"BEKINMACHOQ" O`YINI
O`yinga tayyorlanish. O`yin bolalarda kuzatuvchanlik sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o`yin uchun butazor yoki uylar bo`lishi kerak. Marrada qoladigan o`ynovchi shunday aniqlanadi. Bir to`da bolalar baravariga: - Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko`rdi? - deya solib qo`llarini baland ko`taradilar. Kim ko`tarishdan orqada qolsa, o`sha bola marrada qoladi. O`yin tavsifi. O`yinni boshlash navbati aniqlangan keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Qolgan o`ynovchi erga yotadi yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi:
-Bo`ldimi? Bo`ldimi?- deydi va sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, etti ketdim. Bo`lsa ham bo`ldi - bola ko`zini ochadi, tevarak atorofni sinchiklab kuzatadi va bolalarni esa topish uchun tomonni mo`ljallab qidira boshlaydi. Birinchi bo`lib topganning ismini aytadi:
-Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkingan bolalarni topsa:
-Bekinma, qoch, yuzingni och,to`xta topdim va hokazo.
O`yin qoidalari. 1. Etti deb sanaguncha o`ynovchilar yashirinib bo`lishlari shart. 2. Yashiringan bolani topsa u tutilgan hisoblanib marraga olib kelinadi. Z. Qolgan o`yinchilar bilintirmasdan marraga kelishlari mumkin. 4. Hamma o`ynovchi yig‘ilib bo`lguncha o`yin davom etadi, so`ngra yangi tutuvchi aniqlanib o`yin boshlanadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yin bolalarda sezgirlik, dikqat, kuzatuvchilik, va topqirlik hislatlarini tarbiyalaydi.O`yinda chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. O`yin o`ziga xos harakati – yugurishdir.
"KO`RPA YOPINDI" O`YINI
O`yinga tayyorlanish. Bu o`yin yoshlarni jasurlik, chaqqonlik va qo`rqmaslikka o`rgatadi. O`yinda har bir komandadan besh kishi qatnashadi. O`ynovchilar qur’a tashlash bilan himoyada yoki hujumda o`ynaydilar.
Himoyachilardan to`rt kishi ustiga ko`rpa yopinib erda buklangan holda yopishadi, ularning har birining ikki metr bo`lgan arqon, arqonning ikkinchi uchi chaqqon va epchil himoyachi qo`lida bo`ladi. o`rtada turgan himoyachining ikkinchi qo`lida bir metr bo`lgan arqon yoki durra bo`ladi. Hujumchilar hujumga tayyor bo`lib turadi.
O`yin tavsifi. Hakamning ko`rsatmasi bilan o`yin boshlanadi. Hujumchilar ko`rpa yopingan o`yinchilarni urushga harakat qiladilar. Himoyachi esa o`z sheriklarini hujumchilardan saqlash maqsadida qo`lidagi arqon bilan ularni urishga, tepishga harakat qiladi. Lekin ikkinchi qo`lidagi arqonlarni qo`ymasdan harakat qiladi.
O`yin qoidalari. 1. Hakam o`yinni kuzatib boradi va kimga zarba tegsa o`yinni to`xtatib o`ynovchini chiqarib yuboradi, keyin o`yinni davom ettiradi.
2. Hujumchining himoyachiga durrasi, oyog‘i yoki qo`li tegsa u o`yindan chiqqan hisoblanadi.
Z. Himoyadagilar ko`rpani ustilariga yopib qo`proq boshlarini himoya qilishlari kerak. 4. Hujumchilar ham tepish urish xuquqiga ega. 5. Qaysi komanda himoyachilari qattiq zarb berishga erishsa Shu komanda g‘olib deb e’lon qilinadi.
O`yinning pedagogik ahamiyati. O`yin bolalarda botirlik, jasurlik, chaqqonlik, qo`rqmaslikni tarbiyalashga yordam beradi. O`yin chaqqonlik tezkorlikni, rivojlantiradi. O`yin o`ziga xos harakati – yugurish, aniq tezligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |