Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari


II.BOB. MILLIY IQTISODIYOTDA ISHLAB CHIQARISH HAJMI BILAN BIR QATOR KO‘RSATKICHLAR TIZIMI



Download 146 Kb.
bet6/8
Sana20.07.2022
Hajmi146 Kb.
#830709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

II.BOB. MILLIY IQTISODIYOTDA ISHLAB CHIQARISH HAJMI BILAN BIR QATOR KO‘RSATKICHLAR TIZIMI
2.1. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi. Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi. Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nixoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur. Bozor xo‘jalik sub`ektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan. 1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 2. Uy xo’jaliklari. 3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari. Bozorli operasiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi: 1. Tovarlar va hizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, iste`mol qilish, import va shu kabilar). 2. Taqsimlash operasiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sugurta to’lovlari va h.k.) 3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va h.k.) Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir operasiya to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi. BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD harakti, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan operasiyalar; mukammal hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, daromadlarning harakati, ularning taqsimlanish va pirovard foydalanishi ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy ishlab chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy xol hisoblanadi. Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari milliy ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan: 1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat. 2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat. Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish va ulardan uzo? yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar ho‘jalik amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkichlarni hozirgi davrda ham moddiy ishlab chiqarish sohalari rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas. Ishlab chiqarishni sohalari rivojlanishini eng umumiy holda - ijtimoiy maxsulot ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan barcha maxsulotlar o‘zining qiimat ifodasida jami ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi. Butun halq Ho‘jaligi ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iborat bo‘lganligi sababli jomi ijtimoiy maxsulot (JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida JIM tarkibii elementlarining iste`mol qilinish harakteri etadi. JIMning ishlab chiqarish vositalaridan iborat qismi (mashina, uskuna va shu kabilar) ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladi va demak belvosita iste`molni qondiradi, iste`mol buyumlari (oziqovqat, kiyim-kechak va shu kabilar) esa ulardan farq qilib, bevosita ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi ayrim tarmoqlar (sanoat, qishloq ho‘jaligi va shu kabi) maxsulotlarining ulushi sifatida namoyon bo‘ladi. Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (S) va yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. JIMni W bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi. Yangidan yaratilgan qiymat zaruriy maxsulot eki ishchi kuchi qiymatidan (V) va qo‘shimcha maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi. JIM ko‘rsatkichi muxim kamchilikga ega. Uni hisoblashda ishlab chiqarishning barcha texnologik bosqichlaridagi moddiy harajatlar miqdori bir necha marta ko‘rib chiqiladi Boshqacha aytganda: JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot Oraliq maxsulotga ishlov berish, qayta ishlash va sotish maxsadlari uchun harid qilingan tovarlar kiradi. Pirovard maxsulot iste`molchilar tomonidan foidalanish uchun sotib olinadigan tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. Pirovard maxsulot mexnat predmetlari qiymatini takroriy hisoblashdan ozod bo‘lsada, u mexnat vositalarining yillik amortizasiya ajratmalari summasiga teng bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, oldingi davrlarda vujudga keltirilgan. Shu sababli moddiy ishlab chiqarish hodimlarining joriy yildagi faoliyatini aniq baxolash uchun boshqa umumlashtiruvchi ko‘rsatkich zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy maxsulot qisoblanadi. Sof milliy maxsulot - bu yalpi ijtimoiy maxsulotning bir qismi bo‘lib, o‘zida moddiy ishlab chiqarish soqalarida yil davomida yangidan vujudga keltirilgan qiymatini ifodalaydi. Milliy daromad pirovard maxsulot –omortizasiya eki W-ChV+m Butun milliy iqtisodiyotining holatini harakterlovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich - yalpi milliy maxsulot YAMM hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy hizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jalik birliklari iqtisodiy faoliyati pirovard natijalarini qamrab oladi.
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. 
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot ko’lamida ish ko’radi. Milliy iqtisodiyot - faoliyati millat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan xo’jalik sub’ektlarining davlat miqyosidagi hatti - harakatini ifoda etadi. milliy iqtisodiyot ochiq yoki yopiq tavsifga ega bo’lishi mumkin. Ochiq iqtisodiyot - bu, boshqa mamlaktlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida savdo-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi iqtisodiyotdir. Yopiq iqtisodiyot- bu, barcha tovar va xizmatlarni o’zida ishlab chiqarishga intiluvchi, boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni cheklashga harakat qiluvchi iqtisodiyotdir.
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi. Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi: a) pozitiv makroiqtisodiyot; b) normativ makroiqtisoiyot. Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o’rganadi. Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab olishimiz zarur. Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 1) milliy iqtisodiyot; 2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi. Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari hisoblanadilar. Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar. Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.
Makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.
Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabfhjncddi umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.
Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936 yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida.



Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish