Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda quyidagicha belgilangan:
Bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib berish.
Mulk daxlsizligini ta’minlash.
Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish.
Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash.
Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish, ustuvor yo’nalishlarni belgilash.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan ta’minlash, inflyatsiya jarayonlarini nazorat qilish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’tish davrining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli chora-tadbirlar, xususan aholining ma’lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini ta’minlash.
Respublika aholisining tarkibiy o’sish sur’atlari va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish joylarini tashkil etish, aholini ish bilan ta’minlash, mehnat birjalari va mehnat bozorlarini tashkil etish. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
Iste’mol bozorining himoyasini tashkil etish.
Milliy pul birligi kursining qat’iyligini ta’minlash va hokazolar.
Bozor iqtisodiyotiga og’ishmay borishni ta’minlash uchun birinchi navbatda ana shu qayd etilgan ishlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Shu bilan birga mahalliy xususiyatlarni hisobga olish, oldingi markazlashgan davlat boshqaruv tizimining ham maqsadga muvofiq jihatlarini saqlab qolish kerak.
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy jixatdan o’n ikkita viloyat va Qoraqolpog’iston Respublikasini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, viloyatlar yana tumanlarga bo’linadi. Ushbu mintaqalarning boshqaruv organlari va ularning xuquqiy, mulk chegaralariga o’zgartirishlar kiritildi. Mahalliy ahamiyatga molik bo’lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman, viloyat deputatlari, ularning kengashlari zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi organ – viloyat va tuman hokimiyat organlari tuzilgan. Hokimlar respublika Prezidentining joylardagi vakili bo’lib, ular Prezident tomonidan tavsiya etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan birga ular mahalliy kengash raislari etib saylanadi.12Mahalliy hokimiyatning mulk huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib, ularning shakllanish manbalari ham aniq ko’rsatilgan. Munitsipial mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy sanoat, tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to’liq mahalliy hokimiyatlar tasarrufida bo’ladi. Mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyotning boshqaruv bo’g’inlari yuqorida sanab o’tilgan respublika organlarining bo’limlari hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |