SABAB - bir xodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan xodisa yoki xodisalar guruxidir.
QARAMA-QARSHILIK - deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o‘zaro munosabatiga aytiladi.
Milliy ong millatning o`ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko`rsatkichi bo`lsa, milliy o`z-o`zini anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga kеltiruvchi ichki ma'naviy-ruhiy salohiyatidir
Milliy g`urur har bir insonning millat vakili sifatida o`z-o`zini anglashi natijasida sodir bo`ladigan ichki ruhiy kayfiyati hisoblanadi..
Milliy iftixor har bir millat vakilining o`z millatining, taraqqiyotning barcha yo`nalishlarida erishgan yutuqlaridan fahrlanish, xursand va shodlanish kayfiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |