6-Mavzu: Milliy g`oya va milliy ma`naviy qadriyatlar.
R E J A :
1. Milliy g`oyaning ma`naviy qadriyatlar bilan uzviy bog`liqligi.
2. Milliy-ma`naviy qadriyatlarga hurmat va uning milliy g`oyadagi o`rni.
O`zbekiston jamiyatining Milliy istiqlol g`oyasi, o`z mohiyatiga ko`ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog`laydigan, asriy orzu istaklarini ma`naviy omilidir.
Milliy istiqlol g`oyasi:
- O`zbekitston Respublikasi Konstitutsiyasi, Milliy umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya tamoyillariga asoslanadi;
- xalqimizning asrlar davomida shakklangan yuksak ma`naviyati an`ana va udumlari, ulug` bobokalonlarimizning o`lmas merosidan ozuqlanadi;
- adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g`oyalari hamda xalqimizning im`on-e`tiqodini aks ettiradi;
- yurt tinchligi Vatan ravnaqi va xalq farovonligini taxminlashga xizmat qiladi;
- jamiyat a`zolarini, aholining barcha qatlamlarini O`zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;
- millati, tili va dinidan kat`iy nazar, mamlakatimzning xar bir fuqarosi qalbida ona-Vatanga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat va o`zaro xurmat tuyg`usini qaror toptiradi;
- Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma`rifiy yo`l bilan singdiriladi.
U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas`uliyatini qay darajada ado etishini belgilaydigan ma`naviy mezondir.
Bu-O`zbekistonda istiqomad qiladigan va o`z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog`lagan har bir kishining «Vatanim menga nima beradi» deb emas «Men Vatanim ravnaqi uchun nima qilyapman» degan mas`uliyat tuyg`usi bilan yashashi demakdir.
Milliy istiqlol g`oyasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar g`oyasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisadir. Bu mafkura biron bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy istiqlol g`oyasi, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra O`zbekistonnning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning umumiy manfaatlarini ifodalaydi.
2. Milliy istiqlol g`oyasining asosiy xususiyatlari Prezidant Islom Karimov tomonidan ko`rsatib berilgan bo`lib, «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida muxtasar tarzda bayon etilgan. Istiqlol mafkurasi halqimizning o`ziga xos tabiati, irodasi, orzu intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarini zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:
xalqimizning hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi. Bu mahalliychilik, hashar, marosimlar o`tkazish, to`y-tomoshalarda yaqqol ko`rinadi;
jamoa timsoli bo`lgan oila, maxala, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
ota-ona, mahalla-ko`y, umuman jamiyatga yuksak hurmat-e`tiborga;
millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbati;
kattaga hurmat va kichikka izzat;
mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, xayot abadiyligini ramzi-ayol zotiga ehtirom;
sabr-bardosh va mexnatsevarlik; halollik;
Milliy qadriyatlar:
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo`lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an`analarini, jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarni qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g`oyagina emas, balki tuyg`u hamdir. Bu tuyg`u kishida millatning tarixi, ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunishi, his qilish shaklida muassamlashgan bo`ladi. Insonda milliy ong va g`urur bo`lmasa u o`zining qaysi millatga mansub ekanligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin.
Toki millatlar, milliy mafkuraar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg`ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qoladi. Millatni milliy qadriyatlaridan mavhum qilish tarix, insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir. Har bir ruhan sog`lom kishida o`z qadr-qimmatini saqlash, o`z-o`zini hurmat qilish tuyg`usi mavjud. Millatlarning o`zo`-o`zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy mafkuralar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlashib boradi. Milliy qadriyatlarning e`zozlanishi va kuchayib borishi zinhor, milliy mahdidlikka, milliy xudbinlikka olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof diyonat, bag`rikenglik saxovat talab qiladi.
Milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Millatning ruhiyati, tarixiy an`analari, ma`naviy ehtiyojiga mos kelmaydigan begona qadriyatlarni unga zo`rlab singdirishi mumkin emas. Ayniqsa, boy tarixiy merosga ega bo`lgan xalqlar ma`naviy hayot borasidagi zo`ravonlikni ruhan qabul qilmaydilar. Xalqlarga yangi ma`naviy qadriyatlarni singdirish uchun avvalo ularga nisbatan ehtiyoj tug`dirmoq kerak.
Tayanch so`z va iboralar:
milliy g`oyaning ma`naviy; qadriyatlar bilan uzviyligi; milliy qadriyatlar murakkab; ijtimoiy ruhiy hodisa ekanligi; milliy ong va milliy g`urur; har bir shaxsni o`z qadr-qimmatini saqlay bilishi; millatning ruhiyati.
Munozara uchun savollar:
1. milliy g`oyaning ma`naviy qadriyatlar bilan uzviy bog`liqligi haqidagi sizning tushunchangiz?
2. Milliy ong va milliy g`urur tushunchalari haqidagi sizning fikringiz?
3.Siz o`z qadr-qimmatingizni bilasizmi?
4.Milliy qadriyat nima?
5.Millatning ruhiyatini tushuntirib bering?
ADABIYOTLAR:
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T; «O`zbekiston», 2003 yil
Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. 6-T; «O`zbekiston», 1997 yil 31-40, 125-135, 149-162 bet
Karimov I. A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.7.-T; «O`zbekiston», 1998 yil 132-158 bet.
Karimov I. A. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.7. –T; «O`zbekiston», 1999 yil, 84-102 bet
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8.-T; «O`zbekiston», 2000 yil
Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8.-T; «O`zbekiston», 462-467 bet
Karimov I. A. Hushyorlikka da`vat. T.8.-T; «O`zbekiston», 2000 yil 18-31 bet
Karimov I. A. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi so`z boshi. T.9.-T; «O`zbekiston», 2001 yil 220-224 bet
Karimov I. A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o`z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq. -T; «O`zbekiston», 2004 yil
Karimov I. A. el-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq «Ishonch», 2004 yil 26 may
Karimov. I. A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo`lsin. Surxondaryo viloyat halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq. «Xalq so`zi», 2004 yil 2 iyun
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar-T. «YAngi asr avlodi», 2001 yil
7- MAVZU: MILLIY G`OYA VA DEMOKRATIK RIVOJLANISH
Reja:
1. Milliy g`oya va demokratik qadriyatlar
2. Milliy g`oya va milliy tarbiya
3. Milliy tarbiyaning dolzarb amaliy vazifalari.
O`zbekistonda demokratik xuquqiy davlat,
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish muammolari demokratik islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shu ma`noda demokratik jamiyatda yashash har bir fuqarodan demokratik andozalar bilan tanish bo`lish, uning tamoyillari bilan yashash, hamda boshqalarni ham unga chorlash ma`suliyatini yuklaydi. Biz demokratik jamiyat aholining yuksak ijtimoiy-siyosiy madaniyatini talab etishni hisobga olgan holda demokratik munosabatlarni umumiy va milliy jihatlariga ma`naviy tarbiyani moslashtirish yuzasidan o`z munosabatimizni ko`rib chiqaylik.
Demokratiya haqida so`z yuritar ekanmiz, demokratiya
o`zi nima? Bu erkinlik, erkin fikr, erkin harakat, faoliyat demakdir. Inson yaratilibdiki, hamisha erkka, hurriyatga intilib yashaydi. Demokratiyani har kim har xil tushunadi. Demokratiya hohlagan gapni gapirish, hayolingga kelgan ishni qilish imkoniyati emas. Chinakam demokratiya aql-idrok, boy ma`naviyat ko`rigi, jamiyat taraqqiyotining yuksak darajasi.
Demokratiyani anglash shaxsning hamma uchun birday zarur bo`lgan qonunlarga to`la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyatidir. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o`zgalar manfaatini hisobga olish esa ma`suliyat yuklaydi.
Demokratiya bizga inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan barcha qonunlarga bo`ysunib yashashni o`rgatadi.
Har bir xalqning fikrlash darajasi, voqea va hodisalarga munosabati, uni baholash mezoni, o`zining tarixiy kelib chiqishi, qadimiy an`analari asosida shaklangan turmush tarzi bilan belgilanadi.
G`arb demokratiyasida ochiqdan-ochiq munosabat, pozitsiyaning qat`iyligi, Sharq demokratiyasida mulohaza yuritib, aql bilan ish tutish an`analari mavjud.
Demokratiya-bozor iqtisodiyoti. Bu esa, turgan gap, hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va kim o`zarga bardosh berishni talab qiladi. Buning oqibatida shaxsda kurashchanlik ortadi, kishi toblanadi, shu bilan birga xudbinlik ham rivojlanadi. Xudbinlik andishasizlikni vujudga keltirishi mumkin. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, demokratiya erkinlik, ochiq muloqotlar, qonun asosidagi munosabatlarni qat`iy yo`lga qo`yib, oshkoralikni yuzaga keltiradi va adolatni tiklashga imkon yaratadi.
Amaliyotchilik, raqobat muhiti ayni vaqtda shaxsda kuchli aqliy salohiyat, ilmiy-taxliliy qobiliyat bo`lishini ham talab qiladi. Buning natijasi o`laroq ilm-ma`rifatning qadri ortib boradi. Ayniqsa, axborot almashish tezlashib boraveradi. Kishining ma`rifati va ma`naviyati yuksak bo`lsagina, amaliyotchilik qobiliyati samara berishi mumkin. Internetga kundalik xabarlarga tashnalik bilan birga, kitobga muhabbat ham ortib borishi lozim. Chunki kitobdan olinadigan bilimni hech narsa bilan to`ldirib bo`lmaydi. Axborot nazariy bilimi emas, ma`lumotiy bilim (habardorlik) ni oshiradi. Nazariy bilim, malaka kitob asosida hosil qilinadi. Kitob ruh va qalbga ozuqa beradi. Aqliy qobiliyat, ham ma`naviy tarbiya ham qalb orqali to`lishsa yaxshi, aks holda u yovuzlik manbaiga aylanishi hech gap emas. Sovuq, beparvo mushohada insonni mehru-shafqatdan mahrum etadi. Shu bois ham, aql qalb tufayli yuksalsa, axborotlar xissiy faazilatlar bilan qo`shilsa, kamolot yuz berishi, komil inson voyaga etishi mumkin. Shu bois ham shaxsni ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiy o`nglanish ma`naviy o`nglanishdan ajralgan bo`lmasligi kerak. Bunyodkor shaxs ezgulik g`oyalari ruhida tarbiyalangan erkin shaxsdir. Shu bois ham bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida ma`naviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati benihoya ortib boraveradi. Va, bu axloqiy-ma`naviy tarbiyaning markazida milliy g`oya (milliy istiqlol g`oyasi) turadi.
Chunki, milliy g`oya O`zbekiston xalqining yagonaligi, yaxlitligi va birligini, yagona bayroq ostida jipslashuvini, kelajagi buyuk vatan uchun fidoyi farzand bo`lish tuyg`usini ifodalab keladi. Shu bois milliy g`oya har bir fuqaroning va butun xalqimizning qalbidan joy olgan bo`lishi, uni ruhlantirishi, chidamli va shijoatli qilib tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Milliy g`oya bizning tariximiz, bugunimiz va kelajagimizni birlashtiradi.
Demokratiya-yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne`mat, ko`pchilikka ma`qul yashash tarzi. Ammo u barcha mamlakatlarda birdek emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o`z milliy qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarix davomida shakllangan an`analari bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Frantsiya (boshqa Evropa davlatlari) demokratik davlatlar bo`lsalar-da, lekin har biri o`z milliy ruhi, an`analarini ham saqlagan. Shu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e`tiqodiy udumlar negizida amal qilmoqda.
Shubhasiz, O`zbekistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intilmoqdamiz. Prezidentimizning jamiki asarlarida bunga alohida e`tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun jalb qilinayotir. Xalq o`zligini yo`qotmasligi kerak. Bu esa haqiqiy vatanparvarlik zaminida har bir fuqaroning yuksak ongliligi asosida qo`lga kiritiladi.
Biz mamanlik, pulbozlik, to`yxo`rlik kasalidan qutulib, inson qadri uchun jonbozlik qilishni o`rganishimiz, agar nafaqat o`z bolangni, balki qo`shnining bolasi iste`dodli bo`lsa, unga yordam qilib, tarbiyasiga xissa qo`shish ulug` savob ishdir.
O`zlikni anglash barobarida o`zlikni saqlash va
takomillashtirish ham muhim. Tariximiz tiklandi, o`zbek xalqining ma`naviy qadriyatlari tiklandi, xalq o`z ajdodlari kim, dunyo xaritasida qanday mavqega ega ekanini bilib olmoqda. I. A. Karimov. «Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo`lmaymiz» deganda ikki jihatni nazarda tutadi.
Tariximiz ulug`, jahon madaniyatiga hissa qo`shgan, ulug` tsivilizatsiya yaratgan xalq avlodimiz, ana shu milliy g`urur, qobiliyat, intilish negizida jipslashib bir maqsad sari harakat qilish imkoniyati bor.
Endigi vazifa ana shu imkoniyatni ishga solish, ya`ni o`qib-o`rganib, bilim-malaka hosil qilib, dunyo maydoniga dadil kirib borish, o`z haqini, o`z o`rnini egallab olishdir.
Ammo ana shu musobaqa va talpinishda o`zlikni yo`qatmaslik, o`z milliy tafakkuri, an`analalari, ajoyib xususiyatlarini saqlab qolish lozim. Bu ancha mushul vazifa chunki,
birinchidan, taraqqiy etgan mamlakat karchalonlari bizni quchoq ochib qarshi olayotgani yo`q.
ikkinchidan, ular har bir holatda ham o`z manfaatidan kelib chiqib munosabatda bo`ladi. Xatto demokratiyani «eksport» qilishdan ham manfaatdor. Chunki bu ularga mamlakat boyliklarini o`zlashtirish, arzon ishchi kuchidan foydalanish muhitini yaratadi.
Shuning uchun ham milliy tarbiya masalasi hozir dolzarb bo`lib turibdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi aynan shu uchun qubul qilindi. Farzandlarimiz yangicha yashashga tayyor bo`lishi va eng muhimi, O`zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo`shishi kerak. Zamonaviy bilim, malaka, qobiliyat egalari etishsin. Bularning hammasi milliy manfaatimizga xizmat qilishi lozim. Milliy g`oyaning bosh maqsadi ham ana shu.
Lekin bu erda gap faqat ta`lim tarbiya haqida borayotgani yo`q. Bu erda gap umuman jamiyat tizimi, yaxlit olganda, O`zbekiston xalqini yuksaltirish ustida bormoqda. Milliy o`zlikni anglash bilan milliy o`zlikni saqlash o`zaro vosita, biri ikkinchisini rivojlantiradi. Ochig`i, milliy o`zlikni saqlash hozir muhimroq bo`lib qoldi. Bu nima degani?
Bu shundan iboratki, biz milliy qadriyatlarni tiklash bilan chegaralanmasdan, ular kelajak avlod tomonidan qanchalik qabul qilinmoqda, sevilmoqda, davom ettirimoqda, degan savollar ustida ham bosh qotirishimiz lozim. Zero, eng katta xavf ham ilg`or mamlakatlar ta`siriga tushib o`zlikni yo`qatishdir.
Mana shuning uchun ma`naviy tarbiya, milliy g`oya ruhidagi keng miqyosdagi tarbiya juda muhim va biz uchun hayot-momot masalasidir. Bunda axloqiy va xuquqiy tarbiya birga rivojlantirilishi, milliy o`z-o`zini tahlil va tanqid ham muayyan o`rin egallashi lozim. Chunki millat o`zini-o`zi tozalab, poklab borishi kerak.
Milliy-ma`naviy qadriyatlar milliy g`oyaning
eng muhim asoslaridandir va milliy vatanparvarlik ruhi qanchalik baland bo`lsa, bu qadriyatlar shunchalik anglanadi, shuurimizga singib boradi, oqibatda qadriyatlar bizning o`zligimiz, shaxs sifatidagi borlig`imiz, namoyon bo`lishimizning belgisiga aylanadi.
Ammo hozir bu hodisa batamom hayotda sodir
bo`layotgani yo`q. Xali milliy g`oya bizning hammamizning ongu shuurimiz, tafakkurimizni band etgan emas. Albatta, istiqlol yillarida tafakkurimizda o`zgarishlar sodir bo`ldi. Chunonchi:
Mulkchilikka munosabat o`zgardi, xususiy mulk va uni ko`paytirish mumkinligi odatiy hol bo`lmoqda.
O`zbek millatining buyuk tarixi, ma`naviy boy merosi borligi ayonlashdi.
Shaxsiy tashabbus, sa`yu-harakat qilgan odam o`zini ham, yurtini ham obod qila olishi tobora his qilinayotir.
Xorij mamlakatlari bilan bemalol savdo-sotiq qilish, shartnomalar tuzish, muloqotlar uyushtirish fikri, tajribasi o`zlashtirilmoqda.
Lekin, baribir, ham sustkashlik, boqimandalikdan
to`la qutulganimiz yo`q. Xali tadbirkorlikni faqat olib sotarlik darajasida anglash, ishlab chiqarishni ayniqsa dunyo bozorini egallaydigan mahsulot ishlab chiqarish, O`zbekiston qaysi tomoni bilan e`tiborni qozonishi, servis, xizmat sohalari yuqori darajada emas.
Hali ichki, ongli intizom shakllanmagan. Har bir odam vaqtdan foydalanishi, o`zgalar vaqtini band etmaslik, har bir narsani jadvalda belgilanganidek aniq va to`g`ri bajarish shart ekanligini his etmaydi. eski beparvoligimiz, ma`suliyatsizligimiz ko`p narsani boy berishimizga sabab bo`lmoqda. Xali isrofgarchilik bor. Tejamkorlikni o`rganganimiz yo`q.
Shu bois keng ma`noda tafakkurimizni, hayot tarzimizni qayta qurishimiz, hushyor, oqilu fozil kishilar kabi yuqori darajali mehnat, faoliyat va turmush intizomiga erishishimiz lozim. Qachongacha rahbar ko`rsatmasi yoki do`q-po`pisasiga qarab ishlaymiz? Nega har bir odam tashabbuskor emas, nega kimdir biz uchun o`ylasin, biz uchun qilsin degan kayfiyatda yuramiz?
Sho`ro davrida mahalliy tashabbuslar inobatga olinmagan. «Fikr bizdan, buyruq bizdan, bajarish sizdan» deganday ish tutilardi.
Endi-chi? endi taqdirimiz o`z qo`limizda, endi yurtimiz, uyimiz, shahrimizni o`zimiz obod etishimiz, to`q turmush tarzini yaratishimiz mumkin.
Shu bois ma`naviy tarbiya juda keng ma`noga ega. Bu uyg`onish, oyoqqa turish va dunyodan joy olish harakati ulug`vor, sharafli, umummilliy harakat.
Milliy g`oya adabiyot va san`at bilan odamlar qalbiga singadi. Bu sohada muammo ko`p. Avvalo taqlidchilik kasalidan qutulish zarur. Yuksak, professional san`at ruhida tarbiyalanish va tarbiyalash zarur.
Engil, masxarabozlik spektakllar, hazil-mutoyiba ko`payib, jiddiy san`atga e`tibor susaydi. Yumor ham, mutoyiba ham kerak. Ammo jiddiy san`at unutilmasligi lozim. Kishilarning didi, tuyg`ulari maydalashib, bachkanalashib bormasligi kerak. Chunki did maydalashsa, tafakkur ham maydalashadi, muhim, zalvorli fikru g`oyalar, chuqur falsafiy-mushohadaviy asarlar qabul qilinmay qoladi. Bu esa, o`z navbatida fundamental tadqiqotlarga e`tiborni susaytirib qo`yadi.
Demak, milliy tarbiyada mayda-chuyda narsa yo`q. Urf-odatlardagi nuqsonlarni ham endi faqat aytib qo`ya qolmay, balki keskin choralar ko`rish va kerak bo`lsa, ma`n etish vaqti keldi.
Tayanch so`z va iboralar:
Demokratiya-yuksak ma`rifat va madaniylashgan jamiyat shakli; Milliy g`oya va plyuralizm, fikrlar xilma-xilligi; Milliy g`oya va milliy tarbiya; Huquqiy intizom va ahloqiy-ma`naviy intizom; Ahloqiy tarbiya; Mehr-muruvvat va inson qadri.
Munozara uchun savollar:
Milliy g`oya nima?
Demokratik qadriyatlarga nimalar kiradi?
Plyuralizm haqida nima bilasiz?
Fikrlar xilma-xilligini qanday tushunasiz?
Axloqiy tarbiya haqida gapirib bering?
Milliy tarbiyaning dolzarb vazifalari haqida nima bilasiz?
Adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi. T; «O`zbekiston», 2003 yil
Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. T; «O`zbekiston», 1997 yil 31-40, 125-135 bet
Karimov I. A. Jamiyat mafkurasi halqni-halq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.7.-T; «O`zbekiston», 1999 yil 84-102 bet
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T. 8.-T; «O`zbekiston» 2000 yil 489-508 bet
Karimov I. A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda, -T; «O`zbekiston», 2000 yil 6-12, 14-26 bet
Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T. 8.-T; «O`zbekiston», 2000 yil
Karimov I. A. egali yurt erkini bermas. T.9-T; «O`zbekiston» 2001 yil, 70-98 bet
«Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi so`z boshi. T. 9.-T; «O`zbekiston», 2001 yil 220-224 bet
Karimov I. A. Biz tanlagan yo`l-demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li, -T; «O`zbekiston», 2003 yil
Karimov I. A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o`z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq-T; «O`zbekiston», 2004 yil
Karimov I. A. el-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutqi. «Xalq so`zi», 2004 yil 26 may
Karimov I. A. Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o`n oltinchi sessiyasida so`zlagan nutqi. «Xalq so`zi» 2004 yil 3 dekabr
Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq», - T; «Sharq», 1994 yil
Mirzo ulug`bek «To`rt ulus tarixi», T; 1996 yil
Fitrat. Najot yo`li. T; «Sharq» 2001 yil
«Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», T; «O`zbekiston», 2001 yil
8 - Mavzu: Milliy g`oya va yoshlar. Milliy g`urur va or-nomus.
Reja:
1. Yoshlar qatlamining milliy g`oya va qadriyatlarga munosabati.
2. Milliy g`oyaning yoshlar ongiga, ishonch e`tiqodiga aylanishining uslublari va mexanizmi.
3. Yoshlarning o`zligini anglashi va yot g`oyalarga munosabati.
Yoshlar qatlamining milliy g`oya va qadriyatlarga munosabati uning yoshlar ongiga qanday ta`sir etayotgani, qanday yangi qadriyatlar shakllanishiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun avvalombor, milliy mafkura yoshlarga qanday singdirilayotganligiga e`tibor berish kerak.
Birinchidan, resublikada mavjud aholining 64 foizini 1 -30 yoshlilar tashkil qiladi.
Ikkinchidan, yoshlar jamiyatining shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ushbu guruh vakillarining ongi shakllanish jarayonida bo`lib, ular turli xil g`oyalar (shu jumladan buzg`unchi g`oyalarning ham) ta`siriga tez beriluvchan bo`ladilar. Ular shuningdek, o`tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo`lib, so`z bilan amaliyotning nomutanosibligi holatlarini aniqroq sezadilar. Kattalar tomonidan falsafiy qabul qilinadigan har qanday adolatsizliklar yoshlarning hali to`liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon etkazishi mumkin.
Uchinchidan, yoshlar o`zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko`ra, jamiyatda tez o`zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ammo o`tish davrining ta`siri ularni ham chetlab o`tgani yo`q va bu yoshlar orasida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi bilan asoslanadi. Masalan, Toshkent shahri va viloyati xududini o`rganish natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, birinchi marta ishga joylashishga harakat qilayotgan shaxslarning 70 foizini 24 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil qiladi. Ularning mehnat faoliyati bilan mashg`ulligi darajasi 25-34 yoshdagi yoshlarga nisbatan 16 foiz past. Bugungi kunda yoshlar kam malakali va kam haq to`lanadigan ish bilan shug`ullanishga majburdirlar.
To`rtinchidan, ishsizlik darajasi ayniqsa qishloq joylarda yuqori. Qishloq xo`jaligi yoshlarga zarur bo`lgan ish joyining 20 foizinigina ta`minlaydi, xolos.
Beshinchidan, yoshlar orasida (ayniqsa, qishloq joyida istiqomat qiluvchi yoshlar orasida) shunday bir ijtimoiy qatlam yuzaga kelmoqdaki, ushbu qatlam vakillari ancha jiddiy moddiy muhtojlikka va ruhiy qiyinchiliklarga duchor bo`lganlar. Maxsus mutaxassislik tayyorgarligiga va malakasiga ega emasliklari bois, ularning «erkin» bozor iqtisodiyotiga moslashishlari qiyin kechmoqda. Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchsizlik yoki umuman befarqlik bilan qaraydilar. Ular yoshlar orasida o`zlarining ko`proq bir amallab «kun kechirish» qadriyatiga yo`naltirilgan ruhiy holati bilan ajralib turadilar. Ushbu guruh o`zlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning echilmaganligi bois yaqin kelajakda ijtimoiy taranglik vaziyatini tug`diruvchi asos bo`lib xizmat qiluvchi qatlamni yuzaga keltirishi mumkin.
Oltinchidan, yoshlar muhitida ularning elitar, o`rta, kam ta`minlangan qatlamlarga bo`linish tendentsiyasi kuchaymoqda. Yoshlar ongida moddiy manfaatlarning ustunligi kuzatilmoqda. Ularning ma`naviy va ahloqiy sifatlari past darajada.
Ettinchidan, ijtimoiylashuv institutlarining (oila, ommaviy axborot vositalari, armiya, ijtimoiy birlashmalar va boshqalar) faoliyatida yakdillik yo`q. Aksincha. Ular mutlaqo teng bo`lmagan sharoitlarga ega yoki bir-biri bilan raqobatda faoliyat yuritmoqdalar. Xususan, ommaviy axborot vositalari yoshlar bo`sh vaqtining ko`p qismini nazorat qilib, ular ma`naviy dunyosini shakllantirishda, yangi qadriyatlar yo`nalishini belgilashda muhim vosita sifatida yuzaga chiqadi.
Sakkizinchidan, komsomol tashkilotining barham topganidan keyingi davrda yoshlar harakatining yangi tashkiliy tizimining shakllanish bosqichi nihoyasiga etgan bo`lsa-da, respublikada mavjud yoshlar tashkilotlarining tashkiliy jihatdan kuchiszligi, moliyaviy vositalarning yo`qligi ularning yoshlar manfaati yo`lida sezilarli ijtimoiy natijalarga erishishiga imkon bermayapti.
To`qqizinchidan, yoshlar ijtimoiy pozitsiyasining sust ekanligini ta`kidlab o`tish zarurdir. Ushbu holat respublika o`rta va oliy o`quv muassasalaridagi bir qator zarur predmetlardan o`qituvchilar etishmaydi. Maktablar moddiy-texnika bazasining past darajada ekanligi oxir oqibat, shunday fuqarolar avlodini etishtirib chiqarishi mumkinki, ular hatto oddiy bilimlarga ham ega bo`la olmay qolishlari mumkin. Ushbu jarayon yuqori malakaga ega bo`lgan mutaxassis yoshlar ko`proq daromadga ega bo`lsh maqsadida mamlakat «markazi» ga ko`chishi jarayoni bilan bir qatorda yuz bermoqda.
O`ninchidan, oliy o`quv yurtlarida berilayotgan ta`limning sifati past darajada ekanligiga qaramay bugungi kunda universitet ta`limiga talabning kuchayishi kuzatilmoqda. Oliy o`quv yurtlari diplomi kelajakda ma`lum bir mutaxassislik yoki mansab uchun qandaydir yo`llanma ma`nosida qadrlanayotgani ehtimoldan holi emas. Ushbu holat yoshlar ongida davlat xizmatchisi maqomiga o`z shaxsiy manfaatlariga erishish maqsadida intilish kabi illatlarning, shuningdek, halol mehnat orqali jamiyatda yuqori ijtimoiy darajaga erishish mumkin emas degan fikrining mavjudligidan dalolat beradi.
O`n birinchidan, yoshlar muhitida ma`lum siyosiy va fuqaroviy-huquqiy sustlikning alomatlari saqlanmoqda. Yoshlarning katta qismida siyosatga va siyosiy jarayonlarga qiziqishning pasayishi davlat hokimiyati organlariga ishonchisizlikning o`sishi, yoshlarda jamiyatda ro`y berayotgan siyosiy jarayonlarni va ijtimoiy hodisalarni tahlilda ekanligi ularda kelajakka ishonchning pasayganligidan dalolat beradi. Ushbu holat respublikamizning konstitutsiyaviy tuzilmasini va mustaqilligini emirishga yo`naltirilgan muxolifat faoliyatining rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu borada yashirin islom siyosiy-ekstremistik kuchlar yoki oqimlar harakatlari jiddiy tahdid soladi.
O`n ikkinchidan, yoshlarning ma`lum qismi orasida spirtli ichimliklarga, giyohvandlikka berilish mavjud, shuningdek, ular orasida fohishabozlik kuchaygan. Ushbu holat yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalash borasidagi tadbirlarning etarli darajada olib borilmayotganligidan dalolat berib turibdi.
O`n uchinchidan, yoshlar orasida kriminallashuv jarayoni kuzatilmoqda. Kriminallik alomatlari bo`yicha ayniqsa 16-30 yoshdagilar etakchi o`rinda turadi.
Yuqorida sanab o`tilgan jarayonlar yoshlar ongida yuz berayotgan ijtimoiy-ruhiy kayfiyati va ma`lum vaziyatdagi xulqini aniqlab hamda yoshlar omilining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatiga ta`siri darajasini belgilab beradi.
Yoshlarning siyosiy kayfiyati va xulqi masalalarini o`rganishda ularni tarkibiy qismlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni ijtimoiy tarkibiga ko`ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
ziyolilar (talabalar, ijodkor yoshlar, o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari va boshqalar);
tadbirkorlar (tadbirkor-ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar, mayda tadbirkorlar va boshqalar);
davlat boshqaruvi tizimida faoliyat ko`rsatuvchilar;
ishsizlar va qisman ishsizlar;
kriminallar.
Har bir sanab o`tilgan guruh vakillarining siyosiy
jarayonlar va voqealarga munosabati, shuningdek, ularning turli xil g`oyalar ta`siriga berilishi darajasi ularning tegishli ijtimoiy ruhiy holatiga bog`liq bo`ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, saylovlar davrida yoshlarning ishsizlar ahvoli, shuningdek, ma`lumotsizligi va hali shakllanib ulgurmagan yosh ongli turli xil siyosiy kuchlar va oqimlar tomonidan ishlatilishi mumkin.
Shunday qilib, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy holatini kuzatish shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda ularning anchagina qismi siyosiy jarayonlarning munosib qatnashchilari bo`la olish imkoniyatlarining mavjudligiga oxirigacha tushunib etganlaricha yo`q. Hozircha ular o`zlarining siyosiy jarayonlarda ishtirok etishni inson sifatida shakllanishlarida, jamiyatda o`z o`rinlarini topishlarida unchalik muhim bo`lmagan bir mashg`ulot deb bilmoqdalar. Shu bilan birga, saylov kompaniyasi davrida turli xil siyosiy kuchlar yoshlarning ushbu holatidan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishlari mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta`lim-tarbiya, targ`ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.
Ma`lumki, mamlakatimiz fuqarolarining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oyasi-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Shuningdek, bu g`oya halqimizning azaliy orzu-umidlari-yu, intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining mazmun-mohiyatini ham belgilab beradi. Ana shu ezgu g`oyalarni fuqarolar ongi, shuuriga singdirish, ularning e`tiqodiga aylantirishdan ham muhimroq ish yo`q.
Milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkura kontseptsiyasida ham bu masalaga e`tibor qaratilgan. Chunonchi, ushbu qadriyatlarni xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning 12 vositasi ko`rsatiladi. Bular: ta`lim va tarbiya; fan va ilmiy muassasalar; madaniyat va madaniy-ma`rifiy muassasalar; adabiyot va san`at; din; jismoniy tarbiya va sport; urf-odat; marosim va bayramlar; oila; mahalla; mehnat jamoalari; siyosiy partiyalar; nodavlat tashkilotlari; ommaviy axborot vositalari;
Mazkur vositalar orqali milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani xalqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta`lim tizimida, adabiyot va san`atga, ommaviy axborot vositalarida bu borada qator ishlar qilinmoqda. Maxsus darslar tashkil etilmoqda, milliy istiqlol g`oyasi, milliy mafkurani targ`ib etish bo`yicha alohida ruknlar tashkil etilmoqda.
Ammo, ularning samaradorlik va foydalik darajasi qay ahvolda? Nima uchun o`tkazilayotgan tadbirlar ko`zlangan maqsadga erishishga imkon bermayati? Ayrim fuqarolarda jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarishlarga nisbatan ijtimoiy qiziqishning sustligi sabablari nimada? Albatta, bu savollarga lo`nda, mantiqan to`g`ri javobni aytish juda qiyin. qolaversa, fikrlar xilma-xilligi mavjud bo`lgan hozirgi davrda, fuqaroda tafakkur erkinligi uchun shart-sharoit yaratilgan bir paytda u yoki bu masala bo`yicha barchaning fikri bir xil bo`lishi mumkin emas.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, hozirgi paytda milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani fuqarolar, ayniqsa yoshlar ijtimoiy ongiga singdirishga halaqit qilayotgan omillar to`g`risida ayrim sube`tiv fikrlarni bayon etishni maqsadga muvofiqdir. Buning ayrim sabablari bor va asosiylari quyidagilardan iborat.
Birinchidan, fuqarolarda, xususan ayrim yoshlarimizda ijtimoiy faollik etishmayapti. Xo`sh, ijtimoiy faollikning o`zi nima? Ijtimoiy faollik-jamiyat fuqarolarining mamlakat va millat oldida turgan strategik maqsadni anglab etishi, uni o`zining individual muddaolari bilan uyg`unlashtirish orqali erishishi lozim bo`lgan etuklik darajasi hamda bu yo`ldagi amaliy harakatni faollashtirish yo`lidagi intilishdir.
Umuman, ijtimoiy taraqqiyotda shaxslarning o`z manfaatlarini qondirish yo`lidagi xatti-harakatlarning ahamiyati bor. Ammo, bunday harakat faqatgina umum davlat va umum milliy manfaatlar bilangina mushtarak bo`lgandagina ko`zlangan maqsadga etishi mumkin. Bu borada hozirgi O`zbekiston jamiyatidagi holatni qoniqarli hisoblangan holda ancha muammolar mavjudligini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Ayniqsa, ijtimoiy faollikning etishmaslik holati qator muammolari keltirib chiqarmoqda. Bir narsa ma`lum: Jamiyatning barcha fuqarolari bir darajada ijtimoiy faol bo`lishi mumkin emas. qolaversa, davlatlar o`rtasida ham bu bir xil emas. (masalan, hozir AQSh, Frantsiya, Italiyada aholining 10 foizi ijtimoiy faol hisoblansa, Xitoy va Rossiyada bu raqam 4 foizga tengdir.
O`zbekiston fuqarolarining necha foizi ijtiomiy faol ekanligi xususida qat`iy tarzda bir narsa aytish qiyin. Ammo, aholining ijtimoiy faol qismi asosan yoshlardan iborat ekanligi ma`lum. Agar, biz O`zbekiston aholisining 70 foizga yaqinini 35 yoshgacha bo`lganlar tashkil eitishini e`tiborga olsak, unda mamlakatimizda jiddiy rivojlanish uchun shart-0sharoitlar etarli ekanligini ko`rishimiz mumkin. Ammo, afsuski, yoshlarimizning barchasini aholining ijtimoiy faol qismiga taaluqli, deyishga jiddiy asoslarimiz yo`q.
Ikkinchidan, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishga halaqit qilayotgan sabablardan yana biri-barcha teng ravishda bu jarayonga tortilmayapti. Jumladan, agar hozir mamlakatimizda 500 mingdan ortiq o`g`il-qizlar maktab, kasb-hunar kollejlari, litseylarni bitirib chiqayotgan va ularning taxminan 10 foizigina oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan bo`lsalar, unda yoshlarning katta qismi milliy istiqlol g`oyasini o`z ongiga tizimli ravishda va maqsadli tarzda singdirish huquqidan mahrum bo`lib qolmoqda. Bu juda muhim muammo. Ta`lim tizimiga jalb etilganlar, odatda, yoshlarning eng ijtimoiy faol qismi hisoblanadi.
Yoshlarning qolgan katta qismiga milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuraning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda ushub qadriyatlarga nisbatan kuchli ishonch-e`tiqodni shakllantirishdan ham muhim muammo yo`qdir.
Uchinchidan, o`zbek xalqiga xos bo`lgan ayrim kamchiliklar, milliy xarakterimiz, mentalitetimizga mos muammolar ham milliy istiqlol g`oyasini keng jamoatchilik o`rtasida ishonch-e`tiqod darajasiga ko`tarishga imkon bermayapti. Romen Rollenning ta`kidlashicha «Haqiqat hamma halqlar uchun yagonadir. Ammo har bir halqning o`z yolg`onlari bor va ularni milliy mentalitet, deb ataydilar», deganida ma`lum haqiqat aholida, ayniqsa yoshlarda tashabbusni va faollikni oshirishga, o`zining individual qobiliyatlarini namoyon etishga qaratilgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz borki, ularning mazmun-mohiyatini qaytadan taxlil etish payti keldi. Axir, qadriyatlar va urf-odatlar o`zgarmas emasku! Ular yangilanishi, yangi sifatlar bilan boyishi, boshqa davlat va xalqlarning ilg`or tajribasini ijodiy ravishda o`zlashtirilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik muhimdir.
To`rtinchidan, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani aholi ongiga mustahkamroq singdirishga sog`lom ehtiyojlarning etishmayotganligi ham ta`sir etmoqda. Sog`lom ehtiyojning yo`qligi esa fuqaroda erishilgan darajadan va mavjud holatdan qoniqish xissini paydo qiladi. Mavjud holatdan qoniqish esa shaxsda o`zini-o`zi rivojlantirish, o`zini-o`zi namoyon etishga rag`bat bermaydi.
Faqat sog`lom ehtiyojgina insonni fikrlashga, moddiy va ma`naviy holatida yangi sifat o`zgarishiga erishishga undaydi. Ayni paytda, sog`lom ehtiyoj insonda tafakkur islohotlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan olganda milliy istiqlol g`oyasining real kuchga aylanishi uchun sog`lom ehtiyojlarni shakllantirishga harakat qilish lozim.
Beshinchidan, biz yuqorida milliy istiqlol g`oyasi va mafkurani aholi ongiga singdirishga safarbar etilgag 12 vositasini sanab o`tdik. qayd etish lozimki, ularning har biri o`ziga xos usul va yo`l bilan tanlangan vazifani bajarishga haqlidir. Ammo, adolat yuzasidan aytish kerakki, ushub vositalar o`rtasida o`zaro muvofiqlikda ishlash mexanizmi yo`q. Masalan, milliy istiqlol g`oyasini targ`ib etish va uni aholi e`tiqodiga aylantirishda siyosiy partiyalarning o`rni va roli kattadir. Ammo, mavjud besh partiyaning birortasida bu borada tizimli, maqsadli ish olib borilmayapti. Mehnat jamoalarida esa bu masala kun tartibiga jiddiy muammo sifatida qo`yilmagan ham.
Sanoat korxonalari, jamoa xo`jaliklari, ayniqsa nodavlat tashkilotlarida bu narsaga qo`l uchida qaralmoqda.
Albatta, yuqorida bildirilgan fikrlar milliy istiqlol g`oyasini aholi ongiga singdirish yo`lidagi ayrim sub`ektiv mulohazalar xolos.
Erishilgan ayrim yutuqlar, ma`lum siljishlarga qaramasdan bu borada bajarilishi lozim bo`lgan ishlar xajmi va ko`lami kattadir. Xo`sh, milliy istiqlol g`oyasini, milliy mafkurani fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongiga kengroq va mustahkamroq singdirish uchun nima qilish qanday ishlarni bajarish lozim?
Hech shubha yo`qki, bu savolga aniq-lo`nda qilib javob beradigan, milliy istiqlol g`oyasini yoshlar ongiga singdirishni to`liq ta`minlaydigan mexanizm, afsuski hozircha yo`q.
Milliy istiqlol g`oyasini fuqarolar ongiga chuqur va mustahkam singdirish va uni e`tiqod darajasiga ko`tarish uchun milliy xarakterimizdagi moslashuvchanlik, ko`r-ko`rona ergashuvchanlik kayfiyatini bartaraf etish muhim deb o`ylaymiz. Bu o`ta muhim masala. Mazkur holat tafakkurdagi islohotlar va uzgarishlar bilan bog`liqdir. Tafakkur qulligi avvalo ma`naviy boqimandalikning natijasi hisoblanadi.
Boqimandalik aslida yaratuvchanlik, tashabbuskorlik sifatlarini rad etadi. Shu o`rinda I. Karimovning quyidagi fikrlari juda o`rinlidir. «Ota-bobolarimiz shuhratining soyasiga mahliyo bo`lib yuradigan davrlar endi o`tdi. Bugun jahon bizdan o`z so`zimizni talab qilmoqda, boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab, bepisand qaramasligi, balki bizni e`tirof etishi, bizni ehtirom etishi kerak» (I.Karimov jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin)- Toshkent, 1998 yil 25-bet
Tafakkurdagi o`zgarishning yo`qligi, ma`naviy boqimandalik, hech shubhasiz moslashuvchanlik va murosasizlikka olib keladi. Deylik, bir sinfda 25 ta bola o`qiydi, shundan 20 tasi o`rtacha, 5 tasi esa a`lo o`qiydi. O`qituvchi 5 ta yaxshi o`qiydiganni hurmat qiladi, qolganlariga doimo tanbeh beradi. O`rtacha o`qiydigan 20 ta bola esa yaxshi o`qiydigan 5 taga nisbatan munosabati ijobiy emas. Xo`sh, sababi nimada? Nazarimizda uning sababi-20 tagacha o`qiydigan bolaning bir xil tarzda tafakkur qilish-yu, mavjud sharoitga moslashuvida. Agar biz shu tafakkurni o`zgartirmas ekanmiz, ishda unum bo`lmaydi.
Milliy istiqlol g`oyasi eng avvalo-amaliy harakat. Sharq tafakkuriyotidagi qoida-yomon odamni yaxshi odamga aylantirish, yaxshi odamni esa go`zal insonga aylantirish vazifasi bajarilmas ekan, unda bizning sa`iy-harakatlarimiz samarasiz bo`lib qolaveradi.
O`qilgan kitob, olingan bilim, eshitilgan pand-nasihat va o`git, ko`rilgan yaxshi va ijobiy amallar insonning individual amaliyotga aylanmas ekan, u besamar holatdan boshqa narsa emas deb, tushunish kerak. Darhaqiqat shunday. erkin fikr, ruhiy ozodlik pirovard natijada amaliyot va harakatga aylanishi kerak.
Ammo, afsuski, ayrim hollarda buning aksini ko`ramiz. Masalan, yolg`on gapning gunohligini, o`g`irlikni jinoyat ekanligini, ota-onani hurmat qilish, Vatanni sevish muqaddas burch ekanligini, mehnat intizomiga amal qilish shartligini hamma-bog`cha bolasidan to katta lavozim egalarigacha biladi. Biroq uning natijasi? Albatta, milliy istiqlol g`oyasini kishilar ongiga sngdirish o`ta qiyin vazifa. Agar o`rganilgan narsa e`tiqod darajasiga ko`tarilmas ekan uning ta`sir kuchi bo`lmaydi. e`tiqod-arabchada ishonmoq, amin bo`lmoqni anglatadi. YA`ni, inson faoliyati uchun ma`naviy asos, yo`l-yo`riq va mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, aql, iroda vositasida anglangan bilimlar, g`oya va tasavvur ifodasi e`tiqod hisoblanadi. e`tiqod his-tuyg`u. YA`ni emotsional holat tufayli emas, aksincha, u aql-tafakkur tufayligina sodir bo`ladi.
E`tiqod insonni tarbiyalaydi, unda qat`iyatni yuzaga keltiradi, sobitqadamlikni shakllantiradi, mavjud holatga munosabatdagi jur`atsizlik, e`tiborsizlik, befarqlik, real holatni o`rganishdagi taxlil etish aql bilan ishlash ko`nikmasining yo`qligi esa e`tiqodsizlikni yuzaga keltiradi.
Eng yomoni, e`tiqodsizlik ikki yuzlamachilikni paydo qiladi. Mustaqillik, millat, Vatan to`g`risida rasmiy idora-yu yig`ilishlarda bir gapirib, norasmiy holatda uning teskarisini ifoda etish-ikki yuzlamachilik va e`tiqodsizlikning o`zidir.
Tayanch so`z va iboralar:
Yoshlar va milliy g`oya; Yoshlarning ruhiyatida milliy g`urur; Milliy or-nomus; Yoshlarning Vatan oldidagi ma`suliyati; Yoshlarning o`zligini anglashi va yot g`oyalarga munosabati.
Munozara uchun savollar:
Milliy g`oya deganda nimani tushunisaz?
Milliy g`urur nima?
Milliy or-nomus nima?
Yoshlarning Vatan oldidagi ma`suliyati haqida gapirib bering?
O`zligini anglash deganda nimani tushunasiz?
Yoshlarni yot g`oyalarga munosabati qanday?
Adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-T; «O`zbekiston», 2003 yil
Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6-T; «O`zbekiston», 1997 yil 31-40, 125-135, 149-162 bet
Karimov I. A. barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.-T; «O`zbekiston», 1997 yil 324-246 bet
Karimov I. A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T; «O`zbekiston», 2000 yil 6-12, 14-26, 28-38, 47-48 bet
Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8-T; «O`zbekiston», 2000 yil 462-467 bet
Karimov I. A. egali yurt erkini bermas. T.9-T; «O`zbekiston», 2001 yil, 70-98 bet
Karimov I. A. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi so`z boshi. T. 9-T; «O`zbekiston», 2001 yil, 220-224 bet
Karimov I. A. Kamolot yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo`lsin. T- «O`zbekiston», 2001 yil
Karimov I. A. Biz tanlagan yo`l-demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. T-; «O`zbekiston», 2003 yil
Karimov I. A. el-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq «Ishonch», 2004 yil 26 may
Karimov. I. A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo`lsin. Surxondaryo viloyat halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq. «Xalq so`zi», 2004 yil 2 iyun
Imom Buxoriy «Hadis», 4 jildlik-T; Qomuslar bosh tahririyati. 1993 yil
Abdulla Avloniy. «Turkiy guliston yoxud ahloq», -T: Sharq, 1994 yil
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuna va tamoyillar-T; «O`zbekiston», 2001 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |