"DURRA"O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yinni boshlang‘ich sinf o`quvchilari o`ynaydilar. O`yinchilar doira hosil qilib cho`qqayib o`tiradilar. Bir o`yinchi (boshlovchi) durrani qo`liga o`ragan holda ushlab turadi.
O`yin tavsifi. O`qituvchi signal berishi bilan o`yinchilar boshlarini tizzaga qo`yib ko`zlarini yumadilar. Shunda durrachi o`yinchi qo`lidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o`yinchining orqa tomoniga qo`yadi va Yurishni davom ettiradi. O`yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo`yilgan o`quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo`ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayotgan o`quvchining joyiga o`tirib olishi kerak. Agar boshlovchi o`tirishga ulgurmasdan quvayotgan o`yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o`yinchini quvadi. U ham o`zini joyiga o`tarib olishga harakat qiladi. O`tirib olmasa o`zi boshlovchi bo`lib qoladi. O`yin qaytadan boshla-nadi. O`yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O`yinni 3- 6 daqiqagacha davom ettirish mumkin.
O`yin qoidalari. 1 O`rinsiz qolgan o`yinchi onaboshi bo`ladi. 2. Durra tutgan o`yinchi onaboshini ushlab olsa o`rinlarini almashadi.
Pedagogik ahamiyati. O`yinda barcha o`yinchilarni diqqat e’tiborini, sezgilarini topqirligini harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. O`yinni o`ziga xos harakatlari yugurish hisoblanadi.
"CHERTKI" O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yin bolalar sezgirlik, diqqat etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. O`ynovchilar chek tashlab ikki komandaga bo`linadi. Komandalar bir – birlariga qarama – qarshi 8-10 m masofada turadilar. Har komandaning o`yinboshichisi o`z komandasidagi o`ynovchilarni qushlar, hayvonlar o`simliklar va mevalar nomi bilan ataydilar. Qora rangdagi ro`molcha tayyorlab qo`yiladi.
O`yin tavsifi. O`yin boshlash huquqini olgan o`yinboshi raqib o`ynovchilardan birining boshini yoki qo`lini ro`mol bilan bog‘laydi va o`z o`yinchilaridan birini yangi nom bilan chaqiradi. U bilintirmasdan kesib ro`molni bir necha marta chertadi, o`zi joyga borib turadi. O`yinboshi bog‘langan ro`molni echib oladi, u chertgan o`ynovchini qidira boshlaydi. Agar chertgan o`yinchini topsa o`z komandasiga olib qaytadi, topolmasa Shu komandada qoladi. O`yin komandada 1-2 ta o`ynovchi qolguncha davom etadi. So`ngra o`yinbosxilar o`rin almashadilar.
O`yin qoidalari. 1. Ro`mol boshni siqmaydigan qilib bog‘lanishi lozim. 2 Agar ro`mol bo`lmasa, ko`p qatlamlilik bo`lishi shart. 3. Har ikkala komanda o`ynovchilarining yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4. CHertayotgan o`ynovchi orqasidan sekin chertishi darkor.
Pedagogik ahamiyata. O`yin yoshlarda diqqat- e’tiborni, sezgirlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O`yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik aniq mo`ljal olish sharoitlarini rivojlantirishga yordam beradi. O`yinni o`ziga xos harakat sekin bildirmasdan Yurishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |