Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

Islom  Karimov. 

Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni      -xalq,  millatni  –  millat  qilishga  xizmat  etsin” 
asaridan). 
  
G‗oya  va  mafkura  tushunchalari,  umuman  ijtimoiy-siyosiy  fanlar,  xususan 
falsafada  muhim  о‗rin  tutadi,  ammo  ularning  mazmuni  maxsus  tadqiqot  obyekti 
sifatida hali yetarli darajada ilmiy tadqiqot qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur 
tushunchalarga  sinfiylik,  partiyaviylik  nuqtai  nazaridan  yondoshib  kelingan. 
Shuning  uchun  ham  hozirgi  falsafiy,  ijtimoiy-siyosiy  adabiyotlarda  g‗oya  va 
mafkura tо‗g‗risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta‘riflarni, tavsiflarni, izoh 
va  talqinlarni  uchratish  mumkin.    G‗oya  va  mafkuralar  obyektining  dinamik 
о‗zgarishi,  plyuralizm  va  tolerantlik  tamoyillari  tobora  kо‗proq  e‘tirof  etib 
kelinayotgan  hozirgi  davrda  bu  jarayonga  «tabiiy  hol»  sifatida  qarash  taqozo 
etiladi.  Zero,  shu  jarayonda  g‗oya  va  mafkura,  milliy  g‗oya  va  milliy  mafkura 
tushunchalarining turli-tuman qirralari har xil nuqtai nazarlardan tahlil qilinmoqda. 
Ma‘lumki, an‘anaviy tarzda, aksariyat hollarda «g‗oya» va «ideya» atamalari 
sinonimik  tushunchalar  sifatida  qо‗llanilib  kelinadi.  Xususan,  Platon  falsafasi 
haqida sо‗z yuritilganda odatda «ideyalar dunyosi» atamasi emas, balki «g‗oyalar 
dunyosi» atamasi qо‗llanilib kelinadi. Darhaqiqat, keng ma‘noda ideya yoki g‗oya 
deganda  muayyan  narsa-hodisalarning  muhim  belgilari  majmuasi,  asosiy 
mazmunini ifodalovchi asosiy fikr nazarda tutiladi.  
Umuman,  xalqlar,  millatlar  va  davlatlar  mavjud  ekan,  ularning  borligini 
anglatib  turuvchi  g‗oyalarning  amal  qilishi  tabiiydir.  Insoniyatning  taraqqiyoti, 
uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni о‗zida aks ettiruchi 
g‗oyalarning  mutanosibligini  ta‘minlashga  bog‗liq.  Bunday  mutanosiblikning 
buzilishi esa dunyoda kо‗plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bо‗lmoqda.  
Gnoseologik  jihatdan  g‗oya  va  mafkura  ruhiy  olam,  subyektiv  reallik,  ong 
hodisalari  sifatida,  birinchidan,  mavjud  obyektiv  reallik  in‘ikosi  va  ayni  paytda 
kelajakning    rejasidir;  ikkinchidan,  о‗z-о‗zining  in‘ikosi  va  rejasidir.  Ontologik 
jihatdan  g‗oya  va  mafkura  subyektiv  reallik  hodisalari  sifatida  muayyan  narsa-
hodisa,  jarayon-voqelikning  bizning  ongimizdan  tashqarida  mavjud  ekanligini 
ifodalovchi  mazmunga  ega.  Ammo,  ayni  paytda,  g‗oya  va  mafkura  inson  ichki 


dunyosining  ham  realligidirki,  bu  reallik  inson  uchun  undan  tashqaridagi  moddiy 
narsalarga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega bо‗lishi mumkin. Binobarin, g‗oya 
va  mafkura  tushunchalari  obyektiv  va  subyektiv  reallikning  in‘ikosi  va  kelajak 
rejasini  ifodalovchi  belgilarni  ham,  obyektiv  va  subyektiv  reallikning  mavjudligi 
va rivojlanishini ifodalovchi belgilarni ham о‗z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, 
bir  tomondan,  muayyan  g‗oya  va  mafkura  tushunchalarining  mazmuni  muayyan 
voqelikning  in‘ikosidir  (gnoseologik  jihat),  ammo  ular  о‗z-о‗zini  emas,  balki 
mazkur  voqelikni  ifodalaydi  (ontologik  jihat),  ikkinchi  tomondan,  bu  muayyan 
mazmun,  ayni  vaqtda,  subyektiv  reallik  sifatida  mavjud  (ontologik  jihat)  va 
mazkur subyektiv reallikning mazmuni sifatida in‘ikos etadi (gnoseologik jihat).  
Har  qanday  g‗oya  eng  avvalo  individual  ongda  paydo  bо‗ladi.  Individual 
ong  esa,  ijtimoiy  ongga  nisbatan  faoldir.  Ba‘zan  ijtimoiy  ongning  mavqei 
mutlaqlashtiriladi  va  natijada  jamiyat  ma‘naviy  hayotida  shaxsning  roli 
kamsitiladi.  Bunday  hollarda  g‗oyalarning,  umuman  madaniy  qadriyatlarning 
birdan-bir  yagona  ijodkori,  aql  va  tafakkurning,  vijdon  va  ijodiy  ruhning  yagona 
sohibi,  mas‘uliyat  his  qiluvchi  jonli konkret  inson  g‗oyib  bо‗ladi,  uning  qobiliyat 
va  vakolati  u  yoki  bu  mavhum  umumiy  kuchlar  foydasiga  begonalashtiriladi. 
Vaholanki,  ijtimoiy  ongda  sodir  bо‗ladigan  har  qanday  yangiliklarning  birdan-bir 
yagona manbai individual ongdir. Ijtimoiy ong tarkibidan avval boshda individual 
g‗oya  bо‗lmagan  biron-bir  g‗oyani  topib  bо‗lmaydi.  Ijtimoiy  mavqe  kasb  etgan 
barcha  g‗oyalar  individlar  tomonidan  yaratiladi,  rivojlantiriladi  va  boyitiladi.  Biz 
keng  aholi  ommasiga,  butun  insoniyatga  aloqador  muammolarni  tahlil  qilgan 
paytlarimizda  aksariyat  hollarda  davr  voqeliklarining  mualliflari  о‗zimiz 
ekanligimizni yetarli darajada anglay olmaymiz.  
G‗oya  va  mafkura  tushunchalari  ham  obyektiv  reallik  in‘ikosini,  ham 
muayyan maqsad-muddao va ideallarni о‗zida mujassam etadi. Bu ikki tomon bir-
biri  bilan  uzviy  bog‗liq  bо‗lib,  g‗oya  va  mafkura  tushunchalarining  о‗ziga  xos 
xususiyatlarini  va  ularning  inson  ongi  harakatidagi  о‗rnini  belgilaydi.  G‗oya  va 
mafkura  tushunchalari  voqelik  rivojlanishida,  insonning  amaliy  faoliyati 
jarayonida yangi, hali mavjud bо‗lmagan reallik shaklini yaratuvchi faol, vositachi 
zvenodir.  Boshqacha  aytganda,  g‗oya  va  mafkura  tushunchalari  praksiologik 
xarakterga egadir. Bu hol - kelajak loyihasi, maqsadga erishishga intilish, hohish-
iroda  va  ijobiy  yaratuvchanlik  omillarini  ifodalaydiki,  psixologiyada  bu  omillar 
yoki  xislatlar  «xohish»,  «intilish»,  «maqsad  qо‗yish»,  «irodaviy  kuch»,  «aqliy 
harakat» kabi atamalarda ifodalanadi.  
Insoniyat  tarixi  -  g‗oyalar  tarixidir,  deyishadi.  Darhaqiqat,  insoniyatning 
tarixiy  taraqqiyoti  davomidagi  barcha  yirik  voqea-hodisalarning  tag-zamirida  u 
yoki bu g‗oya  yotadi. Eng buyuk kashfiyotlar yoki tub sotsial о‗zgarishlar avvalo 
ular haqidagi orzu-niyatlardan, intilishlardan boshlangan. Muayyan ijtimoiy guruh, 
qatlam,  millat,  xalq,  davlat  yoki  jamiyatning  ehtiyojlarini,  maqsad-mudaolarni, 
orzu-intilishlarin  о‗zida  mujassam  etuvchi  g‗oyalar  tizimi  sifatida  namoyon 
bо‗ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisidir. Kecha orzu-niyat bо‗lgan milliy 
davlatimizning  bugun  biz  uchun  sha‘n  va  iftixorga  aylanganligi  buning  yaqqol 
misolidir.  


Milliy g‗oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi 
hisoblanadi.  Ayni  paytda,  ushbu  qadriyatlar  о‗sha  davlat  va  xalqning  ijtimoiy 
mо‗ljali  hamdir.  Yana  shu  narsaga  e‘tibor  berish  lozimki,  davlatlarning  ijtimoiy-
siyosiy  tuzumlari  о‗zgargan  paytlarda  g‗oyaviy-mafkuraviy  qarashlar  ham 
о‗zgaradi.  Umuman,  g‗oyaviy-mafkuraviy  qarashlar,  ular  tomonidan  himoya 
qilinadigan  qadriyatlar  har  bir  davlat  va  xalqning  ijtimoiy  taraqqiyotida  katta 
ahamiyat kasb etadi.  
Ayni  paytda,  bir  ijtimoiy-siyosiy  tuzum  davridagi  g‗oyaviy-mafkuraviy 
qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo, 
ularning  ayrim  jihatlari  vorislik  ahamiyatiga  ega  bо‗ladi.  Davlatlarning  ijtimoiy-
siyosiy tuzumidan qat‘iy nazar bu holning mohiyati о‗zgarmasdan qolishi mumkin.  

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish