33
Axloqiy qadriyatlarning bunday xususiyatlari dogma emas, balki yangi axloqiy
qadriyatlar yuzaga kelishi bilan ular son
va sifat jihatidan kengayib, o‘zgarib boradi.
SHaxsning ma’naviy kamoloti jarayonida uning komil inson bo‘lib shakllanishiga
bevosita va bilvosita faol ta’sir o‘tkazadigan qadriyatlar jumlasiga umuminsoniy, milliy, shaxsiy
axloqiy qadriyatlar kiradi.
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar deb butun insoniyatining obodligi, ozodligi, ravnaqi
yo‘lida xizmat qilgan va qiladigan eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan
narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarga aytiladi. Unga Er sayyorasining atmosfera qatlamini
asrash, er yuzida tinchlikni saqlash, insonparvarlik, ijtimoiy adolat, demokratiyani qaror
toptirish, inson huquqlarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, halqaro xavfsizlikni ta’minlash,
tabiatni muhofaza qilish, turli xil kasalliklarning oldini olish, qashshoqlik va savodsizlikka
barham berish, onalik va bolalikni muhofaza etish va hokazolar kiradi.
Mazkur qadriyatlar shaxs ma’naviy kamolotiga qanday qilib o‘z ta’sirini o‘tkazadi?
Masalan, 3-7 yoshdagi bolaga, ota-onasi, buva-buvisi yoki bog‘cha opasining “O‘g‘lim, suvni
iflos qilma. U iflos suv seni kasal qiladi!” yoki “Nonni erga tashlama, uvol bo‘ladi!”- degan gapi
unda suv va nonni umuminsoniy qadriyat sifatida anglash hissining uyg‘onishiga olib keladi va
bu his uning bir umr yodida saqlanib qoladi.
Milliy axloqiy qadriyatlar deb har
bir millatning kelib chiqishi,
rivojlanishi, tenglar
ichida
teng bo‘lib yashashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan takrorlanmas, nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib o‘zligini anglatib, namoyon
etib, nihoyatda qadrlanadigan, insonda g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadigan axloqiy
fazilatlarga aytiladi. Bular millatimizning ruhiyatiga singib ketgan axloqiy-ma’naviy fazilatlar
bo‘lib, mehmondo‘stlik, saxiylik, mehr-oqibat, shukronalik, qanoat, bag‘rikenglik, kattalarga
xurmat, tug‘ilgan yurtiga sadoqat va boshqalar. Bu qatorni yana cheksiz davom ettirish mumkin.
O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy axloqiy qadriyatlar to‘g‘risida I.A.Karimov «Yillar,
zamonlar o‘tadi, balki bugun sodir bo‘lgan ko‘p voqea va xodisalar xayolimizdan ko‘tarilishi
mumkin. Lekin yaxshilik va saxiylik, olijanoblik va mehr-oqibat hech qachon unutilmaydi. Biz
milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan bunday pok tuyg‘ularni doimo asrab-avaylashimiz, aziz
farzandlarimizni ham shunday ezgu fazilatlar sohibi etib tarbiyalashimiz kerak»
2
-, degan edi.
Milliy axloqiy qadriyatlarning shaxs ma’naviy kamoloti jarayonidagi o‘rni nihoyatda
beqiyosdir. Masalan, ota yoki onaning o‘zgalar bilan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib o‘zbekcha lutf bilan
«Assalomu alaykum» deb salomlashishini ko‘rgan murg‘ak yoshning qalbida milliy tuyg‘uning
paydo bo‘lishi turgan gap.
SHaxsiy axloqiy qadriyatlar deb har bir kishining hayot faoliyatida,turmush tarzida
qadrlab qat’iy amal qilgan holda sodir etadigan axloqiy hatti-harakatlarining yaqqol ifodasi
bo‘lgan insoniy fazilatlariga aytiladi. Masalan, o‘zgalarning g‘ayg‘usiga sherik bo‘lish, ularning
mushkulini oson qilish maqsadida beg‘araz axloqiy hatti harakatni amalga oshirish (shirin so‘z,
yaxshi maslahat, o‘git-nasihat yoki moddiy yordam tarzida beriladigan hadya va tahfalar).
SHaxsiy axloqiy qadriyatlar umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarning shaxs darajasida
namoyon bo‘lishidir, ya’ni buning ijodkori shaxs hisoblanadi. Darhaqiqat, ularning zaminida
axloqiy qadriyatlar yotadiki, shaxsning ma’naviy kamoloti ana shu qadriyatlarning
shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir.
2
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари олий қадрият. Асарлар. 14 томлик. –Т., Ўзбекистон.
2006. 127-бет.
34
“Ona allasi” bu eng nozik va jozibali ma’naviy-axloqiy qadriyat hisoblanadi. Ona allasi
tufayli har qanday farzand, birinchidan, onaning vujudidagi mayin dil ohanglarini tinglab
ma’naviy kamolotning ilk pallasiga qadam qo‘ysa; ikkinchidan, onani butun go‘zalliklari bilan
o‘z ongida gavdalantiradi; uchinchidan, birinchi bor ona timsolida ona Vatanini anglash sari ilk
qadam tashlab xayolotning kengliklarida jarangdor, sho‘x- sho‘x kulgilar hadya qilib olamni
charog‘on aylaydi. Bu esa odamzotni, bir tomondan, o‘z hayotidan mamnun ekanligini namoyish
etsa, ikkinchi tomondan, kelajakka ishonch bilan qarash, farzandlar kamoloti uchun yashash,
mehnat qilishga chorlaydi. SHuning uchun ham xalqimiz “ona bolani, bola esa butun dunyoni
tebratadi” deb bekorga aytmaydi. Bu ayni haqiqatdir. CHunki, dunyo ona allasi, bola kulgisi
bilan go‘zaldir. Bu go‘zallikni idrok qilmagan odam, insoniylik fazilatlariga ega bo‘lmagan bir
hissiz kishidir, xolos.
Demak, qadriyatlar qachonki kishilarning ongi va ma’naviy olamining bir qismiga
aylanib, ular qalbiga chuqur singib ketganidagina amal qilishi mumkin ekanligini isbotlab
o‘tirishning zaruriyati yo‘q.. Axloqiy qadriyatlarning ahamiyati uning moddiy emas, balki
ma’naviy boylik ekanligidadir. Masalan, vijdon sotilmaydi yoki or-nomus va qadr-qimmatni
pulga sotib olib bo‘lmaydi. Bu axloqiy fazilatlarni moddiy jihatdan o‘lchashning ilojisi ham
yo‘q..
Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog‘lomligi bebaho boylik hisoblanadi.”Axloq-odobga
doir hadis namunalari” kitobida insonga xos go‘zal axloqiy fazilatlar har bir inson o‘zi
yashayotgan muhitdagi odamlar bilan turmushda, oilada, qo‘ni-qo‘shnichilik va yori-
birodarlikda, jamoat joylaridagi munosabatlarida, boshqalar bilan bo‘ladigan aloqasi, yurish-
turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi fazilatlarni namoyon qilishiga doir
ko‘plabhadislarni uchratamiz. Jumladan, “Qo‘shningizga yaxshilik qiling-tinch bo‘lasiz”,
“O‘zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko‘ring-salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko‘proq
o‘z tili bilan sodir qiladi”, “Tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki
dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi”.
Bu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilarning yurish-turishi, atrofdagilar bilan
munosabatining axloqiy asoslari, inson go‘zalligining umumiy mezonlari to‘g‘risida olam-olam
ma’noni uqib va o‘zlashtirib olish mumkin. Kim qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat’iy
nazar, o‘zining serzavq, sermazmun mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi,
kamtarinligi, madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga
foyda keltirishi bilan go‘zaldir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,shaxs ma’naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi,
Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati, aql-zakovati va qadr-
qimmati bilan o‘lchanadi. Ma’naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy
qadriyatlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O‘z navbatida yuksak ma’naviyat
shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki
negizi doimo bir-biriga ta’sir etib, bir-birini to‘ldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom
etadigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: