Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi



Download 1,97 Mb.
bet34/226
Sana06.07.2021
Hajmi1,97 Mb.
#110191
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   226
Bog'liq
Falsafa OUM 2020-2021 1-курс

Yetarli asos qonuni

Chin fikrlashning aniq muayyan, izchil, ziddiyatsiz bo‘lishligi yuqorida ko‘rib o‘tilgan mantiqiy qonunlarda ifodalangan bo‘lsa, uning isbotli, ishonarli bo‘lishlik xususiyati yetarli asos qonuni deb nomlangan mantiqiy qonunda o‘z ifodasini topgandir.

Bu qonunning talabi bo‘yicha tafakkur jarayonida har bir chin fikr yetarli asosga ega bo‘lmog‘i zarur, ya’ni har bir fikr, mulohaza, muhokamaning chinligi boshqa chinligi isbotlangan fikr yordami bilan asoslanib berilmog‘i kerak.

Bu yerda gap fikrning mantiqiy jihatdan asoslanib berilishida, uning mantiqiy isbotga ega bo‘lishi haqida boradi, chunki mantiqan boshqa bir fikrdan keltirib chiqarilmagan, u bilan isbotlab berilmagan fikrni umuman chin deb atash, mantiqli deb xarakterlash noto‘gridir. Demak, yetarli asos qonunida mantiqli tafakkurning eng muhim hislatlaridan bo‘lmish fikrlarning umumiy izchillik, qator fikrlarning birin- ketin ma’lum va muayyan tartibda bog‘lanib kelishi xususiyati-mantiqiy jarayonning bunday muhim qonuniyati o‘zining yaxlit ifodasi topadi.

Yetarli asos qonuni albatta oldingi ko‘rib o‘tilgan qonunlarning amal qilinishini nazarda tutadi, aniq bo‘lgan, muayyan mazmun va hajmga ega bo‘lgan tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro zid bo‘lmagan hukmlarning birin- ketin ichki uzviy bog‘lanib kelishi- faqat shu tartibda va usulda tashkil topgan fikrlar tizmasigina mantiqiy mulohazani, muhokamani, fikrlar tizmasini tashkil etadi.

Demak, yetarli asos qonuni avvalgi o‘tilgan mantiqiy qonunlarga so‘zsiz amal qilishni nazarda tutadi.

Albatta, bayon etiladigan fikrni turli yo‘l bilan isbotlab berish mumkin. Masalan, bahor keldi, daryo ko‘pirib oqmoqda, samolyot uchmoqda, xonada ikki deraza bor kabi hukmlar maxsus isbot talab etmaydi, ularni oddiy ko‘rsatish bilan ifodalash yetarlidir. Ular mantiqiy asosni, isbotni talab etmaydi, ularni oddiy kuzatish, ko‘z bilan ko‘rish orqali ishonch hosil etish mumkin.

Suv sovuq; metal zlektr tokini o‘tkazadi; suyuqlik issiqdan kengayadi; Ahmad kasal; Nodir arab tilini biladi kabi hukmlarning chinligi bevosita tajribada sinab ko‘rilib, eksperiment yordamda isbotlanib, asoslanib beriladi.

Lekin fanda, insonning kundalik tafakkuri tajribasida juda ko‘p uchraydigai fikrlar mavjudki, ularning chinligi avvaldan isbotlangan boshqa bir fikr bilan isbotlanadi.

Masalan: Temir elektr tokini o‘tkazadi, chunki temir metalldir. Har bir metall elektr tokini o‘tkazadi.

Temirning elektr tokini o‘tkazishini eksperiment bilan isbotlash ham mumkin, mantiqiy yo‘l bilan, ya’ni boshqa chin hukm yordamida- «hamma metallarning elektr tokini o‘tkazish» haqidaga fikr yordamida isbotlash ham mumkin.

Demak, biz hayotda o‘z fikrimizni har doim ham dalillarga murojaat etish yoki har safar tajriba o‘tkazish bilan isbotlayvermaymiz va bundan tashqari faktlarga bevosita murojaat qilish hamma vaqt ham mumkin bo‘lavermaydi. Chunonchi organik hayotning bundan bir yarim, ikki milliard yil ilgari paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi fikrniig chinligini tasdiqlamoq uchun hayotning yuzaga . kelishidagi eng birinchi faktni ko‘rsatish mumkin emas.

Shuningdek, fikrning chinligini tasdiqlamoq uchun har safar bevosita faktni ko‘rsata berishga hech qanday zaruriyat ham yo‘q. Insonning tabiat qonunlarini bilishdan maqsadi tajribada uchragan har bir ayrim voqeaga ko‘r-ko‘rona osilib olishdan iborat emasdir.

Inson ayrim buyumlarni yanada yaxshiroq bilishi va bu yakka- yakka buyumlar haqidagi fikrlarni mantiqiy jihatdai isbotlash uchun, yuqorida ko‘rsatilganidek, umumiylashgan fikrlardan foydalaniladi. Masalan, temir, mis, alyuminiy kabilarning elektr tokini o‘tkazish haqida konkret holdagi umumiy fikrni bilishimiz kifoyadir.

Fikrlash – bu turli fikrlariing ichki bog‘lanishi asosida tashkil topuvchi fikrlar tizmasidir. Lekin bu tizma bo‘lak- bo‘lak holda ikki fikrning mantiqiy asos va mantiqiy natija – oqibat shaklida keluvchi fikrlarning tizimidan tashkil topadi. Boshqa fikrlarning—hukmlarning to‘g‘riligini asoslash uchun keltiriluvchi hukmlar mantiqiy asos deb yuritiladi. Lekin, mantiqiy asosni ob’ektiv haqiqiy real asos bilan aralashtirib yubormaslik va ularni bir - biridan doimo farq qila bilish kerak.

Real asos, bu tabiat va jamiyatdaga, ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalariing kelib chiqishini, mavjudligini belgilovchi asos - sababidir.

Mantiqiy asos tafakkurgagina xos bo‘lsa-da, u ob’ektiv reallik' xususiyatini va real asosini ifodalaydi.

Ma’lumki, ob’ektiv reallik predmet va hodisalar bog‘lanishining uzluksiz tizmasidan tashkil topadi.

Bu bog‘lanish hamda bu tizma ichki qonuniyat asosida vujudga keladi va mavjuddir. Bu bog‘lanishning eng muhim shakli sababiy boglanish, sabab- oqibat bog‘lanishidir.

Ob’ektiv predmetlar, hodisalar tizmasida, umuman, boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigan sabab, kelib chiqqani, ya’ni vujudga kelgan hodisa esa oqibat deyiladi.

Sabab va oqibat munosabati predmet, hodisalar tizmasidan ajratib olinsa, bu ikki predmet o‘rtasidagi bog‘lanishdan iborat, ya’ni umumiy bog‘lanishidan tashkil topganligi ma’lum bo‘ladi.

Sabab vaqt jihatidan oqibatdan oldin keladi va uni vujudga keltiradi. Lekin, oldinda keluvchi har bir hodisa undan keyin keluvchi hodisa bilan sababiy bog‘lanishda bo‘ladi va albatta, uning sababi bo‘ladi, degan hulosani keltirib chiqarmaydi.

Ob’ektiv predmet, hodisalarning bunday bog‘lanishlari inson tajribasida va uning ongida million marotaba asos va xulosa shaklidagi boglanishda aks etib qolgandir. Insonning keng mulohazasi, muhokamalari bu o‘zaro bog‘langan fikrlarning, tushuncha va hukmlarning uzluksiz tizmasidan iboratdir. Bu tizmada bir fikr ikkinchisiga nisbatan asos, ya’ni sabab bo‘lib keladi.

Biz har doim ma’lum chin fikrlardan ikkinchi, chinligini isbotlash zarur bo‘lgan fikr uchun asos, ya’ni sabab sifatida foydalanamiz. Bu asos yordamida chinligi isbotlangan xulosa- fikrning o‘zi boshqa, hali chinligi noma’lum fikr uchun asos sifatida foydalaniladi.

Demak, fikrlar tizmasida uzluksiz asoslar va xulosalar, ya’ni natijalar tizmasidan tashkil topadi.

Ob’ektiv reallikdagi sabab - oqibat munosabatlari murakkabdir. Bir sabab bir necha oqibatni keltirib chiqarish yoki bir necha sabab natijasida bir oqibat kelib chiqishi hollari hech kam emas. Bu murakkab munosabatlar ham mantiqiy tafakkurda aks etadi.

Lekin, yetarli asos qonuni har qanday aytilgan fikr uchun keltirilgan asosning yetarli bo‘lishligini talab etadi, chunki keltirilgan asos mazkur fikr uchun yetarli bo‘lmasligi, chinligi uchun qo‘shimcha asoslarga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Fikrlarning yetarli asosga ega bo‘lishligining obektiv manbai, faqat real sabab-oqibat munosabatigina emas, fikrning izchilligi, asoslanganligi, isbotlangan bo‘lishlik xususiyatini, ob’ektiv mazmuni sabab oqibat munosabatidan tashqari boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi. Chunki yuqorida ko‘rib o‘tgan misolimiz: Mis elektr tokini o‘tkazadi, chunki u metalldir yoki: Gimnastika sog‘liq uchun foydali degan fikrni biz chunki u sport, sport esa sog‘liq uchun foydali degan fikr bilan asoslab beramiz. Bu fikrlar tizmasida sabab- oqibat munosabati emas, boshqacha munosabatlar o‘z ifodasini topgandir. Chunki, gimnastikaning inson salomatligi uchun foydali bo‘lishi uning sport turiga kirishidan kelib chiqmaydi, albatta.

Yoki: xamelion sudraluvchi, chunki u kaltakesakdir. Bu yerda xamelionning sudraluvchi ekanligi haqidagi fikrning chinligi uning kaltakesaklar turiga kirishi bilan asoslanib berilmoqda. Holbuki, xamelion kaltakesakligi, uning sudralib yurishi sababi ochiq tushuntirib berilmaydi.

Bu o‘rinda jins va tur tushunchalari munosabati sifatida ma’lum bo‘lgan mantiqdagi bog‘lanish, ya’ni hajmi jihatidan umumiyroq, kengroq bo‘lgan tushuncha bilan torroq, kichikroq tushunchalar bog‘lanishi yotadi. Bu bog‘lanish esa ob’ektiv sabab-oqibat bog‘lanishni, ob’ektiv predmet hodisalarda umumiy xususiyatlar bilan xususiy-yakka tomonlarning o‘zaro bog‘liq hollarda mavjudligini aks ettrishdir.

Sport tushunchasi gimnastika tushunchasiga nisbatan kengroq, umumiyroq bo‘lib, u gimnastika tushunchasini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun sport tushunchasiga qanday xislat mansub bo‘lsa, u gimnastikaga ham oiddir. Shuning uchun ham sport tushunchasi umumiyroq tushuncha bo‘lib, u kichikroq tushunchaning chinligini ko‘rsatish uchun asos bo‘lib kelmoqda.

Xamelion, kaltakesak va sudralib yuruvchilar tushunchalarini o‘zaro bog‘lanishi ham jins va tur tushunchalarining munosabatlariga asoslangandir. Real predmet, hodisalarda umumiy va xususiy tomonlarining birgalikda mavjudligi va uning tafakkurda aks etib qolishi umumiy muhokamalardan xususiy fikrlarga va ayrim konkret fikrlar asosida umumiy fikrlarga o‘tish imkonini vujudga keltirgandir.

Ob’ektiv reallikda umumiy xislatlar hech qachon mustaqil holda konkret predmet, hodisalardan ayrim, mustaqil holda mavjud bo‘la olmaydi. Shuningdek, har qanday yakka predmet, hodisa va ko‘pchilik predmetlar uchun xos bo‘lgan umumiy xislatlarga ega bo‘ladi.

Ob’ektiv reallikda har qanday umumiylik faqat ayrimlik, ayrim (predmetlar) orqali mavjuddir. Ayrimlik esa umumiylikka olib boruvchi aloqalar orqaligina mavjud bo‘lishi mumkin, har qanday ayrimlik to‘la bo‘lmasa - da, umumiylikka kiradi.

Ob’ektiv reallikdagi umumiylik va ayrimlikning bog‘lanishdan tashqari, yana butun va qismning bog‘lanishi mavjudki, bu bog‘lanish ham fikrda aks etib asos va natija munosabatlarida o‘z ifodasini topishi mumkin. Butunga xos bo‘lgan xislat uning bo‘lagiga ham xosdir. Butun va bo‘lak munosabatlari sabab va oqibat, umumiylik va xususiylik munosabatidan farq qiladi. Masalan: Gulga suv quyilmaganligi uchun bargi so‘lib qoldi, degan muhokamada bargning so‘lishiga gulga suv quyilmaganligi haqidagi fikr asos qilib keltirilgan. Barg gulning bir qismi, bo‘lagi bo‘lib, umuman gulning suvsiz qolishi, uni qismlarining, jumladan, bargining ham qurishiga olib kelishiga sababdir.

Demak, fikrlarimizning asosli, isbotli bo‘lishi xususiyati va bu xususiyatini ifodalovchi yetarli asos qonuni ham boshqa mantiqiy qonunlar kabi ob’ektiv real hodisa va voqealarning bog‘lanishlarini tafakkurda aks ettirish natijasida vujudga kelgandir.

Yetarli asos qonuni fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bo‘lishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.

Mantiq fani har qanday asossiz, uydirma ob’ektiv reallik bilan bog‘liq bo‘lmaydigan fikrlar, aqidalarning dushmanidir. Xususan, nutqda, fikrlash jarayonida fikrning isbotli, asosli bo‘lishini talab etish bu uning mantiqqa asoslanishini talab etishdan iboratdir.

Voqelikdagi buyum va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqni aniqlashda qo‘llanadigan mantiqiy usul taqqoslash deyiladi.

Taqqoslash yordamida buyumlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir- biridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilari aniqlanadi.

Taqqoslashning natijasi chin bo‘lishi uchun quyidagilarni hisobga olish kerak:


  1. Hamma vaqt bir-biri bilan haqiqatni bir tarzda o‘zaro real bog‘lanish bo‘lgan taqqoslab ko‘rish.

  2. Taqqoslash chin bo‘lishi uchun qanday belgiga ko‘ra qiyoslashimiz oldindan ma’lum bo‘lishi darkor.

  3. Har doim ikki yoki bir necha buyumni bir belgi asosida aynan bir nisbatda taqqoslash zarur.

  4. Har qanday taqqoslash tasodifiy, duch kelgan belgilariga qarab emas, balki taqqoslanadigan narsalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar asosida bo‘lishi kerak.

Taqqoslash analizni taqazo etadi. Binobarin, buyumlarni yaxlit holda taqqoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun belgilarga ko‘ra fikrdan ajratishimiz zarur. Analiz yordamida buyum, qism, tomonlar fikrdan ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi.

Masalan, iqtisodchi jamiyatning iqtisodiy qonunlarini o‘rganishi uchun fikriy analiz yordamida uning elementlarini tovar, qiymat, qo‘shimcha qiymat, baho va hakozolarning mohiyati, xususiyatlarini o‘rganadi. Analiz qilish jarayonida fikr murakkabdan oddiylikka, umumiylikdan yakkalikka, butundan bo‘lakka qarab boradi. Fikrlash jarayonida narsalarni bilish uchun analizning o‘zi kifoya qilmaydi, u har doim sintez bilan birgalikda, u bilan bog‘liq holda keladi.

Sintez analizga teskari usul bilan, analiz natijasida ajratilgan qism va tomonlarini fikran birlashtirib, buyumni yaxlit holda o‘rganish jarayonidir.

Umumlashtirishda ayrimlikdan umumiylikka o‘tiladi. (masalan, «issiq-lik» tushunchasidan «energiya» tushunchasiga o‘tish) va umumiy hukm, nazariyalar hosil qilinadi. Bunday tushunchalar yuzaga kelgan umumiy bilim atrofni qurshab turgan moddiy olamni chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishga imkon beradi.

Shunday qilib, taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish ular tushunchani hosil qilishning eng muhim usullaridir. Tafakkur yordamida qo‘lga kiritilgan har qanday mantiqiy bilim shakli bu usullardan foydalanish yordamida vujudga keladi.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish