11.3. Milliy hisobchilik konsepsiyasida tarmoqlararo balansni tuzish uslubiyati.
Amaldagi milliy hisoblar tizimida "harajatlar va ishlab chiqarishi" tizimini tuzish uchun kamida 150 mahsulot va xizmatlarni tanlab kiritish tavsiya etaladi. Mahsulot va xizmatlarni tanlab olishda, ularga nisbatan bozordagi talab ehtiyoj qanday ekanligiga e’tibor berish lozim. "Harajatlar va ishlab chiqarish" jadvalini tuzishning eng muxim muammolaridan biri "sof" tarmoqlarni ajratib olishdir. Ma’lumki, korxonalar asosiy mahsulot bilan bir qatorda qo’shimcha mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.
Ko’pincha qo’shimcha mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar haqida ma’lumot bo’lmaydi. Shuning uchun "harajatlar va ishlab chiqarish" tizimida korxonalar faqat bir turdagi mahsulotlar yoki xizmatlar chiqaruvchi birliklar sifatida qayd etiladi.
"Sof" tarmoqlarni tuzish muammosiga ikki jihatdan yondashish mumkin.
. Mazkur tarmoqning asosiy mahsulotiga boshqa tarmoqlarda ishlab chnqarilgan, lekin ular uchun asosiy mahsulot bo’lmagan shu turdagi mahsulotlarni qo’yii/ orqali.
2. Mazkur tarmoqning mahsulotidai/ uning uchun asosiy bo’lmagan, lekin boshqa tarmoqlar uchun asosiy hisoblangay qo’shimcha mahsulotlarni ayirib tashlash orqali.
Bir tarmoqning mahsulotini boshqa tarmoqga ko’chirish muammosi birmuncha oddiy xal qilinadi. Lekin asosiy bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlarni bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqga ko’chirish mushkulroq. Avvalo asosiy bo’lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar tarkibi haqida bevosita ma’lumotlar deyarli bo’lmaydi. Korxonalardan bunday ma’lumotlarni to’plash uchun qo’shimcha tadqiqotlar, kuzatishlar olib borish, qimmatligi va ishonchli bo’lmaganligi uchun maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun asosiy bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar tarkibini apiqlash uchun ikki xil shartlikka yo’l qo’yish mumkin.
/. Mahsulot texnolegiyasiga taalluqli shartlilik (buida asosiy bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari tarkibi, shu mahsulot asosiy bo’lgan korxonalardagi ishlab chiqarish harajatlari tarkibiga uxshash deb faraz qilinadi).
2. Tarmoq texnologiyasiga taalluqli shartlilik (bunda \asosiy bo’lmagan mahsulotni | ishlab chiqarish harajatlari tarkibi, shu korxonada ishlab chiqarilgan asosiy mahsulotni ishlab chiqarishga ketgai harajatlar tarkibiga uxshash deb hisoblanadi). Har ikkala shartlilikni ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Birinchi shartlilikni, agar asosiy bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi alohida mavjud bo’lgan xollarda qo’llash mumkin.
Ikkinchi shartlilikni, agar asosiy bo’lmagan mahsulot asosiy mahsulotga nisbatan ikkinchi darajali, qo’shimcha, chiqindi mahsulot sifatida bulsagina mantiqan to’g’ri bo’ladi. "Harajatlar va ishlab chiqarish" jadvali to’rt bo’limdan (kvadrantlar) iborat. Birinchi kvadrant asosiy hisoblanadi va tarmoqlararo ishlab chiqarish aloqalari haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. U shaxmat ko’rinishdagi jadval bo’lib, qatorlari bo’yicha mahsulotlar ruyxati ustunlari' bo’yicha) esa iqtisodiyot tarmoqlari ruyxati berilgan. Ikkinchi kvadrant yaq£niy mahsulotni iste’molga, jamg’arishga va eksportga bo’linishini aks ettiradi. Uchinchi kvadrantda eamga^yayuqlar bo’yicha yangi qo’shilgan qiymat miqsori va tarkibi elementlarga (asosiy fondlar iste’moli, ish ^aqi, foyda va boshqalar) bo’lingan xollarda ko’rsatiladi. Yangi qo’shilgan qiymat moddiy harajatlar bilan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini tashkil qiladi. Mazkur bo’limda import ko’rsatkichi ham • mavjud bo’lib, bu pirovardida iqtisodiyotining yakuniy mahsuloti hajmini aniqlash imkonini beradi. Turtinchi bo’lim "harajatlar -ishlab chiqarish" tizimining qo’shimcha kvadranti bo’lib, yalpi ichki mahsulo,t hajmini bozor bahosida aniqlash uchun xizmat kiladi. Bu omil bahodagi yalpi ichki mahsulot hajmiga sof bavosita soliqlarni qo’shish yo’li bilan aniqlanadi (yoki bevosita soliqlardan subsidiyalar qiymatini chegirib aniqlanadi).
"HARAJATLAR-IShLAB ChIQARISh" JADVALI ShAKLINING TUZILIShINI QUYIDAGIChA IFODALASh MUMKIN.
Tarmoqlar mahsulotlar
sanoat
Qishloq xo’jali-gi
xizmat-lar
jami i/ch
yakuniy foydalanish
Eksport
Jami foydala-nish
Sanoat
64
15
15
94
50
20
164
K/x
18
8
2
28
30
10
68
Xizmatlar
5
5
6
16
20
10
46
Moddiy harajatlar (amartizasiya-sidan tashqari)
87
28
23
138
100
40
278
yangi qo’shilgan qiymat
67
30
18
115
Mahsulot
154
58
41
253
Import
10
10
5
25
jami resurslar
164
68
46
278
Bu jadval mahsulot resurslari miqdori bilan ulardan foydalanish hajmining tengligiga asoslangan. Jadval qatorlari bo’yicha ayrim mahsulotlardan boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarishdagi iste’molga, jamg’arishga va eksportga foydalanish ko’rsatilgan.
Ustunlari bo’yicha esa, mazkur tarmoqda mahsulot ishlab chiqarishda boshqa tarmoqlar mahsulotidan foydalanish, shuningdek yangi qo’shilgan qiymatning miqdori va tarkibi aks ettiriladi.
Binobarin, birinchi kvadrantda mahsulot ishlab chiqarish bahosida baholanadi. Uchinchi kvadrantda esa, uni savdo chiqimlari, qo’shilgan qiymatidan soliq, boshqa sof bilvosita soliqlar, shuningdek, import qiymati, unga to’langan bojlar qiymati ham qo’shiladi.
Shupday qilib, milliy hisoblar tizimi doirasida ("harajatlar-ishlab chikimarish"da) tuziladigan tarmoqlararo mahsulot balansida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xizmatlari qiymati ham hisobga! olinadi. Milliy hisoblar tizimida tarmoqlararo mahsulot balansida noishlab chiqarish xizmatlari qanday qilib aks ettiriladi.
Shartli ravishda tovarsiz xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar mahsulot qiymati ularni amalga oshirish harajatlariga teng deb olinadi. Bundan tashqari bu xizmatlarni iste’mol qiluvchilar deb, ularni ishlab chiqaruvchilar, ya’ni umumiy boshqarish muassasalari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi xususiy nokomersiyaviy tashkilotlar nazarda tutiladi. Bu xizmatlarni birinchi kvadrantda aks ettirish uchun, ularning har turi (maorif, sog’liqni saqlash va x.k.) uchun yangi qator va usgunlar kiritiladi. Noishlab chiqarish xizmatlarini birinchi kvadrantning ustunlarida aks ettirishda notovar xizmatlarini amalga oshirishda iste’mol qilingan moddiy ne’matlar va tovarli xizmatlar haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Uchinchi kvadrantning ustunlari har xil turdagi noishlab chiqarish xizmatlari bo’yicha qo’shilgan qiymatning tarkibini (amortizasiya, ish haqi, soliqlar va x. k.)ifodalaydi. Birinchi va uchinchi kvadrant ustunlaridagi ma’lumotlar noishlab chiqarish xizmatlari qiymatqdan iborat bo’ladi.
Birinchi kvadrantning qatorlarida noishlab chiqarish xizmatlari haqidagi ma’lumotlar bo’lmaydi, chunki ular oraliq iste’molda foydalanilmaydi. Shuning uchun ular faqat oxirgi iste’molni aks ettiruvchi kvadrantning qatorlarida o’z ifodasini topadi. Bu yerda ular umumiy boshqarish muassasalari va uy xo’jaligi orasida taqsimlanadilar.
V. Leontyev tomonidan tuzilgan iqtisodiy modelning asosiy shartlarkdan biri shuki, bunda texnologik koeffisiyentlar (bevosita harajatlar koeffisiyentlari) o’zgarmas hisoblanadi va shuning uchun mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga mutanosib (to’g’ri proporsional) bo’ladi. Ma’lumki, bevosita harajat koeffisiyentlari tarmoq mahsuloti ishlab chiqarishga ketgan tarmoq mahsuloti harajatlarini ifodalaydi.
V. Leontyev statistik modeldan tashqari dinamik modelni tuzishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqan. Dinamik model yakuniy talab miqdorini o’zgarishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarishning hajmi va tarkibi, istiqbolini beltilash imkonini beradi. Shuni eslatib o’tish kerakki, V. Leontyev modeli o’zgarmas bevosyta harajat koeffisiyentlari, binobarin o’zgarmas to’liq harajatlar koeffisiyentlar asosida tuzilgan. Shuning uchun ishlab chiqarishning zaruriy hajmini aniqlashda oraliq iste’mol ne’matlari hajmini aniqlash ortiqcha qiyinchiliksiz amalga oshiriladi. Shu bilan birga
qo’shimcha, oraliq ne’matlarni ishlab chiqarish uchun mazkur se’matlarni vujudga keltirishda qatnashadigan, qo’shimcha asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishlab chiqarish lozim. Boshqacha aytganda qo’shimcha kapital mablag’larni o’zlashtirish kerak.
Buning uchun ishlab chiqaripgai kapital mablag’lar hajmiga 5og’liqligini ifodalovchi kapital sig’imi koeffisiyentlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu koeffisiyentlar kapital mablag’lar qiymati hajmini, shu mablaglar yordamida olingan qo’shimcha mahsulot qiymatiga nisbati bilan ifodalanadi.