Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

2-masalaning bayoni: 
Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy 
maqsadlaridan  biri  insonlarning  farovon  hayotini  ta‘minlashdir.  Jamiyatni 
boshqarishda  odamlarni  farog‗atda  yashashga  imkon  beruvchi,  birdamlikka 
yetaklovchi,  intizomni  shakllantiruvchi  qonunlarni  yaratish  ayni  biz  kо‗zlagan 
maqsadga  xizmat  qiladi.  Shunga  bog‗liq  tarzda  aytib  о‗tish  joizki,  XX  asr 
boshlarida  ozod  yurt  qayg‗usida  yashagan  Abdulla  Avloniy  bu  haqda  shunday 
degan  edi:  «Intizom  deb,  qiladurgan  ibodatlarimizni,  ishlarimizni  har  birini  о‗z 
vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bо‗lmasa edi. Insonlar 
                                                 
27
  Каримов  И.А.  Миллий  истиылол  мафкураси-халы  эътиыоди  ва  буюк  келажакка  ишончдир.Озод  ва  обод 
Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т. :Ўзбекистон, 2000. –Б. 495.  


bir  daqiqa  yasholmas  edilar...  Alhosil,  har  bir  millatning  taraqqiy  va  taoliysi 
ishlarini  vaqtida  nizomdan  chiqarmay  tartib  ila  yuritmakga  bog‗liqdur...  Ishlarini 
tartib  uzra  yuritgan  kishilarning  ishlari  yerida,  о‗zlari  tinch  va  rohatda  umr 
о‗tkarurlar»
2
.
 
              О‗z  yurtlarini  ozod  va  obod  kо‗rishni  orzu  qilgan  jadid  ziyolilari  ham 
tarbiya  masalasiga  alohida  e‘tibor  qilganlari  bejiz  emas  edi.  Yana  bir  bor 
Avloniyning  Forobiy  fikrlariga  hamohang  mulohazalariga  e‘tibor  beraylik.  ―Har 
bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati,   deb ta‘kidlaydi Avloniy, — 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‗liqdur». Kо‗rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy 
turli  davrda  yashaganliklariga  qaramay,  odamlarni  erkin  va  farovon  jamiyatga 
tarbiya 
orqali yetaklashga da‘vat qilganlar.
 
         Forobiy  g‗oyasiga  kо‗ra,  fozil  jamiyat  faqatgina  odamlar  jamoasi  borligi 
uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga 
rioya qilgani, dono rahbarga ega bо‗lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va 
axloqini  rо‗yobga  chiqarishga  sharoit  yaratgan  jamiyat  bо‗lgani  uchun  ham 
fozildir.
 
         Mamlakatdagi  tuzumning  gо‗zal  va  yaxshi  bо‗lishi  xukmdorning 
bilimdonligi  va  о‗zga  tuzumlardagi  farovonlik  va  boshqa  ijobiy  jihatlardan 
xabardorlik  bilan  borliq  degan  fikr  ham  Forobiyni  zamonaviy  demokratiya 
nazariyotchilari  qatoriga  qо‗yishimizga  imkon  beradi.  Buning  ustiga,  fuqarolik 
jamiyati  haqidagi  hozirda  kо‗plab  bildirilayotgan  fikr  mulohazalar  ham 
mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa 
ega  bо‗lmagan  takdirda  kuchli  hokimiyatga  ehtiyoj  turiladi  deb  ta‘kidlaydi. 
«...Hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda kо‗proq ma‘qul va har tomonlama qulay 
hisoblanadi...  johil  odamlar  ustidan  hukmronlik  va  ularni  hokimiyatga 
bо‗ysundirish haqiqatan tо‗g‗ri ish bо‗lishi bilan birga, erkin va mehr shafqatlilarni 
bо‗ysundirish о‗ta bema‘nilikdir»
1
. Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka 
ehtiyoj  yо‗q.  Komillikka  intiluvchi  insonlar  faoliyati  fozil  jamiyatni 
shakllantiruvchi omillardan biridir.
 
              Mutafakkir  fozillar  shahrining  ziddi  bо‗lgan  shaharlar  (jamiyat)  haqida 
ham  fikrlar  bildiradiki,  bu  holat  hozirgi  zamon  jamiyatining  ayrim  jihatlariga 
tanqidiy  munosabatda  bо‗lishni  talab  qiladi.  Forobiyning  ogohlantirishi  shundaki, 
johil  jamiyat  aholisi  baxt  saodatga  intilmaydi,  baxt  saodat  nimaligini  bilmaydi 
ham.  Chunki,    johil  odam  hech  qachon  baxt  topmagan  va  baxt  saodatga 
ishonmaydi xam. Farovonlikka kelsak johil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) 
ba‘zilar nazarida baxtu davlat bо‗lib kо‗rinadigan о‗tkinchi, yuzaki narsalarni, mol 
dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu shahvatni, obrо‗, amal, shon shuhratni haqiqiy 
baxt,  farovonlik  deb  о‗ylaydi.  Shu  ne‘matlardan  har  biri  johil  odam  nazarida 
hayotdan maqsad, baxt saodat bо‗lib kо‗rinadi.
 
            Moddiy  va  ma‘naviy  ne‘matlarning  barchasi  birgalikda  uyg‗unlashgan 
chog‗dagina  haqiqiy  baxt  saodatga  erishish  mumkin.  Bu  ne‘matlarning  teskarisi  
tan kasalliklari, kambag‗alchilik zavq va lazzatdan mahrumlik hurmat va obrо‗ning 
yо‗qligi  –  baxtizlikdir.  Yolg‗iz  jismi  talablarini,  hirsini  qondirish,  ishrat, 
kayfsafoga  intilish  baxt  saodatni  bildirmaydi.  Ehtiroslar  tizginini  jilovlamay, 
shaxsiy  istaklarini  tinimsiz  qondirishga  intilishlar  ham  shular  jumlasidandir. 


Forobiy, shuningdek bir birlarini maqtashni, kо‗kka kо‗tarish, bir birlarining oldida 
yoki  begonalar  kо‗ziga  ulug‗vor,  shon  shavkatli  bо‗lib  kо‗rinishga  soxta 
urinishlarni ham johillikning kо‗rinishi sifatida baholaydi. 
            Farovonlikka  intiladigan  jamiyat  a‘zolarining  о‗z  g‗oyalari,  ixtiyoriy  amal 
qilishga  jazm  etgan  qadriyatlariga  sobitligini  talab  etadi.  Forobiy  fikriga  kо‗ra, 
fozil  jamiyat  aholisining  nazariy  qarashlari  va  amaliy  ishlariga  nisbatan  begona 
g‗oyalar asta kirib olib, ularning qarashlarini о‗zgartirib yubormasligi kerak. 
Zgro, 
inson  baxt  saodat  nimaligini  tushungan  bо‘lsayu,  unga  erishishni  maksad  kilib 
olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bо‘lsa, unga nisbatan ozgina bо‘lsada, 
ishvk va zavk sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va kuvvatini boshka narsalarga 
sarflasa,  bu  kilmishlari  noо‘rindir. 
Insonlik  mohiyati  haqiqiy  baxt  saodatga 
erishuv  ekan,  inson  bu  maqsadni  о‗zining  oliy  g‗oyasi  va  istagiga  aylantirib,  bu 
yо‗lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt saodatga erishadi. Inson, avvalo, 
baxt saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni о‗ziga 
g‗oya  va  eng  oliy  maqsad  qilib  olishi,  butun  vujudi  bilan  maftun  bо‗lishi  kerak. 
Keyin  bu  baxt  saodatga  olib  boradigan  amal  va  vositalarning  nimalardan  iborat 
ekanligini  bilib  olishi  zarur.  Sо‗ngra  esa  baxt  saodatga  erishtiradigan  ishlarni 
shaxsan  bajarishga  kirishmogi  lozim  bо‗ladi.  Forobiyning  ushbu  fikrlari  bugungi 
kunda о‗z milliy g‗oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo 
etishni  kо‗zlayotgan  jamiyatimizning  maqsadlariga  hamohang  ekanligini  anglash 
mushkul ish emas.
 
              Xullas,  farovon  jamiyat  g‗oyasi  mustaqil  va  barqaror  taraqqiyot  yо‗liga 
kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma‘noda, uning umuminsoniy 
jihatlariga,  demokratik  mohiyatiga  ulkan  e‘tibor  berilayotganligi  tabiiydir. 
Prezident  Islom  Karimov  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  tayangan  holda 
ozod  va  obod  Vatan,  demokratik  jamiyat  qurish  jarayoniga  davlat  siyosati 
darajasida e‘tibor qaratayotganligi ham shundan.
 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish