3-masalaning bayoni:
Milliy g‗oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning
orzu-umidlarini о‗zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi,
uning qadr-qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g‗oya
xalqning о‗zligini anglatuvchi, milliy tuyg‗ularini uyg‗otuvchi, milliy g‗urur va
oriyatini qо‗zg‗atuvchi fikrdir. Milliy g‗oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr-
qiymatini tiklovchi, о‗zligini anglatuvchi, ijodkorlik va yaratuvchanligini rо‗yobga
chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yо‗nalishiga yetaklovchi kuch
sifatida namoyon bо‗ladi. Milliy g‗oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy
xotirasiga, о‗zligini anglashiga asoslanadi. Bizning milliy g‗oyamiz millatning,
davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va
ma‘naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g‗ururini asraydi, istiqbolini
belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо‗l-yо‗riqlar kо‗rsatadi. Milliy g‗oya о‗zbek
millatining о‗ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va
falsafiy qarashlar sistemasidir.
4
Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab о‗tganidek, tarix - millatning
tarbiyachisidir, о‗zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi, - isbot talab
qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga kо‗tarilishi lozim. Alohida inson
xotirasida о‗zining hayotida nimalar qilganligi, uning aql-zakovati va irodasi
nimalarga sarflanganligi qay darajada о‗rnashib qolsa, millat uchun ham u
tomondan amalga oshirilgan narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu
insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi, uning о‗z-о‗zini bilishi va anglashidir:
voqelikda yо‗qolgan narsalar ongda, xotirada yashaydi. О‗tmishni bilish hozirgini
yaratish uchun beqiyos ahamiyatga molik. Ijtimoiy hayotni tushunishdagi birinchi
qadam hozirning о‗tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan
bog‗liqdir. Milliy g‗oya xalqimiz tarixiga, uning tarixiy xotirasiga tayanadi.
Tarixiy xotirasidan judo bо‗lgan xalq о‗zini millat sifatida anglay olmaydi,
millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban xis qila olmaydi. Binobarin milliy g‗oya
ham ratsional, ham irratsional mohiyatga ega bо‗lib, u milliy ruhiyat, kayfiyat,
ichki uyushtiruvchi, yо‗naltiruvchi, harakatga keltiruvchi, yetaklovchi milliy xis-
tuyg‗u hisoblanadi.
1.
Shulardan kelib chiqqan holda ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining
maqsadini
quyidagicha ifodalash mumkin: Mazkur fanning maqsadi – milliy
g‗oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida
4
Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Миллий истиқлол ғояси: асосий хусусиятлари, фалсафий ва тарихий
илдизлари. -Т.: Ижод дунѐси, 2002.
1.
Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Ўша китоб.
tutgan о‗rni va rolini о‗rganish, О‗zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda
milliy g‗oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |