O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. - O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
- Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda “bolalar bog‘chasi-maktab” majmui tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
- Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sog‘lom avlod uchun”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Iqtisodiy ta’lim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir
Milliy g‘oya va mafkura» fanining dasturida «Vatan taqdiri mening taqdirim, Vatan kelajagi – mening kelajagim» deb yashash tarzini qaror toptirish vazifalarini, mustaqillikni mustahkamlash uchun qanday hissa qo‘shdim! degan tushunchalarni paydo qilishga intilish degan to‘g‘ri talab qo‘yilgan. Biroq, bizning fikrimizcha «Milliy g‘oya va mafkura» kabi nazariy fanni o‘rganishga kirishar ekanmiz «Vatan» tushunchasining o‘ziga atroflicha to‘xtab o‘tishimiz va bu tushunchaga turli yondoshishlar, konsepsiyalar bo‘lganligi, bugungi kunimizda ham ana shu tushunchalar ayrim ekstremistik tashkilotlar, guruhlar, siyosiy partiyalar tomonidan turlicha talqin etilayotganligini ko‘rsatish lozim. Masalan, sho‘rolar davrida yagona davlat mafkurasining «ilmiy-nazariy asosi»ni tashkil etgan marksizm-leninizm fanida K.Marksning «Ishchilar sinfining vatani yo‘q». Shu joiz umumjahon miqyosida yo‘qsillarning zo‘ravonlikka (diktaturaga) asoslangan davlatlarini qurish uchun «Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!» degan qirg‘in-barotga asoslangan da'vat – sovet vatanparvarligining harakatga keltiruvchi darg‘asi bo‘lib kelgan edi. - Milliy g‘oya va mafkura» fanining dasturida «Vatan taqdiri mening taqdirim, Vatan kelajagi – mening kelajagim» deb yashash tarzini qaror toptirish vazifalarini, mustaqillikni mustahkamlash uchun qanday hissa qo‘shdim! degan tushunchalarni paydo qilishga intilish degan to‘g‘ri talab qo‘yilgan. Biroq, bizning fikrimizcha «Milliy g‘oya va mafkura» kabi nazariy fanni o‘rganishga kirishar ekanmiz «Vatan» tushunchasining o‘ziga atroflicha to‘xtab o‘tishimiz va bu tushunchaga turli yondoshishlar, konsepsiyalar bo‘lganligi, bugungi kunimizda ham ana shu tushunchalar ayrim ekstremistik tashkilotlar, guruhlar, siyosiy partiyalar tomonidan turlicha talqin etilayotganligini ko‘rsatish lozim. Masalan, sho‘rolar davrida yagona davlat mafkurasining «ilmiy-nazariy asosi»ni tashkil etgan marksizm-leninizm fanida K.Marksning «Ishchilar sinfining vatani yo‘q». Shu joiz umumjahon miqyosida yo‘qsillarning zo‘ravonlikka (diktaturaga) asoslangan davlatlarini qurish uchun «Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!» degan qirg‘in-barotga asoslangan da'vat – sovet vatanparvarligining harakatga keltiruvchi darg‘asi bo‘lib kelgan edi.
- Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab o‘zbek jangchilari samolyotdan front orqasiga parashyutda sakraganlarida, yoki dushman bilan qurolli to‘qnashuvda qarshi hujumga o‘tishlarida: «Stalin uchun!», «Vatan uchun!», deb shahid bo‘lganlarida o‘zlarining jangovor vatanparvarlar deb his etar edilar. Holbuki, o‘zbek o‘g‘loni uchun o‘sha jahon urushi sharoitida «Vatan» tushunchasi qandaydir unga yot bo‘lgan Kaliningrad, Praga, Varshava yoki Berlinda emas, avlodlari, ota-onasi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ma'lum qishloq, ovul, nohiya, shahar yoki davlatda ekanligi noma'lum bir asbtrakt narsadek tuyular edi. Holbuki, vatanparvarlik har bir xalqning tarixiy o‘tmishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, alohida olingan xalqning vatanparvarlik an'analari, o‘z vatanlariga bo‘lgan sadoqatlari, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida asrlar davomida olib borgan qahramonona kurashlari, ayniqsa bugungi mafkuraviy kurash avj olib borayotgan bir tarixiy davrda uning farovonligi, tinchligi va mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi fidoiyligi bilan ifodalanmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |