘proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki beqaror davlatlar nishon bo‘ladi.
O‘zbekistonni, avvalo Rossiya imperiyasi, keyin sovet imperiyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kelib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqin-larning 2 tasi haqida «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» asarida fikr yuritilgan:
1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - deyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, o‘z metropoliyasidan zarur rag‘batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an'analar va asoslarni yo‘q qilmagan va buzmagan holda o‘lkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag‘batlantirgan edi, deb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada o‘tkazilgan bolshevikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chegaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini keskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan keyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni o‘ynash uchun juda mos keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar.
2) Boshqa fikrga ko‘ra, mintaqadagi muammolarni o‘lkaning mustam-laka o‘tmishi keltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari o‘lkani o‘z tarixiy va milliy negizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlat-larga ergashgan, ular bilan yaqinroq integratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, deb hisoblaydilar.
Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agressiv millatchilikning hurujlari tufayli kelib chiqqan.
Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo respublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy materiallar yaqqol misol bo‘la oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nezavisimaya gazeta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovet respublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini berishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni to‘g‘rilash haqidagi imperiyachilik da'volari bilan chiqqan edi.
Maqolada go‘yo Rossiyaga «Janub tahdidi» deb atalgan tahdid vujudga keldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdo‘stlik blokini parchalab yuborishi zarur, degan agressiv takliflar ilgari suriladi.
Prezident Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nezavisimaya gazeta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi» deb nomlanib, mazkur intervyuda bunday holatlarga o‘z vaqtida javob berib, Ukrainadagi «Zarg‘aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqyea-larni», O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar bilan chuqur tahlil qilib berdi.16
Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g‘oyalari mazmunan o‘sha-o‘sha bo‘lsada, unga endilikda o‘ta zamonaviy shakl berilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tevaragida kuchli jo‘g‘rofiy - siyosiy maydon yaratish, «Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib qo‘yish va boshqa sohalarda ko‘rinmoqda.
Mustaqil O‘zbekiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tug‘dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyidagilardan iborat:
1) Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kelti-rib chiqarish.
2) Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‘yobga chiqarishga qarshilik ko‘rsatish.
3) O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ular-ni teng huquqli bo‘lmagan sharoitga solib qo‘yishga urinish.
4) Mamlakatimiz aholisiga elektron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilish.
5) Millatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.
6) Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‘rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.
2. Panislomizm - X1X asr oxirida O‘rta Sharqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg‘oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish zarurligi g‘oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.
XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini o‘z qo‘l ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda O‘zbekis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish bo‘ldi.
«Panislomizm» g‘oyasida hozirgi kunda turli xristian konfessiyalari ham targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bo‘lgan.
3. Panturkizm - bolshevizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «Yosh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ‘ibot quroli vazifasini o‘tadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni o‘ynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston o‘lkalariga 1912 yilarda kirib keldi. Bolshevizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «Sho‘roga qarshi» sifatida bosh liderlarini qirib tashladi.
Panturkistlar - oq va qizil imperiya istibdodiga, adolatsizlik va tengsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yo‘lida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxo‘rlik, hunrezlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.17
1) Rossiyada bolsheviklar tomonidan «mushtumzo‘r - pomeshnik» hisoblangan Kondratev guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kelgan.
2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Alievchilik» qaror topgan edi.
3) Qirimda «Ibrahimovchilik».
4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».
5) O‘zbekistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat ko‘rsatgan.
4. Pansovetizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansove-tizm bilan o‘ziga xos tarzda qo‘shilib ketgan. Pansovetizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kelgan muayyan yaqinlik, o‘xshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog‘liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.
Ammo, Prezidentimiz o‘rinli ta'kidlaganidek, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-ko‘zini aylantirib, o‘z umrini yashab bo‘lgan g‘oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yo‘l bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir so‘z bilan aytganda, milliy o‘zligimizni yo‘qotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |