2-masalaning bayoni: Milliy g’oya o’zining tarixiy ildizlariga egadir. Milliy g’oyaning tarixiy ildizlari O’zbekiston huduida eng qadimgi odamlarning paydo bo’lishi, urug’ va qabilarning kelib chiqishi, davlatchilikning shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish, falsafa, axloq, huquq v aboshqa shu kabi narsa va hodisalarning butun bir tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini o’zida ifoda atadi.
Har qanday g’oya dunyoni bilishning mauayyan bosqichi va o’ziga xos shakli sifatida bir qator xususiyatlarga ega. Bunda, g’oyaning namoyon bo’lish xususiyatlari deb uning o’ziga xos, boshqalardan ajratib turadigan tomoni, o’ziga xos belgilariga aytiladi.
|
G’oya muayyan maqsadi ifodalaydi, odamlarni shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.
|
G’oya hayotiy va ilmiy dalillarga tayangan holda ish ko’radi, faoliyat olib boradi.
|
Goya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo’lib obyekt va subyekt o’zaro dialektik birligiga asoslanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |