Milliy hunarmandchilik va amaliy san'at fakulteti texnologik ta’lim va tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi tyutori umaraliyeva mamlakatxon
MILLIY HUNARMANDCHILIK VA AMALIY SAN'AT FAKULTETI TEXNOLOGIK TA’LIM VA TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI TA'LIM YO'NALISHI TYUTORI UMARALIYEVA MAMLAKATXON ABDUKADIROVNA TOMONIDAN 4-TALABALAR TURAR JOYIDA O'TKAZILGAN ” MIR ALISHER NAVOIY TAVALLUDIGA BAG'ISHLANGAN KECHA” MAVZUSIDAGI TADBIR BAYONNOMASI
Tadbir nomi
Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan kecha
Tadbir tashkil etilgan joy nomi va vaqti
Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti 4-TTJ binosi 9.02.2022
Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti talabalari
Sodiqov Xusanboy , Ismoilov Isroiljon .
Tadbir xaqida qisqacha ma`lumot
2022 yil 9-fevral kuni Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti talabalari joylashgan 4-TTJ da Alisher Navoiy ijodiga bagishlangan “Мир Алишер Навоий таваллудига бағишланган кеча” mavzusida tadbir o’tkazildi. Unda Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi tyutori Omonova Faridaxon Alijonovna so’zga chiqib, Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida qisqacha gapirib o’tdi: “Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi bo’lmish Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Navoiy yoshligidan Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan.” Shundan so’ng, tadbir 01/20 guruh talabasi Madinaxon Xayitboyeva boshlovchiligi ostida davom etdi.
Tadbirda 4- TTJ tarbiyachisi Qurbonova Yulduzxon opa Mo’ydinovna ,
fakultet tyutorlari qatnashdilar.Tadbir qizg’in ruhda o’tdi.Tadbir davomida akademik-litsey talabalari tomonidan hazrat Navoiyning g’azallari ijro etildi.Ayniqsa, musiqa yo’nalishi 01/20 guruh talabasi Olimov Mansurxon tomonidan ijro etilgan Navoiyning g’azaliga bastalangan qo’shiqlar qatnashuvchilarda katta ta’ssurot qoldirdi.