Milliy g„oyada inson – eng oliy qadriyat
Reja:
1.
О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik
g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va
yangilanishning namoyon bо‗lishi.
2.
Inson, uning sha‘ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini
ta‘minlashning huquqiy kafolatlari.
3.
Milliy g‗oya – inson qadr-qimmatini yuksaklarga kо‗tarish omili. Milliy
g‗oyada inson – eng oliy qadriyat ekanligi.
1-masalaning bayoni:
О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida
insonparvarlik g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va
yangilanishning namoyon bо‗ladi. О‗zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni
barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan
bevosita bog‗liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi.
Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‗g‗risida
fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy
qobiliyatlariga yо‗l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga
aylanadi.
Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga
erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai
nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi
sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari
amalga oshirilmoqda.
О‗zbekistonda milliy tiklanish konsepsiyasi milliy ma‘naviyatni tiklash,
ma‘naviy omillarni takomillashtirish bilan bevosita bog‗liqdir.
Milliy g‗oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar
tushuniladi. YA‘ni, milliy taraqqiyot g‗oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy
mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy
tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka
da‘vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‗or fikrli ziyolilar
bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab
chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda,
haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim»
28
.
Binobarin, g‗oyaviy-mafkuraviy ishlarda, kо‗proq ayni shu maqsadlarning
mazmun-mohiyati: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning о‗zi nima,
uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-mafkuraviy qiyofasi qay tarzda
namoyon bо‗ladi; bizning sharoitda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
28
Каримов И.А. Ҳушѐрликка даъват.Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8.
–Т.8. - Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 28.
jamiyati qanday amal qiladi; ularni barpo etishda qanaqa imkoniyatlar va tо‗siqlar
bor; maqsadlarimizga erishish uchun jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifa,
qatlamlar qanday bо‗lmog‗i va nima ishlar qilmog‗i kerak; ushbu buyuk va ezgu
g‗oyalarimiz qay tariqa rо‗yobga chiqayapti kabi muammo-masalalar atroflicha
yoritilishi lozim. G‗oyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil qilishda masala shu tartibda
qо‗yilishi, milliy g‗oyani о‗qitish va targ‗ib-tashviq qilishda ayni shu
muammolarni sistemali yoritishga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. ―YA‘ni, milliy
mafkura, milliy g‗oya deganda bizning qanday maqsadlar, qanday amaliy
yо‗nalishlarni kо‗zda tutishimiz haqida odamlar aniq tasavvurga ega bо‗lsin.
Yurtimizning har bir fuqarosi uni о‗zining g‗oyasi deb bilsin‖
29
.
Shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimov g‗oya va mafkuraga bag‗ishlangan
qator asarlarida, xususan mazkur fikrlari ifodalangan «Milliy mafkura - davlatimiz
va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma‘naviy kuch-quvvat manbai» nomli
fundamental asarida milliy mafkurani shakllantirishdagi murakkab masalalarni,
uning davlat va jamiyat qurilishi bilan bog‗liq mazmun-mohiyatini tushuntirishga
alohida e‘tibor qaratib, bu boradagi asosiy vazifalarni aniq-ravshan kо‗rsatar ekan,
jumladan yana quyidagilarni ta‘kidlagan edi: «Birinchidan, о‗zining kelajagini
kо‗rmoqchi va qurmoqchi bо‗lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta о‗z
milliy g‗oyasiga suyanishi va tayanishi zarur.
Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo
aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‗i lozim... YA‘ni, oldin
g‗oya paydo bо‗ladi, undan keyin g‗oya asosida mafkura, mafkura asosida esa
tizim, siyosat paydo bо‗ladi... Bundan shunday xulosa chiqadiki, biz avvalambor
qanday jamiyat qurmoqchimiz, о‗z kelajagimizni qanday tasavvur etamiz, degan
savollarga о‗z javoblarimizni yana bir bor aniqlashtirib olishimiz, shundan keyin
odamlarimizni ana shu olijanob maqsadlar atrofida birlashtirishimiz zarur»
30
.
Demak, g‗oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot ishlarida hozir biz qanday
jamiyat qurayotganimizni, unga erishish yо‗llarini sodda, haqqoniy, hamma
tushunadigan qilib tavsiflash, xalqimizda ana shular haqida aniq-ravshan bilim-
tasavvurlarni hosil qilish g‗oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, odamlar о‗zlari
yashayotgan jamiyat kelajagini tasavvur qilolmas ekan, ular о‗z istak, orzu,
intilishlarining rо‗yobga chiqishi qanday yuz berishini bilolmaydi. Bunday
sharoitda, odamlarda ertangi kunga umid va ishonch bо‗lmay, ruhiy-ma‘naviy
depressiya yuzaga keladi, ularda hayotdan norozilik, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy
muhitga nisbatan salbiy munosabat paydo bо‗ladi.
Ertangi kunga umid va ishonch inson hayotining mazmuni, orzu-intilishlari
va faoliyatining asosi, uning tub manfaat va maqsadlarining namoyon bо‗lishidir.
Ular bо‗lmasa: inson hayoti mazmunsiz, orzu-idellari sarob, faoliyati samarasiz,
manfaat va maqsadlari noaniq, kelajagi qorong‗u bо‗lib, bu umuman baxtsizlikdir.
YA‘ni, har qanday inson yoki millatning о‗z kelajagini umuman tasavvur
29
Каримов И.А. . Миллий мафкура – давлатимиз ва жамиятимиз қурилишида биз учун руҳий-маънавий куч-
қувват манбаи.Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т.: Ўзбекистон, 2000.
–Б. 462.
30
Ўша асар: –Б. 464-465.
qilolmaydigan, unga biror umidi va ishonchi bо‗lmagan holati eng katta
baxtsizlikdir. Ayni paytda, bu – mafkurasizlik hamdir.
Ertangi kunga umid va ishonch kelajak haqidagi bilim-tasavvurlar bilan
uzviy bog‗liq. Bu bilim-tasavvurlar esa g‗oyadagi maqsad, orzu-ideallarni
о‗rganish bilan hosil bо‗ladi. Shuning uchun ham, milliy g‗oya va mafkurani
tushuntirishda, kо‗proq ularning mazmunida muhim о‗rin tutuvchi asosiy maqsad
va orzu-ideallar yoritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |