Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish prinsplarini o‘rganish



Download 57,09 Kb.
bet2/11
Sana22.10.2020
Hajmi57,09 Kb.
#49714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1семинар Миллий

Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish prinsplarini o‘rganish – “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti hisoblanadi. Mazkur fan mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy prinsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganish, bu fanning ob’ektini tashkil etadi.

Biz o‘rganishga kirishayotgan fanning predmetini umumiy tarzda quyidagicha ifoda etish mumkin:



  • Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal qilish prinsplarini o‘rganish;

  • Milliy g‘oyaning yaxlit ta’limot sifatida asosiy xusuiyatlarini bilib olish;

  • Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etishning strategik maqsadlarini va o‘ziga xos tamoyillarini o‘rganish;

  • Milliy hoyani xalqimiz qalbi va onggiga singdirish sohalari, vositalari, usul va yo‘llarini o‘rganish.

SHuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob’ektidir. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat to‘g‘risidagi mavjud qarashlarga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarixiy merosi bilan bog‘liq mutafakkirlarning g‘oyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida demokratik jamiyat qurilishi to‘g‘risidagi muhim konseptual g‘oyalar va qarashlarning ishlab chiqilishi, unda O‘zbekistonning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li xususiyatlariga tayanadi.

Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan zafarlarni demokratik jamiyat qurish tajribasi yutuqlariga tayanib o‘rganadi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, o‘zaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi o‘zgarishlarning negizlarini o‘z ichiga oladi va o‘rganadi. Bunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, uning manbai, fuqaro – jamiyat – davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi.

Har bir kishi o‘zi yashayotgan jamiyat mamlakat yoki davlatning maqsadini, uni ifoda etadigan g‘oyalarini bilishi, aniq tasavvur etishi kerak. SHunda bu maqsadlar uning ong va tafakkuridan joy oladi. YOki shunchaki joy olib qolmasdan, asta-sekin unga nisbatan ishonch, e’tiqod paydo bo‘ladi. Ishonch, e’tiqod shundayki, usiz inson o‘z yo‘lini, maqsad va manfaatlarini ko‘ra olmaydi. U qancha mustkaqkam bo‘lsa, bu g‘oya yoki maqsad yo‘lida o‘zini bag‘ishlash, faoliyatini unga mos tarzda ko‘radi. G‘oya, maqsadlar har bir inson qatti-harakati, faoliyati bilan mushtarak tarzda uyg‘unlashib boradi. Jamiyatning o‘z-o‘zini tashkil etishga, insonlarni, jamiyat a’zolarini, millatni, xalqni birlashtirishga, uyushtirishga xizmat qiladi. Aniq maqsadlar sari yo‘naltiradi. Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “ideya” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:


  • G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

  • Muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga, xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar, ilm – fan, din, falsafa, san’at va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq, muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.


  • Ilmiy g‘oyalar;

  • Falsafiy g‘oyalar;

  • Diniy g‘oyalar;

  • Badiiy g‘oyalar;

  • Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

  • Milliy g‘oyalar;

  • Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir–biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.


Download 57,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish