jadval
O`zbekistonda davlat va nodavlat sektorlarining nisbati
(2002 yil, foiz hisobida).
|
Davlat mulki
|
Nodavlat
mulki
|
Yalpi ichki mahsulot
|
26,7
|
73,3
|
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish
|
28,6
|
71,4
|
Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti
|
0,9
|
99,1
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar
|
40,9
|
59,1
|
Chakana tovar aylanmasi
|
2,4
|
97,6
|
Pullik xizmatlar
|
23,4
|
76,6
|
Iqtisodiyotda band bo`lganlar soni
|
25,8
|
74,2
|
Shuni eslatib o`tish joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida boshqa MDH davlatlaridagi kabi bizning respublikamiz ham anchagina iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Ular bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan xo`jalikda tarkibiy qayta qurish, sobiq Ittifoq respublikalari bilan iqtisodiy kooperatsiya va ixtisoslashuv aloqalarning uzilishi, hamda boshqa ob`yektiv va sub`yektiv sabablar tufayli sodir bo`lgan edi. Sobiq Ittifoq davlatlari orasida O`zbekiston o`tish davridayoq iqtisodiy barqarorliknigina emas, hatto uning o`sishini ta`minlagan yagona mamlakat bo`lib kelmoqda.
Mamlakatimizda YAIMning o`sishi deyarli barcha ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalari hisobiga yuz berdi (jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |