OILA MADANIYATI – jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning to‘laqonli va
mukammal faoliyat yuritishi uchun uning a’zolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o‘rtasida
birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalarining majmuasi.
Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o‘ziga hosligi va tamoyilan
muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va mustahkamligini umumiy muhitning
emotsionalligi b-n uyg‘unlikda ekanligi b-n shartlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan
malaka, bilimlarni o‘zlashtiradilar, kattalar esa o‘z hayotlarida bosib o‘tgan yo‘llarini farzandlari
orqali qayta barpo etadilar. Oilaviy muhit o‘ziga xos, unikal bo‘lib, uning har bir a’zosi yangi
avlodda mustahkam va barqaror sog‘lom oilani barpo etishga mas’uldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |