Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi


Murakkab hukmlar va ularning turlari



Download 1,97 Mb.
bet44/226
Sana06.07.2021
Hajmi1,97 Mb.
#110191
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226
Bog'liq
Falsafa OUM 2020-2021 1-курс

Murakkab hukmlar va ularning turlari

Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa ularni murakkab hukmlar deyiladi. Masalan: Toshkent O‘zbekiston poytaxti va O‘rta Osiyodagi eng katta shahar. Bu hukmda «va» bog‘lovchisi orqali ikkita hukm bir - biri bilan bog‘lanmoqda. Odatda logik bog‘lovchi sifatida «agar», «yoki», «va», «ham» kabi so‘zlar qo‘llaniladi. Murakkab hukmlarni turlarga ajratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga alohida ahamiyat berish kerak. Shunga ko‘ra murakkab hukmlar birlashtaruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlarga bo‘linadi.

Birlashtiruvchi (konyuktiv) hukm. Birlashtiruvchi hukmlar «va» (L) logik bog‘lovchi orqali ikki va undan ortiq sodda hukmlardan murakkab hukm hosil qilinadi. Masalan, Erkin Vohidov o‘zbek xalqining atoqli shoiri va dramaturgidir. Bu hukmlarni bog‘lash mumkin, bunday paytda uning formulasi quyidagicha bo‘ladi S-R1 va R2 bo‘ladi yoki A1 A2-A2. birlashtiruvchi hukmlar chin bo‘lishi uchun tarkibidagi sodda hukmlarning har biri chin bo‘lishi kerak. Agar ulardan birontasi xato bo‘lsa, boshqalari ham xato bo‘ladi. Masalan, quyidagi jadvalga qarang.


A

V

AUV

To‘g‘ri

To‘g‘ri

To‘g‘ri

To‘g‘ri

Xato

Xato

Xato

To‘g‘ri

Xato

Xato

Xato

Xato

Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar birlashtiruvchi hukmda birorta hukm xato bo‘lsa, boshqalari ham xato bo‘ladi. Shuning uchun konyuktiv fikr barcha qismlarining to‘g‘ri bo‘lishini talab qiladi.

Ayiruvchi (dizkyutiv) hukmlar tarkibida «yoki» mantiqiy bog‘lovchi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir - biridan ajratib turadi. Masalan, talabalardan Botir yoki Yusuf yoki Sharif yoki Salim musobaqada birinchi o‘rinni egalladi. Ayiruvchi o‘rinda ikki xil ma’noga ega. «S yoki S1, yoki S2- R dir» Mantiqiy bog‘lovchi «yoki» bu birlashtiruvchi, ayiruvchi ma’nosida ishlatiladi. Bog‘lovchi «yoki» qa’tiy ayiruvchi ma’nosida ishlatilganda, hukmlarning biri albatta to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchisi xato bo‘ladi. Ikkalasi birdaniga to‘g‘ri bo‘lsa, ikkalasi birdaniga xato bo‘lsa ham katta ayiruvchi hukm xato bo‘ladi. Institutga kirish uchun xujjat topshirgan abiturientlar konkursdan o‘tib talaba bo‘ladi yoki talaba bo‘la olmaydi.

1. .Abiturient albatta ikkalasidan biri bo‘ladi.

2. Abiturient ham talaba bo‘lib, ham talaba bo‘la olmay qolishi mumkin emas. Bu shuni ko‘rsatadiki, ikki oddiy hukmning biri to‘g‘ri (chin) bo‘lsa, ikkinchisi xato bo‘ladi. Agar abiturient talaba bo‘lsa, uning konkursdan o‘tmay qolishi xato bo‘ladi. Agar u konkursdan o‘taolmaydigan bo‘lsa, demak talaba bo‘lgani xato bo‘ladi.

Qat’iy ayiruvchi «yoki» «V» bilan belgilanadi. Uning xato yoki to‘g‘riligini quyidagi jadvaldan ko‘rsatish mumkin.


A

V

AVV

To‘g‘ri

To‘g‘ri


Xato

Xato


To‘g‘ri

Xato


To‘g‘ri

Xato


To‘g‘ri

Xato


Xato

Xato


Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, qat’iy ayiruvchi hukmda agar A to‘g‘ri bo‘lsa V xato bo‘lsa (ikkinchi qatorda) va A xato bo‘lsa V to‘g‘ri bo‘lsa (uchinchi qatorda) AVV xato bo‘ladi

Bog‘lovchi «yo», «yoki» birlashtiruvchi - ayiruvchi hukmda biri xato bo‘lib, qolgan ikkalasi xato bo‘lsagina xato (Murakkab) hukm hosil bo‘lishi mumkin.

Masalan: Yuqori hosil olgan dehqonning yeri yoki unumdor, yoki u astoydil mehnat qilgan.


A

V

AVV

To‘g‘ri

To‘g‘ri


Xato

Xato


To‘g‘ri

Xato


To‘g‘ri

Xato


To‘g‘ri

Xato


Xato

Xato

Bundan ko‘rinadiki, dehqon yeri unumdor bo‘lsa ham, astoydil mehnat qilsa ham mo‘l hosil oladi.

Birlashtiruvchi - ayiruvchi hukmning formulasi esa quyidagicha;

S yoki R yoki R1 yoki R2

A ham R ham R1 ham R2 dir.

Shartli hukmlar asos va natija bog‘lanishini shartli ravishda ifodalaydi, bunday hukmlar o‘z tarkibida bir necha sub’ekt va predikatga ega bo‘lib, ma’lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi. Shartli hukm tasdiqlovchi bo‘lsa, unda Masalan, agar talaba yaxshi o‘qisa, u imtihonda qiynalmaydi. Agar S-R bo‘lsa S1-R1 bo‘ladi shartli hukmlar ham chin ham xato bo‘lishi mumkin. Agar shartli hukmda bir hodisa ikkinchi hodisa bilan shartli munosabatda bo‘lsa xato bo‘ladi.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish