Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi



Download 93,97 Kb.
bet3/14
Sana25.06.2022
Hajmi93,97 Kb.
#704620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi

Birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda jami-yatdagi barcha ijtimoiy munosabatlar odat orqali tartibga solingan, ya’ni bu davrda huquq umuman bo‘lmagan, chunki bunda huquqni yuzaga keltiruvchi davlat ham bo‘lmagan.
Ikkinchi bosqich – odat va huquqning birgalikda amal qilgan davri. Bu davrda davlat paydo bo‘lib, asta-sekinlik bilan huquq normalari vujudga kela boshlagan, ya’ni huquq o‘z-o‘zidan, paydo bo‘lib, zudlik bilan odat asosida tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan emas, aksincha bosqichma- bosqich, asta-sekinlik bilan odat o‘rniga, davlat tomonidan yaratilgan huquq normalari kela boshlagan.
Uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Bu davrda odat o‘z o‘rnini davlat tomonidan yaratilgan huquqqa bo‘shatib bergan va hozirga qadar huquq to‘la ustuvorlik qilmoqda.
Bugungi kunda odat faqat huquq yetarli tarzda tartibga sola olmayot- gan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida qo‘llanilmoqda. Har qanday odat ham huquqiy odatga aylana olmaydi, balki u ma’lum bir guruh, sinf yoki butun jamiyatning manfaatlariga mos kelgan taqdirdagina, ijtimoiy foydali va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan (ma’qullangan) holdagina huquqiy odat bo‘lishi mumkin. Huquqiy odat, boshqa ijtimoiy normalardan o‘zining davlat tomonidan tasdiqlangani, bajarilishining majburiyligi va davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanishi bilan ajralib turadi. Odat o‘tmish bilan bugungi kunni bog‘lab turadi. Jamiyatda shunday odatlar borki, davlat ularni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi. Masalan, ommaviy hashar tadbirlari, Navro‘z bayrami va boshqalar. Odat insonlar o‘rtasida bir xil holatning ketma-ket takrorlanishi natijasida shakllanadi. Odatning davlat tomonidan ma’qullanishigina unga rasmiy, yuridik ahamiyat baxsh etadi, shunda u umummajburiy talabga aylanadi va u davlatning kuchiga tayanadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi ta’rifni ifoda etish mumkin. Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasidir.
Mamlakatimiz misolida oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning mustaqillikka cha bo‘lgan davrida Navro‘z, Qurbon hayiti, Ro‘za hayiti kabi diniy bayramlar odat tarzida, ayrim hollarda yashirin ravishda o‘tkazilar edi. O‘zbekiston mus taqillikni qo‘lga kiritgach, yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklash maqsadida Navro‘z, Qurbon hayiti va Ro‘za hayiti kabi milliy qadriyatlarimizni rasmiy ravishda bayram sifatida e’tirof etib, shu kunlar dam olish kunlari, deb e’lon qilindi va mehnat qonunchiligida dam olish kunlari sifatida belgilab qo‘yildi. Mamlakatimizdagi ayrim odat qoidalari, nafaqat huquqiy odatga, balki umummajburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidasiga aylantirildi.
Turli davlatlarda huquq manbalari tizimida huquqiy odatning roli va o‘rni turlicha bo‘lgan. Masalan, Angliyada huquqiy odat o‘z kuchi bilan harakatlana olmasligi, balki davlatning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlab turilganligi haqida shubha yo‘q. Huquqshunos olimlarning fikricha, huquqiy odat davlat paydo bo‘lmasdan oldin ham bo‘lgan, chunki ibtidoiy jamiyat davrida ham odamlar va jamoalar o‘rtasidagi ayrim ijtimoiy munosabatlar huquqiy odatga asoslangan holda tartibga solingan. Masalan, bir shaxsning qabilada o‘rnatilgan tartib-qoidani buzishi, uni qabila oldida izza qilishga sabab bo‘lgan. U og‘ir qilmish sodir etgan taqdirda esa, qabiladan haydab yuborilgan. Umuman, ko‘rinib turibdiki, odat hukmron bo‘lgan vaqtlarda davlatning majburlov kuchisiz ham ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan.
Huquqiy odat quyidagi xususiyatlarga ega: birinchidan, mahalliy ahamiyatga molik, chunki huquqiy odat uncha ko‘p bo‘lmagan bir guruh odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi, ya’ni ma’lum bir urug‘ yoki qabila irodasini o‘zida ifoda etadi; ikkinchidan, huquqiy odat, qisman din bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi va tayanadi. Jumladan, o‘z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi, balki uning qilmishi bir vaqtda og‘ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga uchrashiga sabab bo‘lishi e’tirof etiladi.
Shunday qilib, huquqiy odat huquq manbayi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda hozirgi zamon davlatlarida unchalik katta o‘ringa ega emas va ayni vaqtda o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotmoqda. Huquqiy odat hozirgi vaqtda, asosan yer, meros, nikoh va oilaviy munosabatlarni tartibga solishda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida qisman qo‘llanilmoqda.


Download 93,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish