Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiy muvozanat- iqtisodiy arayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelishi holati.
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdori teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - jamiyat ehtiyojlari bilan mavjud iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish hajmining o’zaro mos kelishi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulo hajmidan kam bo’lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.
Multirlikator samarasi – bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishlarning yalpi sarflardagi o’zgarishlardagi nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik –iqtisodiyotning turli tomonlari va sahalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarining mos kelishlik darajasi.