4. Milliy g‘oyaga ishonch va e'tiqod ijtimoiy faoliyat mezoni
Milliy g‘oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1. Oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‘ladi.
2. Mahalla muhim ijtimoiy institut hisoblanadi.
3. Mehnat jamoalari, ta'lim-tarbiya tizimi muhim rol o‘ynaydi.
Milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirishni takomil-lashtirishning umumiy qonuniyatlari, talablari quyidagilardan iborat:
-
Milliy va umuminsoniy manfaatlar birligi.
-
Ijtimoiy faoliyat erkinliklarining ustuvorligi.
-
Umuminsoniyat ma'naviy merosiga tayanib, milliy-ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirish.
-
Madaniy sohani erkinlashtirish.
-
Foyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlarini hisobga olish.
-
Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish.
Ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish jarayoni davlat tizimidagi «qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‘zaro muvozanati va mutano-sibligini ta'minlash bilan bog‘liq (Karimov I.A. Asarlar. T.10. 322-bet).
O‘zbekistonda milliy g‘oyani xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish jarayonlarida davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarda ko‘rinadi:
1) Ma'naviy-madaniy hayotni, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tash-killashtirish, boshqarish va nazorat qilishning siyosiy institutlari tizimi-ni, mukammal mexanizmlarini, vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda.
2) Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarning takomillashtirilishi, milliy g‘oyani rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgi-laydigan mezonlardan biridir.
3) Davlatning xalqaro ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosa-batlarni erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga mos kelmoqda.
4) Foyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi va demokratik rivojlanishini ta'minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos bo‘lmoqda.
Umuman, g‘oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror topishi:
- ziddiyatga olib keluvchi inqilobiy o‘zgarishlardan, siyosiy qarash-lardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari ustu-vorligini e'tirof qilish orqali;
- g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratlashtirish, bu sohada inson huquq va erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni, xalqaro huquq me'yorlariga qat'iy rioya etish tufayli;
- millatlararo ma'naviy-madaniy, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi, madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruh va millatlarning mas'uliyat va imkoniyatlari tengligini ta'minlash natijasida;
- g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil g‘oyalarning mavqyelarini e'tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |