Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi



Download 93,97 Kb.
bet9/14
Sana25.06.2022
Hajmi93,97 Kb.
#704620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida so hasi sifatida maydonga chiqadi.
Inson qilmishlarining hukmi asosan to‘rtta shar’iy manbadan chiqariladi. Ular Qur’on, sunnat, ijmo’ hamda qiyos. To‘rt manbaning hujjatligi hamda ularning tutgan o‘rni to‘g‘risida olimlar yakdil qarorga kelishgan. Qoidaga ko‘ra, mujtahid u yoki bu masalani hal etish uchun avval Qur’oni Karimga, keyin sunnatga, keyin ijmo’ga va nihoyat, qiyosga murojaat qiladi.
Manbalarning haqqoniyligi to‘g‘risida Qur’oni Karim Niso surasining 59-oyatida shunday deyiladi: “Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilinglar va payg‘ambarga itoat qilinglar hamda o‘zlaringizdan (ya’ni musulmonlardan) chiqqan boshliqlarga itoat qilinglar. Agar biror masala javobida bir fikrga kelisha olmasalaringiz, u holda o‘sha masalani Allohga va uning rasuliga qaytaringlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymonlaringiz bo‘lsa, shunday qilishlik eng yaxshi va xayrli ma’no berishdir”.
Qur’on (arab. – qiroat, o‘quv)da islom aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Qur’on 114 suradan iborat bo‘lib, un-dagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shariat (to‘g‘ri yo‘l, qonunchilik) ga asos qilib olingan. Qur’onda 6666 oyat mavjud, ammo ayrim adabiyotlarda oyatlar sonini 6234 ta deb ham e’tirof etilgan. Bu Qur’onning turli tarzda o‘qilishi bilan izohlanadi. Qur’on normalarining aksariyati diniy-axloqiy masalalarga taalluqli bo‘lib, shundan 250 tasi huquqiy xususiyatga ega.
Qur’on – musulmon huquqining asosiy manbayi sifatida Allohning o‘z payg‘ambarlari va elchilaridan oxirgisi Muhammad(s.a.v.)ga farishta Jabroil alayhissalom orqali yo‘llagan vahiylardan iborat. Musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda Qur’onning o‘rni beqiyos.
Qur’on kishilar uchun hujjat bo‘lib, uning hukmlariga qat’iy rioya etishlari lozim. Uni ilohiy qonun deb qarashlariga dalil – uning Alloh huzuridan kishilarga hech shubhaga o‘rin qolmagan tarzda nozil bo‘lganligidir.
Rasululloh (s.a.v.): “Men Alloh tomonidan sizlarga yuborilgan payg‘ambarman, bunga hujjatim va dalilim – sizlarga o‘qib berayotganim, menga Alloh tomonidan vahiy qilingan shu Qur’ondir”, – dedilar. Kishilar payg‘ambarning bu aytganlariga ishonmaganlaridan so‘ng ularga aytdilarki:
“Agar bunga ishonmasalaringiz, bu inson so‘zi degan fikrga borsalaringiz, sizlar ham insonsizlar, binobarin, shu men aytgan Qur’ondek sizlar ham Qur’on keltiringlar. Yoki to‘liq Qur’on keltirishdan ojiz bo‘lsalaringiz, hech bo‘lmasa, o‘nta sura keltiringlar. Juda bo‘lmasa, loaqal bir dona Qur’on surasidek sura keltiringlar”, – deb ularni munozaraga chaqirdilar.
Qur’oni Karim al-Isro surasining 88-oyatida shunday deyiladi: “Ayting (ey Muhammad): “Agar dunyodagi barcha insonlaru jinlar birgalashib, biz nozil qilgan Qur’ondek kitob keltirishga yordamlashsalar ham, keltira olmaydilar”.
Hud surasining 13-oyatida shunday ta’kidlanadi: “Ular aytadilarmi bu so‘zlarni Muhammad o‘zi to‘qigan deb. Agar shunday gumon qilsalar, aytingki, “Agar qo‘llaringdan kelsa, qodir bo‘lsalaring, sizlar loaqal o‘n dona to‘qima sura keltiringlar. Buning uchun Allohdan boshqa kimni yordamga chaqirsalaring chaqiringlar. Agar qilgan da’volaring va aytgan so‘zlaringda rostgo‘y bo‘lsalaring”.
Xuddi shuningdek, Baqara surasining 23, 24-oyatlarida esa: “Agar sizlar bizning bandamiz Muhammadga nozil qilgan kitobimizga, bu ilohiy kitob emas, deb shubha qilsalaring, aynan shu kitobdagi suraga o‘xshash hech bo‘lmasa bir dona sura keltiringlar. Buning uchun yordamga Allohdan boshqa kimni istasalaring chaqiraveringlar (Chunki, Alloh shunday Qur’on keltirishga qodir). Agar qilgan da’volaringning uddasidan chiqa olmasangizlar, hech qachon chiqa olmaysizlar ham, bas, shunday ekan, o‘tini odamlar va toshlardan bo‘lgan, kofirlar, ishonmovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqinglar”, – deyiladi. Bu va shunga o‘xshash dalillar bilan Qur’on ilohiy kitob ekanligi isbotlanadi.
Qur’oni Karimda kelgan qoida va me’yorlar uch xildir:11

Download 93,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish