Mustaqilligimiz sharofati tufayli mamlakatimizda insonni e`zozlash, milliy va ma`naviy qadriyatlarimizni tiklanishiga katta e`tibor qaratilmoqda. Shu jumladan Namangan viloyat hokimligining bevosita rahbarligi ostida viloyatning “Ikkinchi jahon urushi”ga, “Qatog’on qurbonlarini yod etish”ga oid yo`nalishlarni o`rganish, urush ishtirokchilarining hayot yo`lini jangovor ishlarini umumlashtirish, tiklash bo`yicha keng ko`lamli, xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Vatan tarixi, xotirasi aynan muzeylarda aks etadi. Respublikamizda faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq davlat muzeylari turli toifalarda va turli yo`nalishlarda bo`lib, bugungi kunda xalqimiz va turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ziyoratchilarning ham ma`naviy, ham ma`rifiy jihatdan ongini, ruhiyatini boyitishda muhim amaliyot kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |