fanidan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlar xajmining taqsimoti
T/r
|
Fan mavzularining nomi
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
TMI
|
1.
|
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
|
2
|
2
|
|
2.
|
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
Sharq falsafasi.
|
2
|
2
|
|
3.
|
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
G’arb falsafasi.
|
2
|
2
|
12
|
4.
|
Borliq-falsafaning fundamental kategoriyasi.
|
2
|
2
|
|
5.
|
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari
|
2
|
2
|
|
6.
|
Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari
|
2
|
2
|
|
7.
|
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi.
|
2
|
2
|
|
8.
|
Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)
|
2
|
2
|
11
|
9.
|
Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari.
|
2
|
2
|
|
10.
|
Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.
Tushuncha tafakkur shakli sifatida.
|
2
|
2
|
|
11.
|
Mulohaza. Xulosa chiqarish.
|
2
|
2
|
|
12.
|
Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
|
2
|
2
|
11
|
13.
|
“Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati.
|
2
|
2
|
|
14.
|
Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar
tarbiyasidagi o’rni
|
2
|
2
|
11
|
15.
|
Axloqiy madaniyat va qadriyatlar.
|
2
|
2
|
|
16.
|
“Estetika” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
|
2
|
2
|
11
|
17.
|
Tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi.
|
2
|
2
|
|
18.
|
Estetikaning zamonaviy muammolari
|
2
|
2
|
|
Jami: 128 soat
|
36
|
36
|
56
|
ASOSIY NAZARIY QISM
(ma’ruza mashg’ulotlari)
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’zaro aloqasi va farqi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos roli. Fan- ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati.
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
Sharq falsafasi
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. Qadimgi Hindistonda
falsafiy maktablar. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti.
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Ilk o’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri. Sharq panteizmi va peripatetizmi Sharq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)ning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy ta’limotlari. Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik ta’limotlari. Ularning dunyoqarash mazmuni.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari.
XIX acp oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Sharq istilosi bilan bog’liq uyg’onish harakatlari: osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari. XX-XXI asr o’zbek falsafasi.
3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari:
Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr- Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog’liqligi. Suqrotgacha bo’lgan falsafiy tizim va Suqrot maktablari. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Ellinizm davri falsafasi.
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi. Ilk o’rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika. Nominalizm va realizm. Foma Akvinskiy ta’limoti. G’arb Uyg’onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari.
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo’nalishlari. Yangi davr G’arb falsafasidagi asosiy muammolar. XVIII asr Evropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari. XX-XXI asr G’arb falsafasining oqimlari. XX-XXI asr G’arb faylasuflari ijodida fan falsafasining rivoji.
4-mavzu. Borliq - falsafaning fundamental kategoriyasi
Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq va yo’qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig’i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig’i. Virtual borliq tushunchasi. Energiya - borliq shakli. Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Substantsiya va substrat tushunchasilari. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi. In’ikos nazariyasi va uning darajalari, shakllari.
Moddiy ob’ekt tizim sifatida. Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Kengayuvchi olam gipotezasi. Qizil siljish va torsion maydonlar. Universal kosmik galogramma. Harakat - materiyaning yashash sharti. Abadiy harakat, o’zgarish va harakatsizlikning o’zaro nisbati. Harakatning tiplari va shakllari. Harakatning mutlaqligi va sokinlikning nisbiyligi. Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Falsafa tarixida makon va vaqtga substantsional va relyatsion yondashuvlar. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqgi va davr ruhining mutanosibligi. Individual vaqt inson mavjudlik vaqti sifatida. O’z-o’zidan tashkillashuv - materiyaning atributi
5-mavzu. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish kontseptsiyalari. Shakllanish, o’zgarish va rivojlanish tushunchalari. Barqarorlikning o’zgaruvchanligi. Barqarorlik va beqarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari. Ochiq tizimlarning evolyutsiyasi. Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Bazis va lokal qonunlar. Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqtsor va sifat o’zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar.
6-mavzu. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari
Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari. Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. Bilishning asosiy turlari va shakllari. Noilmiy bilish shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o’ziga xosligi va aloqadorligi. Ong-tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jihatlari. Tafakkur uslubi inertsiyasi tafakkurning xossasi sifatida. Bilishda haqiqat va amaliyot uygunligi. Haqiqatning asosiy shakllari va kontseptsiyalari. Haqiqatni anglashda isbotlash va rad etish emotsiya, ideal, iroda, ishonch va shubhaning roli. Amaliyotning tarkibiy qismlari.
Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metodlarning tasnifi. Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlarining o’ziga xos xususiyati. Hozirgi zamon metodologiyasi.
7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy
qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi
Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. Tarix falsafasining tuzilishi va funktsiyalari. Tarixga formatsion va tsivilizatsion yondashuvlar. Tarixda shaxsning roli. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Ijtimoiy hayot sferalari. Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o’rni va roli. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni.
Tsivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. Tsivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funktsiyalari Sharq va G’arb madaniyatlarining o’zaro bir- biriga ta’siri. Jahon tsivilizatsiyasi tarixida Sharq madaniyatining o’rni va uni o’rganishning ahamiyati.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarning o’zaro aloqador. Ehtiyojlar va qadriyatlar mutanosibligi. Qadrlilik va qadrsizlanish, ularning ijtimoiy xarakteri.
8-mavzu. Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)
Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funktsiyalari. Ongsizlikning tabiati. Antrop tamoyil - inson borlig’iga oid zamonaviy metodologik vosita.
Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi. Falsafiy antropologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik kontseptsiyalari. Passionar, subpassionar va muvofiq odamlar haqidagi ta’limot. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid va parasuitsidning oldini olishda tarbiyaning roli. Inson borlig’ida o’zlikni anglashning namoyon bo’lishi.
Inson borlig’ida faoliyatining tuzilishi va atributlari. Inson faoliyatini tartibga solish mexanizmlari va uning ahamiyati. Faoliyatni tashkil qilishda huquq va axloq uyg’unligi.
9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
Globallashuv - yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi va globalistika. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Global muammolarning turli darajalari. 2017-2021 yillardagi O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi. Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg’unligi. Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy va xususiy manfaatlari. Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati. Bashoratning turlari va metodlari. Kelajakni bashorat qilishning o’ziga xos xususiyatlari.
Korruptsiya shakllanishining tarixi. BMT Kodeksida korruptsiyaga munosabat. O’zbekistonda korruptsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korruptsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. Texnologik taraqqiyotning istiqbollari. Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy jarayonlarga ta’siri. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy jihatlari. Sun’iy intellekt tushunchasi va uning tahlili. Texnogen tsivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi.
10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo’nalishlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Formal mantiqning predmeti va strukturasi. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o’rni.
Tushunchalarning shakllanishi va qo’llanishi. Tushunchalarning tilda ifoda qilinishi: nom va termin. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari. Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni bo’lish va tasniflash. Fikr yuritishda tushunchalar bilan bog’liq xatoliklar.
11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. Murakkab mulohazalarning chin bo’lish shartlari.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Fikrning xarakat yo’nalishiga ko’ra xulosa chiqarish: deduktsiya, induktsiya va analogiya; ularning o’zaro aloqadorligi. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish. Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog’liq xatolar.
12-mavzu. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy
shakllari
Asosli muhokama yuritish shartlari. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi. Isbotlash va rad etishning turlari. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar. Paralogizm. Sofizm. Paradoks. Argumentlash nazariyasining asosiy tushunchalari. Kommunikativ modellarda argumentlash: dialog, bahs, polemika. Argumentlashning strategiyasi va taktikasi
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya. Muammoni aniqlash va echimini topishda savolning o’rni. Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati.
Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.
13-mavzu. Etika: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati. Axloqning paydo bo’lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar
tarbiyasidagi o’rni
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati.
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o’rni. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri. Oilaviy munosabatlarga noan’anaviy yondashuvlarning oqibatlari. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o’rni. Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari.
15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Muomala madaniyati - axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg’unligi. Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Sog’lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik. Yuksak ahloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri. Bioetika - amaliy etikaning nazariy asosi.
16-mavzu. Estetika: “Estetika” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go’zallik va uning muqobillari. Ulug’vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi. Estetika kategoriyalarining o’zaro aloqadorligi.
17-mavzu. Tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o’rni. Texnogen tsivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri. Maishiy turmush estetikasi. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Xalq amaliy san’ati va dizayn.
18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari
Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o’zaro bog’liqligi. Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g’ayri estetik holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |