“Milliy g„oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi
va vazifalari
Reja:
1.
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining shakllanishi
2.
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining obyekti va predmeti.
3.
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining maqsad va vazifalari
1-masalaning bayoni:
―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fani mustaqillik
yillarida shakllangan nazariy fanlardan biridir. Chunki, ―Jamiyat hayotida shunday
davrlar bо‗ladiki, о‗z umrini yashab bо‗lgan eski tuzum qonun-qoidalarini
yangicha asosda о‗zgartirish, barcha sohalarda keng kо‗lamli islohotlarni amalga
oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bо‗lsa, hayot-mamot masalasi sifatida
kun tartibiga chiqadi‖.
1
О‗zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‗ng о‗zbek xalqi
о‗z mustaqilligini saqlab, milliy taraqqiyot yо‗liga kira oladimi yoki yana
mustamlakachilikning yangi kо‗rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemma
yuzaga keldi.
1.
Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron
bо‗lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bо‗lib qolgan xalq jamiyatning
barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish» siyosatini qо‗llab-quvvatladi. Natijada,
mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyatda, ma‘lum ma‘noda «mafkurasizlik»,
«mafkuraviy bо‗shliq» paydo bо‗lib, sarosimali va tahlikali vaziyat vujudga keldi,
mustaqillikning taqdiriga jiddiy xavf tug‗ildi. Buni о‗z vaqtida teran anglagan
Prezidentimiz xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning muqobili
bо‗lmagan bir yо‗li - о‗zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar
etuvchi milliy g‗oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va
e‘tiqodiga aylantirish masalasini о‗rtaga tashladi.
―Mafkura sohasida bо‗shliq, vakkum bо‗lmaydi. О‗zbekiston xalqlarining
dunyoqarashi, ma‘naviy va siyosiy madaniyatining eng ilg‗or an‘analari asosida
ishlab chiqilayotgan milliy mustaqillik mafkurasi individualizmning vayron
qiluvchi ta‘siriga qarshilik kо‗rsatishga qodir. Mafkuraviy ish, mustaqillik, yuksak
ma‘naviyat, axloqiylik, madaniyat g‗oyalarini targ‗ib qilish о‗tkinchi holga aylanib
ketmasligi kerak‖
2
, deydi Prezidentimiz I.Karimov.
Davlatimiz rahbarining ma‘naviy-mafkuraviy sohadagi nazariy va amaliy
masalalar chuqur tahlil etilgan ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida
ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratilgan.
3
G‗oyalarning jamiyatga ta‘sir yо‗nalishlari va xarakterini belgilash uchun,
ularni maxsus bilish obyekti sifatida olib qarashning ahamiyati juda katta.
Xususan, g‗oyalarning mohiyatini о‗rganishda, nazariy bilimlar va amaliy
faoliyatlar samaradorligini oshirish - birinchidan, umuminsoniy va milliy ma‘naviy
madaniyatning mushtaraklashgan ifodasi bо‗lgan g‗oyalarni strukturaviy-
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.:
Маънавият, 2008. –Б. 102.
2
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ этиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва
обод
ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.:Ўзбекистон, 2000. 8.Т. –Б.565-566.
3
Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б. 76.