To‘rtinchidan, bugun bizning tarixiy o‘zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. O‘tish davrida o‘ziga xos murakkab g‘ov va to‘siqlarga duch kelish tabiiy jarayon. Demak, milliy g‘oya mustaqillikni mustahkamlash g‘oyasining o‘zagi bo‘lgan - tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘g‘ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga ishontirish orqali bunyodkorlik ishlariga xalqni safarbar etish uchun xizmat qiladi.
Mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash, himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu boisdan ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarini ma'naviy jihatdan ta'minlash, bugungi kunda mamlakatimiz uchun o‘ta dolzarb masaladir. Prezident Islom Karimov «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» ma'ruzasida ta'kidlaganidek, «mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo‘lib qolaveradi».
Ana shu asosiy maqsadlardan tashqari, milliy istiqlol mafkura-sining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o‘ziga xos maqsad va vazifalari ham bor. Bularni Prezidentimiz Islom Karimov ko‘rsatib bergan va ular quyidagilardan iborat:
-
«Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish;
-
mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat'iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun mas'uliyat sezib yashashga chorlash;
-
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analari-mizga munosib bo‘lishga erishish;
-
yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da'vat etish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 222-bet).
Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
-
Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to‘la ozod bo‘lishi lozim.
-
Jamiyatda sog‘lom ma'naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
-
Millatning o‘zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni kamol toptirish.
-
Imon-e'tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish.
-
Mamlakat ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.
-
Milliy istiqlol g‘oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.
-
Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo‘lishi, yot va zararli g‘oyalarning hurujiga o‘z vaqtida javob berishi kerak.
-
Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma'naviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish zarur.
-
Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g‘oyaviy himoya vositasi hamdir.
Umuman, milliy istiqlol mafkurasining barcha vazifalari yagona maqsadga - Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan barpo etish, erkin va farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Mafkuraning asosiy maqsadi ushbu yo‘lda xalqimizni jipslashtirish, kishilar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik xissini tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimizda begona va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi41.
Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari - xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, qo‘shiqlari, bayram va marosim-laridagi ozodlik, erkinlik uchun ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma'naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi.
U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida insonning ulug‘ligi va mo‘tabarligi g‘oyasi yotadi. Chunki mamlakatning hayoti, farovonligi mehnatkash insonlarning faoliyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |