Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 0,71 Mb.
bet175/190
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#75
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   190
Andisha. Andisha – bu oqibatini o‘ylab yoki yuz-xotir qilib yuritilgan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir. Andishali odam deganda, oqibatini o‘ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, or-nomusli, sharm-hayoli, iboli insonni tushunamiz. Odatda andishali odam betgachoparlik qilmaydi, farosat bilan ish tutadi.

Nomus. Nomus – bu iffat, bokiralik ma'nolaridan tashqari kishining o‘z mavqyeini saqlash, ulug‘lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg‘ularini, oila va ajdodlar sha'niga dog‘ tushirmaslik ma'nosini ham ifodalaydi. Odatda, nomusli odam ma'naviy qadriyatni moddiy boylikka alishishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Qonun taqiqlay olmagan narsalarni goho nomus taqiqlay oladi, degan naql ham bor xalqimizda.

Vijdon. Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe'l-atvori uchun oila, jamoat, jamiyat va Vatan, millat oldida ma'naviy ma'suliyatni his etishdir.

Vijdon tug‘ma hislat deyuvchilar ham bor. Vijdon – kishilarning yashab turgan sharoitga, olgan ta-lim-tarbiyasiga bog‘liq, deb hisoblovchilar ham mavjud. Vijdon ko‘p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag‘al bzlishlikka, oddiylik yoki mashhurlik bilangina bog‘liq emas.



Insof. Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda hallollik, to‘g‘rilik, barobarlik, tenglik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. O‘zgani o‘z o‘rniga va shuningdek, o‘z o‘rniga o‘zgani xayolan qo‘yib ko‘rish ham insofga kiradi. To‘q ochni, boy kambag‘alni, baxtli baxtsizni, tolei baland zabunni, omadli omadsizni, sog‘lom bemorni o‘z o‘rniga qo‘yib ko‘rolsa, va aksincha, ham xuddi shunday bo‘lsa, insoflilar safi kengayib boradi.

Insof tushunchasi Sharq falsafasida shunday talqin etiladi. Insof – bu kishining ijtimoiy axloq me'yori nuqtai nazaridan o‘z hulq-odobini tartibga solish va axloqiy baholashidir. Insof vijdonli odamning yoki ma'lum jamoatning jamiyatga yoki boshqa kishilarga nisbatan o‘z xulq-atvori uchun ma'naviy javobgarlik hissidir. Agar kishi biror ishni to‘g‘ri bajarsa, unda ichki qoniqish paydo bo‘ladi, vijdon pok bo‘ladi, atayin noto‘g‘ri bajarsa, insofdan chiqqan bo‘ladi. Insof kishini biror ishni qilishga undasa yoki qilishdan tortsa, bunda u qalb amri tarzida bo‘ladi.

Xullas, insof kishining jamiyat oldida, tevarak-atrofdagi kishilar oldida o‘z xatti-harakati bilan ma'naviy ma'suliyatni his etishning ifodasidir.

G‘urur. Ona tilimiz asrlar bo‘yi xalqimiz tomonidan zargarona sayqal berilib, shunday mukammal qilib yaratilganki, u orqali har qanday ma'no va tushunchalarni, ularning eng nozik va harir jihatlarigacha aniq va tiniq ifodalash mumkin. Ya'ni necha ming yillar davomida xalqimiz ongi to‘lishib boravergan, unda hosil bo‘lgan tushunchalarni o‘z tub so‘zlarimizbilan ham, o‘rnida jahon tallariga oid so‘zlar bilan ham, yangi-yangi so‘zlar yaratish vositasi bilan ham ifodalangan.

Shu tariqa til bisoti boyib kelgan. Tilimizdagi g‘urur, faxr va iftixor so‘zlarini olib ko‘raylik. Bular bir-biriga yaqin ma'nolarni anglatsa-da, ayni bir paytda, bir-biridan muayyan darajada farqlanuvchi tushunchalarni ham bildiradi.



Shaxs g‘ururi – bu faxrdir. Har bir shaxs o‘zining yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi. Ota-ona qobil farzandlaridan, ustoz iste'dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‘bon so‘lim bog‘idan, millat o‘z merosi, ist'edodli farzandlari bilan faxrlanadi va hokozo.

Inson o‘z kuchiga ishongan va bu bilan faxrlana olgan taqdiridagina biror narsaga erisha oladi. O‘z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, yanada sabotli qiladi. Kishi uchun o‘z qobiliyatidan ortiq darajada g‘ururlanishi ham, o‘z-o‘zini yerga urishi ham yaramaydi. O‘z-o‘zligicha qola bilgan odamning g‘ururi bus-butindir.

O‘ziga ortiqcha bino qo‘ymoq, gerdaymoq, kekkaymoq, dimog‘dorlik – bular takabburlik kiradi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish