Qayd etilgan ayrim fikrlar va dalillar ham respublikamizda amalga
oshirayotgan milliy siyosatning mohiyatini anglab yetishga xiz-mat qiladi. Aynan
shunday siyosat tufayli mamlakatimizda etnik munosabatlarning tenghuquqlilik,
o‗zaro hurmat, do‗stlik va hamkor-likka asoslangan o‗ziga xos sifatiy holati –
millatlararo totuvlik qaror topdi.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek: ―alohida g‗urur va iftixor bilan ta‘kidlab
aytmoqchimanki, O‗zbekistonning boyliklari ko‗p, lekin bizning eng katta
boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz, bu – jamiya-timizda hukm surayotgan
tinchlik, millatlararo do‗stlik va hamjihat-likdir‖.
Diniy bag‗rikenglik ozod va farovon Vatan qurishning sharti sifatida.
Mamlakatimizda barcha millat vakillarining tinch va ahil yashashiga o‗zbek
xalqining azaliy diniy bag‗rikengligi, Preziden-timiz va hukumatimizning oqilona
siyosati ham muhim rol o‗yna-moqda.
Yuqorida keltirilgan chizmadan ko‗rinib turibdiki, oilaviy, ham-kasblar,
qarindoshlar, qo‗shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag‗ri kenglikning ham
ko‗rinishlari va namoyon bo‗lishi turlichadir.
Ma‘lumki, diniy bag‗rikenglik (tolerantlik) – xilma xil din-larga e‘tiqod
qo‗ygan kishilarning ezgu g‗oya va niyatlar yo‗lida ham-kor va hamjihat bo‗lib
yashashi, jamiyat ravnaqi yo‗lida mehnat qilishlarini anglatadi.
Insoniyat o‗zini anglagan juda qadim zamonlardan boshlab, nima-largadir
ishonib, e‘tiqod qilib kelgan. Mohiyatiga ko‗ra dinlar ez-gulik g‗oyasiga
asoslangan bo‗lib, yovuz kuchlar azaldan ulardan o‗z maq-sadlari yo‗lida
foydalanishga harakat qilganlar. Natijada mil-lionlab insonlar begunoh qirilib
ketishgan. Inkvizatsiya tufayli minglab kishilar dahshatli qiynoqlar bilan
o‗ldirilgan.
Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va
kelajagi uchun insonni insonga dushman qiladigan har qanday diniy talqinu, ta‘limotlar
yadro qurollaridan ham xavfliroqdir.
Bizning yurtimizda qadim qadimdan zardushtiylik, buddaviy-lik, xristianlik
va yahudiylik dinlariga e‘tiqod qilgan kishilar ahil yashab kelganlar. Bu asriy
an‘ana hozirgacha davom etmoqda. Diyorimizda turli millat va dinga mansub
kishilar o‗z taqdirlari va farzandlari kelajaklarini O‗zbekiston bilan bog‗lab diniy
bag‗ri-kenglik qilayotganlari haqida Prezidentimiz shunday deydi: ―Bizda mu-rosaning
ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz hududida
islomning o‗lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida
topgan noyob budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda
nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Bugungi kunda shaharlarimizda turli dinlarga mansub muas-sasalar –
musulmonlarning masjidlarini, yahudiy sinagogalarini, katolik va protestant
mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko‗rishingiz mumkin‖.
Ma‘lumki, din ham, mafkura ham, siyosat ham odamlarni ishon-tirishga,
ya‘ni insonning ma‘naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag‗rikenglik
milliy istiqlolimiz g‗oyasining asosiy shart-laridan biri bo‗lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: