1-MAVZU “MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, asosiy tushunchalari
Milliy g‘oyaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining jamiyat rivoji bilan uzviy bog‘liqligi
Tayanch tushuncha va iboralar:
G‘oya, milliy g‘oya, g‘oyalarning turlari, bunyodkorg‘oya, vayronkor g‘oya, mafkura,ideya, ideologiya,milliy mafkura, mafkuralarning ildizlari, g‘oyaviy tamoyillar, g‘oyaviy tarbiya, mafkuraviy tarbiya, strategiya, O‘zbekistonning rivojlangtirish strategiyasi, mafkuraviy tizim, demokratiya, mafkuraviy poligon, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy profilaktika.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganish mamlakat hayotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniyatlarni bilish va o‘rganishda, demokratik taraqqiyot yo‘lida “o‘zbek modeli”ni tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Bu demokratiyaning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, ijtimoiy hayotni u bilan bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror topib borishi, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining nufuzli o‘rniga ega bo‘lishi, yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy ma’naviy merosni qadrlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Mamlakatda erkin demokratik fuqarolik jamiyatini qurish nazariyasi hamda amaliyoti bilan chuqurroq tanishtiradi. Shu maqsadni amalga oshirishda xizmat qiladi. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganishning o‘ziga xos zarurat va sabablari mavjud.
Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayan mo‘tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi asoslari yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat xalqning milliy–ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari tobora keng miqyosda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgani e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb etayotganligi taraqqiyot strategiyasi bilan bog‘liq masalalarni fan sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat strategiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning milliy g‘oya bilan bog‘liqligini o‘rganish zaruriyati ham shu qonuniyat bilan bog‘liqdir.
Ijtimoiy–gumanitar va ijtimoiy–siyosiy fanlar qatorida uning maxsus fan sifatida o‘qitilishi dunyodagi demokratik o‘zgarishlar bilan bog‘liq umumiy qonuniy asoslarga ega bo‘lgani bois uni hisobga olish zarur. Har bir mustaqil mamlakat o‘zining taraqqiyot yo‘lini va qurayotgan jamiyatini bilishga, uning qonuniyatlarini aniqlab olishga ehtiyoj sezadi. SHu nuqtai nazardan hozirgi paytgacha ijtimoiy–siyosiy fanlar tizimida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga, bu jarayonlarning milliy g‘oya bilan bog‘liqligini asoslashga bevosita taalluqli bo‘lgan masalalarni ilmiy jihatdan aniq bir voqelik sifatida yaxlitligicha o‘rganuvchi fan vujudga kelmagan. Fikrimizcha, “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani aynan shu jarayonni to‘liq qamrab olish imkoniyatga ega. Negaki, bu fan eng avvalo jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda, mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, balki uning amaliy jihatlarni yaxlit tarzda o‘rganadi.
Uchinchidan, bu fanni yana shuning uchun ham o‘rganish zarurki, SHarq va G‘arb sivilizatsiyalari tutashgan makonda tarixda birinchi bor umume’tirof etilgan demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan to‘ldirilmoqda. Jamiyatimizdagi bu jarayonni atrofimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy hodisalar, voqealar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniq voqeligimiz bilan chambarchas o‘rganish, tahlil etish zarur. Bu zarurat mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarla, ma’ruza va nutqlarida ilgari surilgan, mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilayotgan umumstrategik vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Bu vazifalar “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganishning zarur qilib qo‘ygan uchinchi asosiy sabablardan biri deyish mumkin.
Ma’lumki, o‘tgan XX asrning so‘nggi yilligi dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida qayd etilganidek, “Ular hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan, o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ydi”1. Ana shunday mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ygan davlatlar turli mintaqalarda joylashgan bo‘lib, ular YUNISEFning 2003 yilgi Ijtimoiy monitoringida qayd etib o‘tilganidek, Markaziy Evropaning (5 ta), Boltiqbo‘yi davlatlarining (3 ta), Bolgariya va Ruminiya, Janubiy-SHarqiy Evropa mamlakatlarining (5 ta), mustaqil hamjamiyatdagi davlatlarning g‘arbiy qismida (4 ta), Kavkazorti davlatlarida (3 ta) va Markaziy Osiyoning (5 ta) davlatlarini o‘z ichiga oladi2. Ana shu mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlagan va dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilayotgan, tenglar orasida teng bo‘lishga, jahon maydonida o‘ziga xos nufuzli o‘ringa ega bo‘lishga harakat qilayotgan davlatlardan biri O‘zbekiston Respublikasidir.
Mustaqillik, O‘zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. SHubhasiz, o‘z mustaqilligini, erkini qo‘lga kiritgan har bir xalq o‘z taraqqiyotyo‘lini izlaydi, yangi jamiyat bunyod etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga harakat qiladi.
O‘zbekiston ham o‘zining milliy davlatchilik negizlariga xos bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. O‘zbekiston ham o‘zining milliy davlatchilik negizlariga xos bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Endi aynan shu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash omillari, O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mohiyati, uning milliy g‘oya bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanayotgan boshqa jamiyatlardan farqli jihatlarini hamda umumiy tomonlarini aniqlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, yoshlarda bugungi globallashuv jarayonlarida avj olayotgan turli ma’naviy, mafkuraviy, informatsion xurujlarga qarshi sog‘lom fikr va tafakkurni shakllantirish zarur. Xuddi shu zururiyat “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri deb ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |