Yalpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, Ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir.
Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: aholi iste’mol qiladigan iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida er ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda er oldi-sotdi ob’ekti bo‘lmagani uchun uni bu erda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o‘rinlarda omillarga talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi).
Iste’mol tovarlari esa o‘z navbatida turlig‘tuman moddiy va ma’naviy tovarlardan hamda xizmatlardan tashkil topadi. Shuningdek, tadbirkorlarning (davlat, xususiy, jamoa, korporativ) omillarga, Ya’ni investitsion tovarlarga va ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ham turli-tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbobg‘uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xom ashyo, materiallar va h.k.). Talabning umumiy miqdori, Ya’ni Shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi chizmada osonroq tuhhunish mumkin bo‘ladi (1-chizma).
Yalpi talab
Ist`mol buyumlariga
Investisiya tovarlari va ishchi kuchiga
Turlari, miqdori va sifati (ijtimoiy nafliligi)
Narxi
Yalpi talab, ya`ni umumiy pul miqdori
Turlari, miqdori va sifati (ijtimoiy nafliligi)
Narxi
1-chizma. Yalpi talabning umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, Ya’ni:
,
bu erda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.69
Akademik V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot unsurlariga bo‘lgan umumiy pul talabi sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
,
bu erda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi
P – narx darajasi.70
Bundan ko‘rinadiki, yalpi talab milliy ishlab chiqarish hajmi va narx darajasiga bevosita bog‘liq.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining Shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha Yuqori bo‘lsa, Shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlik 2-chizmada aniq ifodalangan.
Narx R
darajasi
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |