Sanash orqali to‘liqsiz induksiya yoki ommabop induksiyada (enumerativ induksiya) bir sinfga mansub predmetlar biror belgining takrorlanishini kuzatish asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy xulosa chiqariladi.
Sanash orqali to‘liqsiz induksiyaning ob’ektiv asosini insonlarning ko‘p yillik hayotiy faoliyati, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari tashkil etadi. Insonlarning ob-havoni uzoq yillar davomida kuzatishining natijasi bo‘lgan fikrlar ham shunday xulasalarni ifodalaydi.
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslanishi, sog‘lom fikr yuritishga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu usuli ommabop induksiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |